See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224
30 06 2022 . (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligiga 
asosiy tahdidlarni aytib bering. 
2.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda davlat 
faoliyatining asosiy yo‗nalishlari qanday? 


590 
3.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning ichki 
iqtisodiy mexanizmlariga nimalar kiradi? 
4.
Mamlakatning ilmiy-texnik siyosat sohasidagi asosiy 
tahdidlarni sanab o‗ting. 
5.
Mamlakatning pul-kredit munosabatlari sohasidagi asosiy 
tahdidlariga nimalar kiradi? 
6.
O‗zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni boshqaruvchi davlat 
organlari va ularning vazifalarini sanab o‗ting. 
7.
Mamlakat ichki va tashqi xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash 
va bashoratlashdan maqsad nima? 
8.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning tashqi 
iqtisodiy mexanizmlariga nimalar kiradi? 
9.
Xalqaro savdoning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi 
o‗rni qanday? 
10.
Mamlakatning harbiy-iqtisodiy xavfsizligi nima? 
11.
Qanday 
mamlakatni 
harbiy-iqtisodiy 
xavfsizligi 
ta‘minlangan deb hisoblasa bo‗ladi? 
12.
Iqtisodiy xavfsizligi ta‘minlangan davlatlar deb qanday 
mamlakatlarga aytiladi? 


591 
XX BOB. TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIK VA 
MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASH 
20.1-§. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga 
tahdidlar 
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilishining shart-
sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish 
imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo‗lga kiritishi 
bilan qaror topa boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy 
majmuani boshqarishning o‗ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi 
aloqalarni yo‗lga qo‗yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab 
chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilish 
yo‗llarini belgilash taqozo etiladi. 
O‗zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‗jalik 
aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni 
vujudga keltirishdir. Shu sababli, respublikamiz mustaqillikka 
erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ko‗p davlat bilan 
diplomatiya munosabatlarini o‗rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq 
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, 50 dan ortiq xalqaro 
tashkilotlar - BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro 
bank, xalqaro valyuta fondi, xalqaro moliya korporatsiyasi, 
iqtisodiy taraqqiyotga ko‗maklashuvchi tashkilot kabi boshqa 
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a‘zo bo‗lib kirdi.
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilish talablaridan 
kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishi zarur 
bo‗lgan barcha muassasalar (Investitsiya va tashqi savdo vazirligi 
va uning hududiy boshqarmalari, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy 
banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil 
etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib boshqaruvning mahalliy 
darajasi va korxonalargacha bo‗lgan xo‗jalik subyektlarida tegishli 


592 
tashqi iqtisodiy bo‗limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha 
mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari 
barpo etildi. 
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa 
shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Respublika hududida 
xorijiy 
sarmoya 
ishtirokidagi 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
korxonalarning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 
2019-yilda 18,1 foizini tashkil qilgan (2002-yil 14,8%). Bunday 
korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (45%) savdo va 
umumiy ovqatlanish (23,8%) sohalarida to‗plangan.
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki 
yo‗nalish 
bo‗yicha: 
MDH 
mamlakatlari 
bilan 
hukumatlararo 
bitimlar 
va 
xorijiy mamlakatlar bilan erkin 
muomaladagi valyutada hisob-
kitob qilish asosida amalga 
oshirildi. 
Tashqi 
savdo 
tarkibida 
chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y 
bermoqda. 
Keyingi 
yillar 
mobaynida 
eksport 
tarkibida 
raqobatbardosh tayyor mahsulot salmog‗ining barqaror o‗sish 
tendensiyasi 
va 
xomashyo 
yetkazib 
beruvchi 
tarmoqlar 
mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‗zga 
tashlanmoqda. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun an‘anaviy eksport 
xomashyosi bo‗lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003-
yildagi 20% dan, 2019-yilda 1,6% ga tushdi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining 
ko‗p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi 
darajali ahamiyat berilmoqda. O‗zbekiston, Qozog‗iston va 


593 
Qirg‗iziston o‗rtasidagi yagona iqtisodiy makon to‗g‗risida 
tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini 
integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Mamlakat 
tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xalqaro savdoning o‗rni 
quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

xalqaro savdo yordamida barcha xo‗jalik aloqalarining 
natijalari ro‗yobga chiqadi, bu o‗z navbatida, kapital va ishchi 
kuchini olib kirish yoki olib chiqish, ishlab chiqarish 
kooperatsiyasi, ilmiy-texnik hamkorlik aloqalarining kengayishida 
aks etadi; 

jahon bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirishning 
faollashuvi mamlakat iqtisodiyoti o‗sish sur‘atlarini belgilab 
beradi; 

xalqaro savdoning rivojlanishi mintaqaviy integratsiyani 
ta‘min etishning muhim asosi bo‗lib hisoblanadi, bu esa kelgusida 
xalqaro mehnat taqsimotining yanada chuqurlashishiga zamin 
yaratib beradi; 

xorijiy kredit va qarz mablag‗larini jalb qilgan holda, milliy 
iqtisodiyotda investitsiyalash jarayonlari faol amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida tariflar bo‗yicha 
bosh kelishuv, Jahon savdo tashkiloti, turli xizmatlar savdosi 
bo‗yicha bosh kelishuv kabi institutlar doirasida amal qiluvchi 
ko‗p tomonlama kelishuvlar xalqaro savdoni tartibga solishda 
muhim o‗rin tutadi.
Xalqaro savdo bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega: 
1.
Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar 
o‗rtasi o‗zidagiga qaraganda ancha past bo‗ladi. Masalan, ishchilar 
mamlakatning o‗zida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga 
erkin o‗tishi mumkin. Mamlakatlar o‗rtasidagi til va madaniy 
to‗siqlari haqida gapirmaganda ham, immigratsion qonunlar ishchi 


594 
kuchining mamlakatlar o‗rtasidagi migratsiyasiga qattiq 
cheklashlar qo‗yadi.
2.
Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga 
solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator 
muassasaviy to‗siqlar real kapitalning milliy chegara orqali 
migratsiyasini cheklaydi. 
3.
Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu 
mamlakatlar o‗rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda 
muayyan qiyinchiliklar tug‗diradi. 
4.
Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum 
bo‗lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‗llaniladigan tadbirlardan 
xarakteri va darajasi bo‗yicha sezilarli farqlanadi. 
Mamlakatlar 
xalqaro 
savdo 
yordamida 
o‗zlarining 
davlatlararo 
ixtisoslashuvini 
rivojlantirishi, 
resurslar 
unumdorligini oshirishi va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy 
hajmini ko‗paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori 
nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‗lgan 
tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o‗zlari samarali ishlab 
chiqarish holatida bo‗lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga 
yutish mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi barcha mamlakatlarda eng 
yuqori korrupsiyalashgan va kriminogen soha bo‗lib hisoblanadi. 
Bunga sohadagi qator ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy 
tavsifdagi omillar ta‘sir etadi. Ularga: 

Tashqi iqtisodiy faoliyat rejimining jadal liberallashuvi; 

Ichki va jahon bozorlarida baholar tuzilmasining keskin 
farq qilishi (ya‘ni xomashyo va energiya tashuvchilarning ichki 
baholari, odatda, tashqi baholardan sezilarli darajada past va shu 
bilan birga, iste‘mol mahsulotlari bahosi ularning jahon 
bozorlaridagi bahosidan sezilarli darajada yuqori bo‗ladi. Bu 


595 
ushbu soha faoliyatini keskin serdaromadli sohaga aylantiradiki, 
natijada katta daromadlar sohada korrupsiya va iqtisodiy 
jinoyatchilikni keskin avj olishigi olib keladi); 

Investitsion muhitning yaxshi emasligi; 

Soliq siyosatining samarali emasligi va soliq yukining 
yuqoriligi ( bojxona – tarif siyosati fiskal tavsifga ega bo‗lib, 
uning asosiy maqsadi byudjetning daromadlar qismini to‗ldirishga 
qaratilgan. Natijada soliq stavkalarining darajalari rivojlangan 
davlatlarning soliq stavkalari darajasidan ancha yuqori. Bu, o‗z 
navbatida, kontrabandaning shakllanishi va kuchayishiga sabab 
bo‗lmoqda); 

Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
sohasida 
iqtisodiy 
munosabatlarning kriminallashuvi, jinoyatchilik yo‗li orqali 
topilgan daromadlarni ligallashtirish omiliga aylanib bormoqda; 

Eksport va valyuta nazoratini yetarli darajada samarali 
emasligi; 

Bojxona organlarini malakali kadrlar bilan yetarli 
darajada ta‘minlanmaganligi; 

Bojxona 
va 
valyuta 
qonunchiligidagi 
qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar va muammolar; 

Biznes 
jinoyatchiligida 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqa 
kanallaridan foydalanish (narkotiklar, xavfli mahsulotlar, qurolni 
noqonuniy sotish); 

Uyushgan jinoyatchi guruhlar faoliyatini kuchayishi 
(nazorat qilinmaydigan davlat foydasidan chegirmalar olish, 
soliqqa tortishdan daromadlarni yashirish, xorijiy banklarda 
valyuta chegirmalarini joylashtirish va ulardan xorijda shaxsiy 
manfaatlarda foydalanish. 


596 
Bugungi kunda biznes kapitalni faol ravishda chetga 
investitsiya qilmoqda. Kapitalni chetga chiqarish zayomlar 
ko‗rinishida, kreditlar, to‗g‗ridan-to‗g‗ri va portfel investitsiyalar, 
pul o‗tkazmalari moliyaviy resurslarni depozitlarga joylashtirish 
va h.k. shakllarda amalga oshmoqda. Kapitalni xorijga chiqib 
ketishi O‗zbekiston iqtisodiyotiga ikkiyoqlama ta‘sir etadi. 
Birinchidan, xorijda sotib olingan ishlab chiqarish aktivlari 
O‗zbekiston 
kompaniyalariga 
yangi 
sotish 
bozorlariga, 
texnologiyalar va resurs manbalariga, biznesni boshqarishning 
zamonaviy usullariga va xalqaro kooperatsiya hamda ishlab 
chiqarishni diversifikatsiyalashning imkoniyatlaridan foydalanib, 
iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni 
oshirishga ega bo‗ladi. Milliy 
kapitalni 
tashqi 
iqtisodiy 
ekspansiyasi mamlakatni jahon 
iqtisodiyotidagi geosiyosiy o‗rnini 
va pozitsiyasini mustahkamlaydi. 
Ikkinchidan, 
kapitalning 
chetga 
chiqishi, 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
modernizatsiyalashdagi 
resurs 
bazasini 
zaiflashtiradi. Kapitalni katta miqyosda chiqib ketishi esa 
mamlakat iqtisodiyotini investitsiyalar, soliq to‗lovlari va ijtimoiy 
dasturlar shaklida foydalanish mumkin bo‗lgan moliyaviy 
resurslardan cheklaydi.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda 
iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratilmoqda hamda zarur bo‗lgan infratuzilma 
tashkilotlari 
va 
muassasalarini 
tuzishga 
katta 
ahamiyat 
berilmoqda.


597 
Investitsiya – bu takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o‗sish 
sifatining moliyaviy manbai, ishlab chiqaruvchi kuchlar va 
iqtisodiy munosabatlar tizimi rivojlanishini belgilovchi omildir. 
Investitsiya fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini amaliyotga joriy 
etishni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini ta‘minlaydi. 
Iqtisodiyotda 
jadallashgan 
iqtisodiy 
o‗sishni 
ta‘minlash 
iqtisodiyotning 
ochiqligiga, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish hisobiga zamonaviy texnologik tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‗liq. Jahon 
amaliyotining ko‗rsatishicha, tashqi iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi 
nazaridan 
xorijiy 
investitsiyalarni 
mamlakatda 
yig‗uvchi 
korxonalarni tashkil etishga yo‗naltirish bu ularni boshi berk 
ko‗chaga yo‗naltirish bilan mos keladi. Chunki bu sharoitda 
xorijiy investor yuqori texnologiyalarni o‗zida saqlab qolib 
korxonaga malakasiz texnologik operatsiyalarni yuklab qo‗yadi. 
Iqtisodiy 
xavfsizlik 
nuqtayi 
nazaridan 
iqtisodiyotga 
investitsion loyihalarni joriy etishda loyihaning multiplikativ 
samarasiga, ya‘ni ishlab chiqarishni va unga bog‗liq holda uning 
texnik-texnologik rivojlanishini, mahsulot raqobatbardoshligini 
o‗sishi kabi omillarni ham hisobga olish lozim. Multiplikativ 
samara yangi ish o‗rinlarini yaratadi, to‗lov qobiliyatini oshiradi, 
soliqlar shaklidagi davlat daromadlarini ko‗paytiradi va yakuniy 
hisobda iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi. 
Iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan investitsion faoliyatni 
davlat tomonidan tartibga solish quyidagi shakllarda amalga 
oshishi maqsadga muvofiq: 

Investitsion faoliyat to‗g‗risida qabul qilingan qonun va 
qarorlarda innovatsion jarayon ishtirokchilarining manfaatlari 
himoya qilinishi lozim; 


598 

iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlarini va unda milliy va 
mintaqaviy ustuvorliklarni ta‘minlagan holda istiqbolli investitsiya 
dasturlarini ishlab chiqish lozim;

muhim mudofaa, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy obyektlarga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiya qilish; 

amortizatsion, soliq va boshqa siyosatlarni hisobga 
olgan holda bilvosita omillar orqali investitsion jarayonlarga ta‘sir 
etish; 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Ilm, 
ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖da amalga 
oshirishga oid Davlat dasturi to‗g‗risida‖gi Farmoni hamda 
―Raqamli O‗zbekiston - 2030‖ dasturi qabul qilindi. Dasturga 
ko‗ra 
2030-yilgacha 
axborot-kommunikatsiya 
va 
internet 
texnologiyalariga 
asoslangan 
raqamli 
iqtisodiyot 
ulushini 
mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida 10% ga ko‗tarish 
kelajakdagi strategik vazifalarimizdan biridir. Shu munosabat 
bilan davlatning investitsiya siyosatida ustuvor sohalar bo‗lib 
iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan iqtisodiyotda sanoatda 
raqamli iqtisodiyotga bog‗liq bo‗lgan yangi AKT, bio va 
nanotexnologiyalar, kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik va 
metalni 
qayta 
ishlash, 
mikroelektronika, 
nozik 
kimyo 
texnologiyalari, 
axborot-kommunikatsiya 
va 
lazer-optik 
texnologiyalar, tiklanadigan energetika yutuqlaridan foydalanish, 
yangi materiallar ishlab chiqarish kabi sanoat tarmoqlarini 
shakllantirish 
va 
faollashtirish 
asosida 
tarkibiy 
qayta 
o‗zgartirishlarni 
jadallashtirishga 
va 
ishlab 
chiqarishni 
diversifikatsiyalashga yo‗naltirish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 


599 
O‗zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va 
jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga 
oshirishdagi navbatdagi yo‗nalishdir. Bu yo‗nalishda XVF bilan 
tizimli qayta qurilishlarni mablag‗ bilan ta‘minlash, tizimli va 
makroiqtisodiy 
siyosat 
sohasidagi 
tadbirkorlarni 
qo‗llab-
quvvatlash Dasturlari ma‘qullangan. 
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki (XRTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro 
moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash 
xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O‗zbekistonning tashqi 
iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‗ynaydi. 
Xususan, XRRB yo‗li bilan 
O‗zbekistonga 
paxta 
yetishtirish 
usullarini 
zamonaviylashtirib, 
uning 
jahon bozoriga chiqishiga 
ko‗maklashish 
va 
unumdorlikni oshirish uchun 
asos 
yaratish 
maqsadida 
salmoqli mablag‗ ajratilgan. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O‗zbekistonda bir 
qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. 
XVFning tavsifiga ko‗ra to‗lov balansi mamlakatning 
ma‘lum bir davrda jahonning boshqa davlatlar bilan tashqi 
iqtisodiy 
operatsiyalari 
to‗g‗risidagi 
yalpi 
ma‘lumotlar 
tartiblashtirilgan statistik hisobot bo‗lib hisoblanadi. Boshqacha 
qilib aytilganda, to‗lov balansi – ushbu mamlakatning 
rezidentlarining boshqa dunyo bilan ma‘lum bir davrdagi jami 
iqtisodiy kelishuv va shartnomalarning tartiblashtirilgan yozuvi 
bo‗lib hisoblanadi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin