624
mavjud imkoniyatlarni to‗liq ishga solgan holda mahalliy
sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish;
tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan
standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish;
xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60
foizga
yetkazish;
o
avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va
1 milliard AQSh dollariga yetkazish;
turizm, transport,
axborot-kommunikatsiya, jumladan,
dasturiy ta‘minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7
baravarga
oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish;
eksportchi korxonalarga ko‗rsatilayotgan tashkiliy va
moliyaviy yordam berish tizimini
takomillashtirish;
eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar
hajmini 3,3 baravar ko‗paytirib, Yevropa davlatlariga GSPQ tizimi
doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish;
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarni
xorijiy
davlatlarga
chiqarishda
ko‗maklashish tizimini takomillashtirish
hisobiga eksportchi
korxonalar sonini hozirgi 6500 tadan 15 000 taga, tovarlarning
eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish;
―Yangi O‗zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti‖
g‗oyasi asosida 200 ta eksportchini
ochiq tanlov asosida saralab,
ularni yetakchi eksportnyorlarga aylantirish va har tomonlama
qo‗llab-quvvatlash;
qo‗shni davlatlar bilan chegara
hududlarda erkin savdo
zonalari faoliyatini yo‗lga qo‗yish.