See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224
30 06 2022 . (1)

6. Moliya tizimi sohasida: 
1) soliq tizimi samaradorligini oshirish; 
2) byudjet tanqisligini moliyalashtirishning noinflatsion 
usullaridan keng foydalanishni yo‗lga qo‗yish; 
3) umumdavlat manfaatlari va ustuvorliklaridan kelib 
chiqqan holda moliyaviy resurslarni samarali qayta taqsimlash; 
4) dotatsiya va subsidiyalarni qisqartirish, byudjetda eng 
zarur bo‗lgan dotatsiyalarni saqlab qolish; 
5) milliy mudofaa xarajatlarini maqbullashtirish. 
7. Pul-kredit munosabatlari sohasida: 
1) milliy valyuta-so‗mning barqarorligini ta‘minlash; 
2) kassa xizmatlari ko‗rsatish va o‗zaro hisob-kitoblarning 
ishonchli tizimini yo‗lga qo‗yish; 
3) bank omonatchilarining manfaatlarini o‗z vaqtida va 
samarali himoya qilish bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rish; 
4) joriy valyuta va kapital operatsiyalarni davlat nazorat 
organlari 
tomonidan 
nazorat 
qilish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish; 


584 
5) mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining kamayib ketishiga 
yo‗l qo‗ymaslik. 
8. Xomashyo resurslari bilan ta‘minlash sohasida: 

milliy manfaatlarga ustuvorlik bergan holda, foydali 
qazilma konlarini sanoat usulida o‗zlashtirish va foydali qazilma 
konlarini razvedka qilish uchun investitsiyalarni ko‗paytirish. 

Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida: 
iqtisodiy faoliyat sohasida inson huquq va erkinliklarining 
buzilishida 
namoyon 
bo‗luvchi, 
uyushgan 
va 
iqtisodiy 
jinoyatchilikka faol qarshi kurashish. 
19.2-jadval 
Iqtisodiy xavfsizlikni boshqaruvchi davlat organlari 
Boshqaruv 
organlari
Boshqaruv organlarining funksiyalari
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Xavfsizlik 
kengashi 
(xavfsizlik 
kengashi 
apparati, 
idoralararo 
komissiyalar va 
Xavfsizlik 
kengashi 
huzuridagi ilmiy 
kengash) 
- davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy 
yo‗nalishlarini 
belgilash, 
davlat 
hokimiyati 
idoralarining o‗zaro hamkorlikdagi faoliyatini 
amalga 
oshirishga 
ko‗maklashish, 
davlatning 
yaxlitligini 
va 
uning 
suverinitetini 
asrash, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish 
borasida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
konstitutsion vakolatlarini ta‘minlash bo‗yicha 
zaruriy shart-sharoitlar yaratish; 

milliy 
xavfsizlikni 
ta‘minlashning asosiy 
obyektlari sifatida davlat va jamiyat, shaxslarning 
hayotiy muhim manfatlarini belgilash; 
-mamlakat raqobatbardoshligi va milliy xavfsizlikni 
ta‘minlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish 
strategiyasining 
asosiy 
yo‗nalishlarini 
ishlab 
chiqish; 
-milliy 
xavfsizlikni 
ta‘minlash 
sohasida 
mamlakatning ichki va tashqi siyosati masalalari 
bo‗yicha davlat rahbari tomonidan qarorlar qabul 
qilish uchun Prezidentga takliflar tayyorlash; 
-davlat va jamiyat, shaxsga tahdid soluvchi ichki va 


585 
tashqi xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‗yicha 
qarorlar tayyorlash; 
-favqulodda 
holatlarning 
oqibatlarini 
bartaraf 
qilishni tashkil etish bo‗yicha qarorlar qabul qilish, 
ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va boshqa salbiy 
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan 
favqulodda holatlarning oldini olish bo‗yicha tezkor 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
-milliy xavfsizlikni ta‘minlash va bu boradagi 
tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ijro 
etuvchi hokimiyat idora va tashkilotlari faoliyatini 
o‗zaro muvofiqlashtirish; 
-davlat rahbariga milliy xavfsizlikni ta‘minlash 
borasida 
mavjud 
tuzilmalar 
faoliyatini 
takomillashtirish yoki yangi organlar tashkil etish; 
-milliy xavfsizlikni ta‘minlash sohasida boshqa 
masalalarni hal etish 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Iqtisodiyot 
va 
sanoat vazirligi
-dunyo bozorlari konyunkturasi, ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni, xorijiy dalatlarning iqtisodiy va savdo 
siyosatlarini monitoring qilish va bashoratlash, 
mamlakatning jamlanma moliyaviy balansini ishlab 
chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil va 
monitoring qilish; 
-milliy hisoblar tizimining umumiqtisodiy prognoz 
ko‗rsatkichlarini hisob-kitob qilish, qisqa, o‗rta va 
uzoq muddatli istiqbol uchun iqtisodiyot tarmoq va 
sektorlari, hududiy tuzilmalar va yaxlit mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini bashoratlash; 
-savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnik 
sohalarda 
mamlakatning boshqa xorijiy davlatlar bilan o‗zaro 
hamkorligini 
yo‗lga 
qo‗yish 
va 
uning 
samaradorligini oshirish; 
-iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, 
iqtisodiy siyosatni amalga oshirish borasida xalqaro 
tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mintaqaviy 
tuzilmalari bilan hamkorlik qilish bo‗yicha ijro 
etuvchi 
hokimiyat 
organlarining 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
- O‗zbekiston Respublikasining ―Erkin iqtisodiy 


586 
zonalar 
to‗g‗risida‖gi, 
O‗zbekiston 
Respublikasining Qonunida ko‗zda tutilgan tartib va 
qoidalar asosida alohida iqtisodiy hududlarni 
boshqarish;
Ijro 
etuvchi 
hokimiyat 
organlari 
(IIV, 
Prokuratura, 
Davlat 
soliq 
qo‗mitasi) 
- Iqtisodiyot va sanoat vazirligining bevosita 
uslubiy rahbarligida iqtisodiyot sohasida milliy 
manfaatlarni himoya qilish va tegishli soha va 
tarmoqlar bo‗yicha iqtisodiy xavfsizlik bo‗yicha 
tahdidlarni baholash; mahalliy davlat hokimiyati 
organlari ishtirokida hududiy dasturlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirish 
 
Iqtisodiy 
xavfsizlikni 
ta‘minlashning ichki iqtisodiy 
mexanizmlari o‗z ichiga uni tashxislash va monitoring qilishning 
tashkiliy jihatlarini qamrab oladi. Monitoringni tashkil qilish 
uchun, birinchi navbatda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining 
funksiya va majburiyatlarini aniqlashtirish; ijro etuvchi hokimiyat 
idoralarining o‗zaro hamkorligini yo‗lga qo‗yish mexanizmlarini 
ishlab chiqish; ma‘lumotlarni jamlash, kuzatish, qayd qilish, tahlil 
qilish va ularni saqlash bilan shug‗ullanuvchi idoralar ro‗yxatini 
shakllantirish; iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida iqtisodiy 
xavfsizlik borasidagi tahdidlarga qarshi kurashish hamda 
monitoring qilish borasida hokimiyat idora va tashkilotlarining 
funksiyalarini 
va 
ularni 
amalga 
oshirish 
borasidagi 
majburiyatlarini aniqlashtirish talab etiladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin