Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligiga
asosiy tahdidlarni aytib bering.
2.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda davlat
faoliyatining asosiy yo‗nalishlari qanday?
590
3.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning ichki
iqtisodiy mexanizmlariga nimalar kiradi?
4.
Mamlakatning ilmiy-texnik siyosat sohasidagi asosiy
tahdidlarni sanab o‗ting.
5.
Mamlakatning pul-kredit munosabatlari sohasidagi asosiy
tahdidlariga nimalar kiradi?
6.
O‗zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni boshqaruvchi davlat
organlari va ularning vazifalarini sanab o‗ting.
7.
Mamlakat ichki va tashqi xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash
va bashoratlashdan maqsad nima?
8.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning tashqi
iqtisodiy mexanizmlariga nimalar kiradi?
9.
Xalqaro savdoning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi
o‗rni qanday?
10.
Mamlakatning harbiy-iqtisodiy xavfsizligi nima?
11.
Qanday
mamlakatni
harbiy-iqtisodiy
xavfsizligi
ta‘minlangan deb hisoblasa bo‗ladi?
12.
Iqtisodiy xavfsizligi ta‘minlangan davlatlar deb qanday
mamlakatlarga aytiladi?
591
XX BOB. TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIK VA
MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASH
20.1-§. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga
tahdidlar
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilishining shart-
sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish
imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo‗lga kiritishi
bilan qaror topa boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy
majmuani boshqarishning o‗ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi
aloqalarni yo‗lga qo‗yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab
chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo‗shilish
yo‗llarini belgilash taqozo etiladi.
O‗zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‗jalik
aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni
vujudga keltirishdir. Shu sababli, respublikamiz mustaqillikka
erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ko‗p davlat bilan
diplomatiya munosabatlarini o‗rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, 50 dan ortiq xalqaro
tashkilotlar - BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro
bank, xalqaro valyuta fondi, xalqaro moliya korporatsiyasi,
iqtisodiy taraqqiyotga ko‗maklashuvchi tashkilot kabi boshqa
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a‘zo bo‗lib kirdi.
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilish talablaridan
kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishi zarur
bo‗lgan barcha muassasalar (Investitsiya va tashqi savdo vazirligi
va uning hududiy boshqarmalari, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy
banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil
etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib boshqaruvning mahalliy
darajasi va korxonalargacha bo‗lgan xo‗jalik subyektlarida tegishli
592
tashqi iqtisodiy bo‗limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha
mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari
barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa
shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Respublika hududida
xorijiy
sarmoya
ishtirokidagi
faoliyat
ko‗rsatayotgan
korxonalarning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining
2019-yilda 18,1 foizini tashkil qilgan (2002-yil 14,8%). Bunday
korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (45%) savdo va
umumiy ovqatlanish (23,8%) sohalarida to‗plangan.
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki
yo‗nalish
bo‗yicha:
MDH
mamlakatlari
bilan
hukumatlararo
bitimlar
va
xorijiy mamlakatlar bilan erkin
muomaladagi valyutada hisob-
kitob qilish asosida amalga
oshirildi.
Tashqi
savdo
tarkibida
chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y
bermoqda.
Keyingi
yillar
mobaynida
eksport
tarkibida
raqobatbardosh tayyor mahsulot salmog‗ining barqaror o‗sish
tendensiyasi
va
xomashyo
yetkazib
beruvchi
tarmoqlar
mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‗zga
tashlanmoqda. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun an‘anaviy eksport
xomashyosi bo‗lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003-
yildagi 20% dan, 2019-yilda 1,6% ga tushdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining
ko‗p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi
darajali ahamiyat berilmoqda. O‗zbekiston, Qozog‗iston va
593
Qirg‗iziston o‗rtasidagi yagona iqtisodiy makon to‗g‗risida
tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini
integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi. Mamlakat
tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xalqaro savdoning o‗rni
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
xalqaro savdo yordamida barcha xo‗jalik aloqalarining
natijalari ro‗yobga chiqadi, bu o‗z navbatida, kapital va ishchi
kuchini olib kirish yoki olib chiqish, ishlab chiqarish
kooperatsiyasi, ilmiy-texnik hamkorlik aloqalarining kengayishida
aks etadi;
jahon bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirishning
faollashuvi mamlakat iqtisodiyoti o‗sish sur‘atlarini belgilab
beradi;
xalqaro savdoning rivojlanishi mintaqaviy integratsiyani
ta‘min etishning muhim asosi bo‗lib hisoblanadi, bu esa kelgusida
xalqaro mehnat taqsimotining yanada chuqurlashishiga zamin
yaratib beradi;
xorijiy kredit va qarz mablag‗larini jalb qilgan holda, milliy
iqtisodiyotda investitsiyalash jarayonlari faol amalga oshiriladi.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida tariflar bo‗yicha
bosh kelishuv, Jahon savdo tashkiloti, turli xizmatlar savdosi
bo‗yicha bosh kelishuv kabi institutlar doirasida amal qiluvchi
ko‗p tomonlama kelishuvlar xalqaro savdoni tartibga solishda
muhim o‗rin tutadi.
Xalqaro savdo bir qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega:
1.
Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar
o‗rtasi o‗zidagiga qaraganda ancha past bo‗ladi. Masalan, ishchilar
mamlakatning o‗zida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga
erkin o‗tishi mumkin. Mamlakatlar o‗rtasidagi til va madaniy
to‗siqlari haqida gapirmaganda ham, immigratsion qonunlar ishchi
594
kuchining mamlakatlar o‗rtasidagi migratsiyasiga qattiq
cheklashlar qo‗yadi.
2.
Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga
solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator
muassasaviy to‗siqlar real kapitalning milliy chegara orqali
migratsiyasini cheklaydi.
3.
Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu
mamlakatlar o‗rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda
muayyan qiyinchiliklar tug‗diradi.
4.
Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum
bo‗lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‗llaniladigan tadbirlardan
xarakteri va darajasi bo‗yicha sezilarli farqlanadi.
Mamlakatlar
xalqaro
savdo
yordamida
o‗zlarining
davlatlararo
ixtisoslashuvini
rivojlantirishi,
resurslar
unumdorligini oshirishi va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy
hajmini ko‗paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori
nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‗lgan
tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o‗zlari samarali ishlab
chiqarish holatida bo‗lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga
yutish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi barcha mamlakatlarda eng
yuqori korrupsiyalashgan va kriminogen soha bo‗lib hisoblanadi.
Bunga sohadagi qator ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy
tavsifdagi omillar ta‘sir etadi. Ularga:
Tashqi iqtisodiy faoliyat rejimining jadal liberallashuvi;
Ichki va jahon bozorlarida baholar tuzilmasining keskin
farq qilishi (ya‘ni xomashyo va energiya tashuvchilarning ichki
baholari, odatda, tashqi baholardan sezilarli darajada past va shu
bilan birga, iste‘mol mahsulotlari bahosi ularning jahon
bozorlaridagi bahosidan sezilarli darajada yuqori bo‗ladi. Bu
595
ushbu soha faoliyatini keskin serdaromadli sohaga aylantiradiki,
natijada katta daromadlar sohada korrupsiya va iqtisodiy
jinoyatchilikni keskin avj olishigi olib keladi);
Investitsion muhitning yaxshi emasligi;
Soliq siyosatining samarali emasligi va soliq yukining
yuqoriligi ( bojxona – tarif siyosati fiskal tavsifga ega bo‗lib,
uning asosiy maqsadi byudjetning daromadlar qismini to‗ldirishga
qaratilgan. Natijada soliq stavkalarining darajalari rivojlangan
davlatlarning soliq stavkalari darajasidan ancha yuqori. Bu, o‗z
navbatida, kontrabandaning shakllanishi va kuchayishiga sabab
bo‗lmoqda);
Tashqi
iqtisodiy
faoliyat
sohasida
iqtisodiy
munosabatlarning kriminallashuvi, jinoyatchilik yo‗li orqali
topilgan daromadlarni ligallashtirish omiliga aylanib bormoqda;
Eksport va valyuta nazoratini yetarli darajada samarali
emasligi;
Bojxona organlarini malakali kadrlar bilan yetarli
darajada ta‘minlanmaganligi;
Bojxona
va
valyuta
qonunchiligidagi
qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar va muammolar;
Biznes
jinoyatchiligida
tashqi
iqtisodiy
aloqa
kanallaridan foydalanish (narkotiklar, xavfli mahsulotlar, qurolni
noqonuniy sotish);
Uyushgan jinoyatchi guruhlar faoliyatini kuchayishi
(nazorat qilinmaydigan davlat foydasidan chegirmalar olish,
soliqqa tortishdan daromadlarni yashirish, xorijiy banklarda
valyuta chegirmalarini joylashtirish va ulardan xorijda shaxsiy
manfaatlarda foydalanish.
596
Bugungi kunda biznes kapitalni faol ravishda chetga
investitsiya qilmoqda. Kapitalni chetga chiqarish zayomlar
ko‗rinishida, kreditlar, to‗g‗ridan-to‗g‗ri va portfel investitsiyalar,
pul o‗tkazmalari moliyaviy resurslarni depozitlarga joylashtirish
va h.k. shakllarda amalga oshmoqda. Kapitalni xorijga chiqib
ketishi O‗zbekiston iqtisodiyotiga ikkiyoqlama ta‘sir etadi.
Birinchidan, xorijda sotib olingan ishlab chiqarish aktivlari
O‗zbekiston
kompaniyalariga
yangi
sotish
bozorlariga,
texnologiyalar va resurs manbalariga, biznesni boshqarishning
zamonaviy usullariga va xalqaro kooperatsiya hamda ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalashning imkoniyatlaridan foydalanib,
iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni
oshirishga ega bo‗ladi. Milliy
kapitalni
tashqi
iqtisodiy
ekspansiyasi mamlakatni jahon
iqtisodiyotidagi geosiyosiy o‗rnini
va pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Ikkinchidan,
kapitalning
chetga
chiqishi,
mamlakat
iqtisodiyotini
modernizatsiyalashdagi
resurs
bazasini
zaiflashtiradi. Kapitalni katta miqyosda chiqib ketishi esa
mamlakat iqtisodiyotini investitsiyalar, soliq to‗lovlari va ijtimoiy
dasturlar shaklida foydalanish mumkin bo‗lgan moliyaviy
resurslardan cheklaydi.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda
iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratilmoqda hamda zarur bo‗lgan infratuzilma
tashkilotlari
va
muassasalarini
tuzishga
katta
ahamiyat
berilmoqda.
597
Investitsiya – bu takror ishlab chiqarish, iqtisodiy o‗sish
sifatining moliyaviy manbai, ishlab chiqaruvchi kuchlar va
iqtisodiy munosabatlar tizimi rivojlanishini belgilovchi omildir.
Investitsiya fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini amaliyotga joriy
etishni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini ta‘minlaydi.
Iqtisodiyotda
jadallashgan
iqtisodiy
o‗sishni
ta‘minlash
iqtisodiyotning
ochiqligiga,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xorijiy
investitsiyalarni jalb etish hisobiga zamonaviy texnologik tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‗liq. Jahon
amaliyotining ko‗rsatishicha, tashqi iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi
nazaridan
xorijiy
investitsiyalarni
mamlakatda
yig‗uvchi
korxonalarni tashkil etishga yo‗naltirish bu ularni boshi berk
ko‗chaga yo‗naltirish bilan mos keladi. Chunki bu sharoitda
xorijiy investor yuqori texnologiyalarni o‗zida saqlab qolib
korxonaga malakasiz texnologik operatsiyalarni yuklab qo‗yadi.
Iqtisodiy
xavfsizlik
nuqtayi
nazaridan
iqtisodiyotga
investitsion loyihalarni joriy etishda loyihaning multiplikativ
samarasiga, ya‘ni ishlab chiqarishni va unga bog‗liq holda uning
texnik-texnologik rivojlanishini, mahsulot raqobatbardoshligini
o‗sishi kabi omillarni ham hisobga olish lozim. Multiplikativ
samara yangi ish o‗rinlarini yaratadi, to‗lov qobiliyatini oshiradi,
soliqlar shaklidagi davlat daromadlarini ko‗paytiradi va yakuniy
hisobda iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan investitsion faoliyatni
davlat tomonidan tartibga solish quyidagi shakllarda amalga
oshishi maqsadga muvofiq:
Investitsion faoliyat to‗g‗risida qabul qilingan qonun va
qarorlarda innovatsion jarayon ishtirokchilarining manfaatlari
himoya qilinishi lozim;
598
iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlarini va unda milliy va
mintaqaviy ustuvorliklarni ta‘minlagan holda istiqbolli investitsiya
dasturlarini ishlab chiqish lozim;
muhim mudofaa, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy obyektlarga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiya qilish;
amortizatsion, soliq va boshqa siyosatlarni hisobga
olgan holda bilvosita omillar orqali investitsion jarayonlarga ta‘sir
etish;
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini ―Ilm,
ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖da amalga
oshirishga oid Davlat dasturi to‗g‗risida‖gi Farmoni hamda
―Raqamli O‗zbekiston - 2030‖ dasturi qabul qilindi. Dasturga
ko‗ra
2030-yilgacha
axborot-kommunikatsiya
va
internet
texnologiyalariga
asoslangan
raqamli
iqtisodiyot
ulushini
mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida 10% ga ko‗tarish
kelajakdagi strategik vazifalarimizdan biridir. Shu munosabat
bilan davlatning investitsiya siyosatida ustuvor sohalar bo‗lib
iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan iqtisodiyotda sanoatda
raqamli iqtisodiyotga bog‗liq bo‗lgan yangi AKT, bio va
nanotexnologiyalar, kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik va
metalni
qayta
ishlash,
mikroelektronika,
nozik
kimyo
texnologiyalari,
axborot-kommunikatsiya
va
lazer-optik
texnologiyalar, tiklanadigan energetika yutuqlaridan foydalanish,
yangi materiallar ishlab chiqarish kabi sanoat tarmoqlarini
shakllantirish
va
faollashtirish
asosida
tarkibiy
qayta
o‗zgartirishlarni
jadallashtirishga
va
ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalashga yo‗naltirish maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
599
O‗zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va
jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga
oshirishdagi navbatdagi yo‗nalishdir. Bu yo‗nalishda XVF bilan
tizimli qayta qurilishlarni mablag‗ bilan ta‘minlash, tizimli va
makroiqtisodiy
siyosat
sohasidagi
tadbirkorlarni
qo‗llab-
quvvatlash Dasturlari ma‘qullangan.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki (XRTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro
moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash
xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O‗zbekistonning tashqi
iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‗ynaydi.
Xususan, XRRB yo‗li bilan
O‗zbekistonga
paxta
yetishtirish
usullarini
zamonaviylashtirib,
uning
jahon bozoriga chiqishiga
ko‗maklashish
va
unumdorlikni oshirish uchun
asos
yaratish
maqsadida
salmoqli mablag‗ ajratilgan.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O‗zbekistonda bir
qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
XVFning tavsifiga ko‗ra to‗lov balansi mamlakatning
ma‘lum bir davrda jahonning boshqa davlatlar bilan tashqi
iqtisodiy
operatsiyalari
to‗g‗risidagi
yalpi
ma‘lumotlar
tartiblashtirilgan statistik hisobot bo‗lib hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytilganda, to‗lov balansi – ushbu mamlakatning
rezidentlarining boshqa dunyo bilan ma‘lum bir davrdagi jami
iqtisodiy kelishuv va shartnomalarning tartiblashtirilgan yozuvi
bo‗lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |