See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Mamlakatning harbiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   224
30 06 2022 . (1)

19.3-§. Mamlakatning harbiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik sof iqtisodiy metodlar orqali 
va shu bilan birga, noiqtisodiy tavsifdagi: siyosiy, harbiy, ilmiy-
texnik va boshqa usullar orqali ta‘minlanishi mumkin. Iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlashda, ya‘ni davlatning mudofaa qobiliyatini 
mustahkamlash bilan bog‗liq qismi harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash sifatida qaraladi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni 


587 
ta‘minlashni kengaytirilgan va tor ma‘nodagi talqini mavjud. 
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashni kengaytirilgan talqini 
bu – davlatni tinchlik davrida hayotiy muhim manfaatlarini 
ishonchli himoya kafolatlarini beradigan harbiy va milliy 
xavfsizlikni iqtisodiy asoslari o‗rtasida optimal samarali nisbatni 
ta‘minlashga hamda iqtisodiy va harbiy agressiya sharoitida xalq 
xo‗jaligini barqaror faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlanishiga aytiladi. 
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning tor ma‘nodagi talqini 
bu – mamlakat mudofaa xo‗jaligi kompleksining shunday 
rivojlanish holati darajasiki (xalq xo‗jaligining ba‘zaviy va 
mudofaa tarmoqlari) unda harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik 
sharoitida uning mustaqil va barqaror faoliyat olib borishini 
kafolatlaydi hamda mamlakatni yetarli darajada mudofaa 
ta‘minotining harbiy-iqtisodiy talablarini qondiradi. 
Davlatning harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bir-biriga 
bog‗liq bo‗lgan ikki: himoyalanganlik va hujumkorlik jihatini 
o‗zida mujassamlashi lozim. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlashning himoyalanganlik jihati nisbatan importni xalq 
xo‗jaligining (birinchi navbatda, mudofaa) tarmoqlarida mahalliy 
ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirishni va shu bilan birga, 
xorijiy ta‘minotga qaramlik darajasini pasaytirish bilan bog‗liq.
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning hujumkorlik 
jihati bu mamlakatni eksport salohiyatini sifat jihatdan oshirish va 
rivojlantirish asosida, mamlakat hisobidan ishlab chiqarish va uni 
ta‘minlashga boshqa davlatlarning alohida tarmoqlarining 
iqtisodiy qaramligini kuchaytirish bilan bog‗liq. Boshqa davlatlar 
bilan o‗zaro teng iqtisodiy hamkorlikni ta‘minlash, tashqi 
iqtisodiy aloqalarda ularni mamlakatga bosim o‗tkazishda o‗ziga 
xos ta‘sir vositasi sifatida foydalanish bo‗yicha harakatlarini 
to‗xtatuvchi omil sifatida xizmat qiladi. Himoyalanganlik va 


588 
hujumkorlik o‗rtasida optimal samarali to‗g‗ri nisbatni saqlash, 
davlatning harbiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasini 
shakllantirishning asosiy sifat jihatlari bo‗lib hisoblanadi. 
Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash davlatning tashqi va 
ichki siyosatining muhim yo‗nalishlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. 
Umumiy milliy xavfsizlikni ta‘minlash muammosining eng 
muhim qismi bo‗lib harbiy xavfsizlikni ta‘minlash hisoblanadi. 
Harbiy xavfsizlik bu davlatning mamlakatni harbiy tahdidlardan 
himoya qila oladigan holati tushuniladi. Harbiy xavfsizlikka 
mamlakatning shunday mudofaa qobiliyati va davlatlararo 
munosabatlar darajasiga aytiladiki, unda urush bo‗lish xavfi 
minimumga tushiriladi. Biror-bir davlatda boshqa bir davlatga 
nisbatan harbiy harakatlarni boshlashga undovchi motivlar hamda 
o‗zi uchun noqulay sharoitdan chiqish maqsadida keskin darajada 
harbiy qurollanish dasturlarini qabul qilishga majburlovchi shart-
sharoitlar bo‗lmaydi. Harbiy xavfsizlik muammosi to‗g‗ridan-
to‗g‗ri harbiy tahdidlarni bartaraf etish bilan bog‗liq. 
Harbiy xavfsizlikning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
harbiy kuch ishlatish vositalari orqali milliy xavfsizlik manfaatlari 
himoya qilinadi. Harbiy xavfsizlik ichki va tashqi jihatlarga ega. 
Harbiy xavfsizlikning tashqi jihati bu millatni xorijdan kelayotgan 
harbiy kuchlarni to‗xtatish yoki unga nisbatan aks ta‘sir eta olish 
qobiliyatini ifoda etadi. 
Bugungi zamon urushi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning 
umumiy 
tizimida, 
iqtisodiyotni 
barqarorligini 
ta‘minlash 
davlatning iqtisodiy faoliyatining muhim yo‗nalishi sifatida 
baholanadi. Davlatning iqtisodiyotni barqarorligini ta‘minlashdagi 
faoliyatining muhim yo‗llari sifatida sanoat ishlab chiqarishni 
mamlakat mintaqalari bo‗yicha to‗g‗ri joylashtirish; mintaqalar 
bo‗yicha muhim sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil 


589 
etish yoki bir-biriga bog‗liq va profili bo‗yicha yaqin 
korxonalarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil 
etish; kooperatsiyadan samarali foydalanish; mintaqalarning 
sanoat 
korxonalarini 
kompleks 
rivojlantirish; 
mamlakat 
mintaqalari bo‗yicha moddiy zaxiralar yaratish va ularni samarali 
joylashtirish; moddiy zaxiralarni ishonchli saqlashni ta‘minlash; 
fuqaro mudofaasi bo‗yicha tadbirlarni o‗tkazish va nisbatan 
ta‘sirchan va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan iqtisodiyotning muhim 
elektroenergetika, neft-gaz, ximiya, mashinasozlik, transport 
hamda aloqa va shu bilan birga oziq-ovqat sanoati) tarmoqlarini 
barqaror rivojlanishini ta‘minlash; jamiyatning asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuchi sifatida aholini himoya qilish (aholini 
evokuatsiya qilish va xavfsiz joylarga ko‗chirish); urush davrida 
talofat ko‗rgan sanoat korxonalarini tiklash; urush sharoitida 
iqtisodiyotni ishonchli va samarali boshqarishni ta‘minlash. 
Xulosa sifatida iqtisodiy xavfsiz sifatida aholisi yuqori 
turmush darajasiga ega bo‗lgan va mamlakat miqyosida va jahon 
arenasida yuqori ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlay olgan; 
davlatning ichki va tashqi dunyodagi har qanday o‗zgarishlarga 
qaramay o‗z manfaatlarini barqaror amalga oshira olish 
imkoniyati; jahonning boshqa davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan 
mustaqilligi; davlatning iqtisodiy boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishda mustaqilligi; iqtisodiy ziddiyatlarni hal etishda yuqori 
madaniyatga ega bo‗lgan mamlakatga aytiladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin