proteksionizm, ya‘ni erkin
savdo yo‗lidagi to‗siqlar
xalqaro
ixtisoslashuvdan olinadigan nafni
kamaytiradi yoki yo‗qqa chiqaradi.
erkin savdo yo‗lida
juda
ko‗p
to‗siqlar
mavjud
bo‗ladi.
Ularning asosiylari quyidagilar:
boj to‗lovlari
import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi,
u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
import kvotalari
yordamida ma‘lum bir vaqt oralig‗ida
import qilinishi mumkin bo‗lgan tovarlarning eng yuqori hajmi
o‗rnatiladi;
ta‘rifsiz to‗siqlar
deyilganda litsenziyalash tizimi,
mahsulot sifatiga standartlar qo‗yish yoki oddiy ma‘muriy
taqiqlashlar tushuniladi;
eksportni ixtiyoriy cheklashlar
savdo to‗siqlarining
nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari
o‗zlarining ma‘lum mamlakatga eksportini «ixtiyoriy» cheklaydi.
609
Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan
iboratdir:
1) tashqi savdoni rivojlanishiga ko‗mak berish;
2) davlatning iqtisodiy o‗sishini tezlashtirish;
3) xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishdan foyda olish;
4) mamlakat savdo va to‗lov balansining ijobiy saldosini
ta‘minlash;
5) davlat byudjeti daromadlarini o‗stirish;
6) xorijiy davlatlar va ular ittifoqliklarining diskriminatsion
chora-tadbirlariga qarshi harakat olib borish;
7) davlatning savdo siyosiy pozitsiyasini mustahkamlash;
8) korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarning tashqi bozorga
chiqishini ta‘minlash;
9) milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‗mak
berish;
10) mamlakat xalq xo‗jaligining jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;
11) bozor faoliyatiga shart-sharoit yaratish.
O‗zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy
tamoyillari Jahon savdo tashkiloti (JST) hujjatlarida qayd etilgan
bojxona siyosatining xalqaro tajribalariga hamda O‗zbekistonning
tashqi va ichki siyosati tamoyillariga asoslangan bo‗lib,
quyidagilardan iborat:
1. Xalqaro huquq normalarining ichki davlat normalari oldida
ustunligini tan olish tamoyili. Uning mohiyati shundaki, o‗z milliy
huquq tizimini yaratayotgan milliy davlatimiz xalqaro huquq
normalarining ichki davlat normalari oldida ustun turishini tan
oladi. O‗zbekiston Respublikasining BMT, JST va boshqa xalqaro
tashkilotlariga a‘zo bo‗lishi bojxona ishi sohasidagi umumjahon
muammolarni hal etishda faol ishtirok etishiga keng imkoniyatlar
610
ochib berdi va respublika zimmasiga bir qator majburiyatlarni
ham yukladi.
2. O‗zbekistonda amalga oshiriladigan bojxona siyosatining
yagonaligi tamoyili. Bu O‗zbekiston Respublikasining bojxona
hududida yagona bojxona siyosatining olib borilishini anglatadi.
3. Ichki va ko‗p tomonlama aloqalarni o‗rnatish va
rivojlantirish tamoyili. Bu tamoyil O‗zbekiston Respublikasining
bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorlik olib borishga faol
intilishi orqali amalga oshiriladi.
4. Milliy davlat manfaatlari ustunligini hisobga olgan holda
o‗zaro savdo kelishuvlarida yon berishlik tamoyili. Bojxona
siyosati hamkor mamlakatlarning joriy manfaatlarini hisobga olsa
hamda o‗zaro munosabatlarda ma‘lum bir kelishuvlarni qabul
qilsa, uning samaradorligi yanada oshadi. Ammo, bunda
davlatning milliy xavfsizligi xavf ostiga qo‗yilishi mumkin emas.
5. O‗zaro kamsitmaslik tamoyili. Davlat o‗z iqtisodiy
manfaalarini himoya qilish maqsadida bojxona siyosati dastaklari
orqali u yoki bu milliy bozorda chegaralash chora-tadbirlarini
qo‗llaydi. Ularni qo‗llash diskriminatsion (kamsitish) ko‗rinishida
bo‗lmasligi, ya‘ni ba‘zi mamlakatlarga nisbatan emas, balki
barcha qatnashuvchi mamlakatlarga nisbatan birdek qo‗llanilishi
lozim.
6. Bir tomonlama harakatlarga yo‗l qo‗ymaslik. Milliy
bozorni himoya qilish bo‗yicha qarorlar ko‗p tomonlama
maslahatlashuvlardan so‗ng qabul qilinishi kerak.
7. Demokratizm tamoyili. Demokratizm tamoyili bojxona
siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga qo‗llashda xo‗jalik
yurituvchi subyektlar hamda fuqorolarning bojxona ishi
sohasidagi huquqlarining himoyalanishini talab qiladi.
611
Davlat bojxona organlari nazorati vazifalarini bajarish uchun
xalqaro tajribada ko‗p qo‗llaniladigan quyidagi usullardan
qo‗llaniladi:
bojxona yig‗imlarining miqdorini tartibga solish orqali
mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta‘sir ko‗rsatish.
Bunda tovrlarning mamlakat hayot faoliyati uchun qay darajada
muhimligi e‘tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun
muhim bo‗lgan import mahsulotlariga boj to‗lovlari kamaytiriladi
yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj to‗lovlari yuqori
darajada belgilanadi;
mamlakatning hisob va to‗lov balansining holatini
hisobga
olgan
holda
ta‘rif
qoidalarini tartibga solish;
milliy iqtisodiyotni jahon
bozoridagi
mahsulotlar
sifat
ko‗rsatkichlari,
ishlab
chiqarish
xarajatlaridagi farqlar hamda ichki
va tashqi bozorlardagi narx qaychisi
tufayli yuzaga keladigan salbiy
omillar ta‘siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari
narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari va
vositalaridan foydalaniladi.
Bojxona organlarining maqsadi quyidagilardan iborat:
bojxona bojlari shaklidagi to‗lovlarni nazorat qilish;
bojxona nazorati va rasmiylashtirish xarajatlarini
kamaytirish;
mamlakatga noqonuniy kontrabanda tovarlarini olib
kirish va man etilgan tovar va moddiy qiymatlarni olib chiqib
ketishining oldini olish.
612
Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri strategik
xomashyolarni, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib
ketilishiga yoki eksport va barter operatsiyalari tufayli olingan
valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda kontrabandaga yo‗l
qo‗ymaslik hisoblanadi.
Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash muhim ahamiyatga
ega. Tashkiliy jinoiy guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan
mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlarini olib kelinishi ichki
bozorlardagi tovarlarning raqobatbardoshligiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Chunki kontrabanda tovarlari bojxona to‗lovlarini, soliqlarni
to‗lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy tovarlarga
nisbatan arzon bo‗ladi. Natijada ular milliy tovarlar bozorini kasod
qilib tovar ishlab chiqaruvchilarni
xonavayron bo‗lishiga olib keladi.
Kontrabandistlarning maqsadi qisqa
muddatda
tovarlarni
sotib,
foyda
olishdan iborat. Iqtisodiy kontrbandaga
qarshi
kurashning
asosiy
yo‗llari
quyidagilardan iborat:
barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona
nazoratidan yashirincha bojxona chegaralari orqali tovar boyliklar
va buyumlarni olib o‗tishga bo‗lgan urinishlarni aniqlash va
ularning oldini olish;
kontrabanda buyumlarini o‗z vaqtida aniqlash va ularni
musodara qilishning texnologik sxemalarini ishlab texnika va
texnologiyalar
bilan
jihozlash,
yuqori
malakali
bojxona
xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvar qilib tarbiyalash
lozim bo‗ladi. Shuningdek, kontrabanda bilan shug‗ullanuvchi
shaxslarning javobgarligini, ularni jazoga tortishning qonuniy-
me‘yoriy asoslarini kuchaytirish kerak;
613
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
ishtirokchilari
o‗rtasida
profilaktika ishlarini olib borish;
davlat bojxona organlarinig xavsizlik va huquq-tartibot
organlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda faoliyat olib
borishlarini ta‘minlash;
kontrabandaga qarshi kurash bo‗yicha chora-tadbirlarni
tartibga soluvchi, ularning qonuniyligini ta‘minlovchi hujjatlarni
ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |