Beshinchidan,
mavjud muammolar ta‘lim tizimining
zarur moddiy-texnika bazasini ta‘minlashdagi kamchiliklar
bilan
birgalikda
tayyorlanayotgan
kadrlarning
darajasi
pastligida va har xil ixtisoslikdagi kadrlarga talabning hududiy
muvozanatli
emasligida
o‗z aksini topmoqda. Ilmiy
muassasalar bilan iqtisodiyotning real sektori o‗rtasidagi
572
o‗zaro aloqaning zaifligi innovatsiyalarni joriy etish va yangi
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlariga
to‗sqinlik qilmoqda.
Mamlakatning ayrim mintaqlarida mutaxassislar, ayniqsa,
shifokorlar va o‗qituvchilar yetishmasligi kuzatilmoqda, bu
ta‘lim muassasalari bitiruvchilari boshqa mutaxassislik
bo‗yicha ishga joylashtirilishiga olib keladi. Ayni vaqtda ish
kuchi taklifining yuqori darajasi mehnat resruslari ortiqcha
bo‗lgan mintaqalarda ishsizlikning o‗sishida aks etadi,
norasmiy bandlikning yuqori ulushi esa (40%) mamlakat
Davlat byudjetiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Oltinchidan,
global
iqtisodiy
tahdidlar
va
industrlashtirishning
o‗sishi,
atmosferaga
chiqarib
tashlanadigan
tashlamalarning
ko‗payishi,
tabiiy
xomashyoning yangi konlari o‗zlashtirilishi natijasida noxush
uzoq muddatli iqlim o‗zgarishlari, shuningdek, tabiiy muhit va
suv
resurslarining
kamayishi
(shu
jumladan,
ekin
maydonlarining qisqarishi va yer maydonlari unumdorligining
tushib ketishi) iqlim o‗zgarishlarining noxush trendi namoyon
bo‗lishida aks etadi. Bu kasalliklar darajasi o‗sishiga, suv
ta‘minotiga va umuman O‗zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
O‗zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‗jalik
aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni
vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka
erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ko‗p davlat bilan
diplomatiya munosabatlarini o‗rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko‗pgina xalqaro
tashkilotlar - BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro
bank, xalqaro valyuta fondi, xalqaro moliya korporatsiyasi,
573
iqtisodiy taraqqiyotga ko‗maklashuvchi tashkilot kabi boshqa
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a‘zo bo‗lib kirdi.
Respublika a‘zo bo‗lib kirgan dastlabki ittifoq - Mustaqil davlatlar
hamdo‗stligi (1991-yil tuzilgan) hamda Markaziy Osiyo davlatlari
bilan birgalikda Turkiya, Eron va Pokiston tomonidan tuzilgan
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) dir.
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‗shilish talablaridan
kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‗ullanishi zarur
bo‗lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi
iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar)
amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib
boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo‗lgan
xo‗jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‗limlar tuzildi.
Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va
savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa
shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Respublika hududida
xorijiy
sarmoya
ishtirokidagi
faoliyat
ko‗rsatayotgan
korxonalarning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining
2020-yilda 18,1 foizini tashkil qilgan (2002-yil 14,8%). Bunday
korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (45%) savdo va
umumiy ovqatlanish (23,8%) sohalarida to‗plangan.
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki
yo‗nalish bo‗yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo
bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi
valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.
574
2020-yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd.
AQSH dollarining tashkil etib, o‗tgan yilga nisbatan 26,2%ga
oshdi, uning 34,6 foizi MDH mamlakatlari, 65,4 foizi uzoq xorijiy
mamlakatlar hissasiga to‗g‗ri keladi. Tashqi savdo tarkibida
chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Keyingi yillar
mobaynida eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulot
salmog‗ining barqaror o‗sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib
beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani
yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 2019-yilda umumiy eksport hajmida
xomashyo bo‗lmagan tovarlarning ulushi 80%dan ziyodni tashkil
etdi. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun an‘anaviy eksport
xomashyosi
bo‗lgan
paxta
tolasining bu boradagi ulushi
2003-yildagi 20% dan, 2019-
yilda 1,6% ga tushdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda
Markaziy Osiyo davlatlarining
ko‗p tomonlama aloqalari va
hamkorligini
rivojlantirishga
birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. O‗zbekiston, Qozog‗iston
va Qirg‗iziston o‗rtasidagi yagona iqtisodiy makon to‗g‗risida
tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini
integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.
MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko‗p tomonlama
munosabatlarni
rivojlantirish
tashqi
siyosatning
asosiy
yo‗nalishlaridan biridir. O‗zbekiston Hamdo‗stlik davlatlari
muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo‗mita, Davlatlararo bank
va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda.
MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va
boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va
575
boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga
kirmoqda.
O‗zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan
hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi
navbatdagi yo‗nalishdir. Bu yo‗nalishda XVF bilan tizimli qayta
qurilishlarni mablag‗ bilan ta‘minlash, tizimli va makroiqtisodiy
siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo‗llab-quvvatlash Dasturlari
ma‘qullangan.
Jahon bank tashkilotlari Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(XRTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya
korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro
agentligi
(IKXA)
bilan
hamkorlik
O‗zbekistonning
tashqi iqtisodiy strategiyasini
amalga oshirishda muhim rol
o‗ynaydi. Xususan, XRRB yo‗li
bilan
O‗zbekistonga
paxta
yetishtirish
usullarini
zamonaviylashtirib, uning jahon
bozoriga
chiqishiga
ko‗maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish
maqsadida salmoqli mablag‗ ajratilgan. Xalqaro moliya
korporatsiyasi (XMK) ham O‗zbekistonda bir qator loyihalarni
amalga oshirishda ishtirok etmoqda. O‗zbekistonning tashqi
iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki (ORB)
hamda jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik istiqbolli
yo‗nalishlardan hisoblanadi.
|