See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Davlatning tashqi qarzi va uni tartibga solish



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224
30 06 2022 . (1)

20.2-§. Davlatning tashqi qarzi va uni tartibga solish 
metodlari 
Bugun keng ko‗lamda rivojlanib borayotgan jahon moliyaviy 
inqirozining asosiy sabablaridan biri tashqi qarz va uning to‗lovi 
muammolari bilan bog‗liq. Ko‗plab davlatlarning tashqi qarz 
masalasidagi puxta o‗ylanmagan siyosati ularning iqtisodiyotini 
zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz 


602 
va nochor ahvolga solib qo‗yganini kuzatish qiyin emas. 
O‗zbekiston o‗zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli 
spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq 
muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‗yicha jalb etish tamoyiliga 
doimo amal qilib kelmoqda. 
Tashqi qarz muammosini hal etish bo‗yicha umumiy 
strategiyani ishlab chiqishda, jahon amaliyotida mashhur bo‗lgan 
hamda noan‘anaviy usullardan foydalanish mumkin. Tashqi qarz 
muammosini xorijiy mamlakatlarni sobiq SSSRga nisbatan 
debitor qarzdorligidan foydalanish tajribasi orqali hal etish 
mumkin. Hal etish yo‗llaridan biri bu o‗zaro hisob-kitob qilish 
sxemasi bo‗lishi mumkin. Muammoni hal etishning ushbu yo‗li 
jahonning yetakchi davlatlari tomonidan qo‗llab-quvvatlanganda 
samarali bo‗lishi mumkin. Tashqi qarzning ma‘lum qismini 
O‗zbekiston Respublikasi sanoat kompaniyalarining aksiyalariga 
investitsiyalash, ya‘ni konversiya qilish va shu bilan birga, 
respublika tashqarisidagi davlat mulklari, bino va inshootlarini 
hisobga o‗tkazish orqali ham muammoni hal etish mumkin. 
Tashqi qarz inqirozi sharoitida muammoni hal etish va 
boshqarishning eng tez va og‗riqsiz metodlarini tanlash muhim 
hisoblanadi. Tashqi qarzni boshqarish metodlari va uning shartlari 
kreditorlar va qarzdorlar o‗rtasidagi keskin va ba‘zi hollarda 
siyosiy tus oladigan kurash obyekti bo‗lib hisoblanadi, chunki bu 
inqiroziy holat ikki tomon uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin.
Tashqi qarzini davlat tomonidan tartibga solish va 
boshqarishning moliyaviy va ma‘muriy metodlari mavjud. 
Odatda, ushbu muammoni hal etishda har ikkala moliyaviy va 
ma‘muriy metodlar termasidan foydalaniladi. Mumkin qadar 
ma‘muriy uslublardan kam foydalanish maqsadga muvofiq. 


603 
Davlatning tashqi qarzini boshqarishning ma‘muriy metodlariga, 
yuqoridan 
tushirilgan 
buyruq, 
ko‗rsatmalarga 
asoslangan 
ma‘muriy taqsimot uslubidir. Ma‘muriy metodning samaradorlik 
mezoni bo‗lib iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni hisobga 
olmagan holda har qanday mumkin bo‗lgan yo‗l bilan buyruq va 
ko‗rsatmalarni tezkor ravishda ijrosini ta‘minlashdir. 
Davlatning tashqi qarzni tartibga solish va boshqarishning 
asosiy ma‘muriy uslublariga quyidagilar kiradi: 

qayta moliyalash; 

qarzlarni bekor qilish (qarzni to‗lashdan voz kechish); 

qarzni hisobdan chiqarish; 

Qarzni restruktrizatsiya qilish. 
Qayta moliyalash g‗oyasining mohiyati shundaki, qarzdorga 
yangi turdagi investitsiyalarni moliyalashtirish to‗g‗risida va‘dalar 
berib uni qarzni to‗lashga nisbatan rag‗batlantirish bo‗lib 
hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda yangi zayomlarni qarzdor 
mamlakatlarga taqdim etish orqali ularda oldingi qarzlar bo‗yicha 
to‗lovlarni amalga oshirish uchun yetarli darajada moliyaviy 
mablag‗lar va rag‗batlarga ega bo‗ladi. 
Qarzlarni bekor qilish ikki sababga ko‗ra amalga oshiriladi: 
davlatni moliyaviy to‗lovga qobiliyatsizligi, ya‘ni uni bankrotligi; 
yoki davlat tepasiga yangi hokimiyatni kelishi sababli noma‘lum 
sabablarga ko‗ra ular o‗zlaridan oldingi hokimiyatning moliyaviy 
javobgarligini tan olgisi kelmaydi. To‗lovlarni to‗xtatish 
iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning pasayishi, 
savdo sharoitlarini yomonlashuvi, tabiiy ofatlar va urushlar 
sababli to‗lovga imkoniyatni yo‗qligini taqdim etishi mumkin.
Qarzdor davlat iqtisodiyoti uchun qarzlarni bekor qilish 
quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: 


604 

Xalqaro moliyaviy bozorlarga kirishga potensial 
darajada chek qo‗yiladi, ya‘ni bundan keyingi davrlarda qarz olish 
imkoniyatlarini yo‗qga chiqaradi hamda import hajmi qisqarishi 
mumkin; 

Boshqa davlatlardagi moliyaviy va real aktivlarni 
potensial darajada ekspropriatsiya qilinishi mumkin.
Qarzni restruktrizatsiya qilish bu qarzdor uchun kredit 
munosabatlaridagi qarzlarni to‗lashning original sxemasiga 
nisbatan samarali yangi rejasini ishlab chiqishdir. Bu bilan asosiy 
qarz summa o‗zgarmagan holda kredit foizlarini to‗lash davrida 
uning imtiyozli davri uzaytiriladi. Qarzdorlik bo‗yicha to‗lovlar 
qisqa davr uchun to‗lovlar odatda bir yil, nisbatan uzoq 10 va 
undan ortiq davrlarga uzaytiriladi. Bu qarzdor mamlakat uchun 
qisqa muddatli yengillik beradi, biroq umumiy qarz summasi 
qisqarmaydi balki berilgan qo‗shimcha muddat uchun foiz 
to‗lovlari hisobiga o‗sishi mumkin.
Qarzni 
restruktrizatsiya 
qilish 
bu 
mamlakat 
uchun 
estafetadagi qisqa bir dam olishni, iqtisodiyotni jonlantirish, 
iqtisodiy o‗sish va investitsiya uchun, istiqbolda tashqi qarzga 
xizmat ko‗rsatish qobiliyatini kuchaytirish uchun ma‘lum bir vaqt 
beradi. Uzoq istiqbolda qarz baribir o‗sadi, chunki qarzni 
restruktrizatsiya qilish o‗zida uni hisobdan chiqarish yoki barcha 
qarzlarni bekor qilishni olmagan. Faqatgina qarzga xizmat 
ko‗rsatish shartariga o‗zgartirish: ya‘ni qarzni qoplash muddati, 
uni uzaytirish va foiz stavkalari kiradi. 
Davlatning tashqi qarzni tartibga solishning moliyaviy 
metodlarining asosiy mezonlari bo‗lib moliyaviy ko‗rsatkichlar va 
hisobotlar hisoblanadi. 
Moliyaviy metodlarga quyidagilar kiradi: 

konversiya; 


605 

xususiy ssuda va investitsiyalarni jalb etish orqali qarzga 
to‗liq xizmat ko‗rsatish; 

rivojlanishni 
moliyalashtirishda 
foiz 
to‗lovlaridan 
qarzga xizmat ko‗rsatishda foydalanish. 
Tashqi qarzni konversiyasi bu tashqi qarzni boshqa turdagi 
majburiyatlar bilan almashtirishni ta‘minlovchi hamda qarzdor 
davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan sezilarsiz bo‗lgan barcha 
mexanizmlar 
tushuniladi. 
Ularga 
qarzni 
investitsiyaga 
konversiyalash, tovarlar taklifi orqali qarzni o‗zaro hisob-kitob 
qilish, o‗ziga xos shartlar asosda qarzni kreditor tomonidan qayta 
sotib olish, qarzni uchinchi mamlakatlarning qarz majburiyatlariga 
almashtirish, qarzni mulk, obligatsiya va infratuzilmaning 
qimmatbaho qog‗ozlari hisobiga o‗zaro hisob-kitob qilish. 
Tashqi qarzni boshqarish kredit va qarzdorlik turiga qarab 
(xususiy va ofitsial) boshqariladi. Turli kreditorlarga taklif 
etiladigan bir nechta variantlar turi ishlab chiqilgan. Ulardan biri 
bu – davlatlararo kafolatlangan zayomlarni restruktrizatsiya qilish. 
Bunday restruktrizatsiya qilish bu qarzni kamaytirish yoki unga 
xizmat ko‗rsatish muddatini qisqartirish yo‗nalishlarini tanlashga 
qaratilgan bo‗ladi. 
Boshqa variantlarga – tijorat qarzni restruktrizatsiya qilish. 
Tijoratchi kreditordan qarzni qayta rasmiylashtirish ikki yo‗l 
orqali amalga oshadi: qarzdorlikni kamaytirish, ya‘ni qarzdorlik 
majburiyatlarini 
diskonti 
bilan 
past 
daromad 
darajasida 
mamlakatning ikkilamchi bozoridan hamda xalqaro rivojlanish 
assotsiatsiyasining qarzdorlikni kamaytirish fondi orqali sotib 
olish mumkin.
Keyingi 
paytlarda 
boshqa 
metodlardan 
ham 
foydalanilmoqda. Ularga: 


606 

Qarzdorlikni 
sotib 
olish. 
Qarzdor 
mamlakatga 
ikkilamchi qimmatbaho qog‗ozlar bozoridan qarzdorlikni sotib 
olishga imkoniyat yaratiladi; 

Qarzdorlikni aksiyalarga almashtirish. Xususiy kreditor 
tomonidan qarzdor mamlakat kompaniyalarining aksiyalariga 
konvertatsiya qilish. Investorlar ikkilamchi qimmatbaho qog‗ozlar 
bozoridan qarzdorlikni sotib oladi, keyin uni mamlakat markaziy 
banki tomonidan mos instrumentlar orqali, ya‘ni qo‗shimcha 
aksiyalar sotib olish uchun milliy valyutaga transformatsiya 
qilinadi; 

Asosiy qarz bo‗yicha qarzdorlik majburiyatlarini va 
uning foizlarini mamlakatga qarzdorlik yuklamasini kamaytirish 
maqsadida 
maxsus 
diskontlangan 
yoki 
tenglashtirilgan 
obligatsiyalarga almashtirish; 

Qarzdorlik majburiyatlarining bir qismini qarzdor 
mamlakatning milliy valyutasiga mamlakatda turli ekologik, 
onalik va balalikni himoya qilish, tarixiy obidalarni saqlash kabi 
fondlarni vujudga keltirish maqsadida almashtirish.
Turli xildagi tashqi qarzni aholi jon boshiga past va o‗rta 
daromadli davlatlar uchun turli xildagi restruktrizatsiya qilishni 
boshqarish 
konsepsiyalari 
mavjud. 
Rasmiy 
kreditorlarga 
qarzdorlikni Parij klubi doirasi asosida qayta rasmiylashtirish 
amalga oshirilmoqda. Har o‗n yilda qarzdorlik qoplanmasa, uning 
summasini ikki baravarga o‗sishi yuz berishi mumkin. Yirik 
miqdordagi qarzdorlik agar kreditor mamlakatlar manfaatiga mos 
kelmasa, 
mamlakatning 
mustaqilligini 
namoyon 
bo‗lishi 
imkoniyatlarini cheklaydi.
Davlat qarzini boshqarishning u yoki boshqa metodlaridan 
tanlashda ularning bugungi kunda va istiqbolda mamlakatning 


607 
iqtisodiy va milliy xavfsizligida qanday ifodalanishini chuqur 
tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin