See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   224
30 06 2022 . (1)

1.
 
Tuzilmaviy siyosat sohasida: 

Makroiqtisodiy darajada


yalpi talabni oshirish; 


581 

jamg‗armalar normasini oshirish va jamg‗armalarning 
investitsiyalarga aylanishiga imkon beruvchi qulay investitsion 
muhitni yaratish; 

eksport ko‗lami va geografiyasini kengaytirish; 

mahalliy 
ishlab 
chiqaruvchilarni 
himoya 
qilish 
maqsadida import operatsiyalarini tartibga solish. 

Mikroiqtisodiy darajada: 
1) iqtisodiy jihatdan samarali korxonalarni qo‗llab-
quvvatlash va ularni rag‗batlantirish borasida zaruriy me‘yoriy-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta‘minlash. Bunday 
faoliyat turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: hududlarda 
xalq iste‘moli tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish, aholiga uy-joy va kommunal xizmatlar ko‗rsatish, 
iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlarida innovatsion 
faoliyatni jadallashtirish, dori-darmon va tibbiyot asbob-
uskunalarini ishlab chiqarish, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
yetishtirish va uni qayta ishlash, atrof-muhit muhofazasi borasida 
turli faoliyatlarni amalga oshirish; 
2) samarasiz iqtisodiy tuzilmalarni tugatish yoki qaytadan 
tashkil qilish; 
3) narxlarning o‗sishini cheklash maqsadida kelishuv 
jarayonlarini tashkil qilish; 
4) iqtisodiy subyektlarning xulq-atvorlariga bozor qoidalarini 
singdirib borish. 
2. Ijtimoiy siyosat sohasida: 
1) kelgusi avlodlarning ehtiyoj va istaklarining qondirilishini 
shubha ostiga qo‗ymagan holda, jamiyat a‘zolarining bugungi 
kundagi ehtiyojlarining to‗laqonli qondirilishiga imkon beruvchi 
mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish 
asosida jamiyat birdamligini kuchaytirish;


582 
2) transfert to‗lovlari ko‗rinishida aholiga ijtimoiy ko‗mak 
ko‗rsatishni kengaytirish hisobiga aholi daromadlari o‗rtasidagi 
farqni qisqartirish. Bugungi kunda jahon banki bergan 
ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda qashshoqlik chegarasida kun 
kechirayotgan aholi soni umumiy aholi sonining 11,9 foizini 
tashkil etmoqda. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin