See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
3)
barqaror iqtisodiy 
o‗sish;
 
4)
mamlakat raqobatbardoshligini ta‘minlash maqsadida 
ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va uni taraqqiy etgan 
dunyo mamlakatlari darajasida bo‗lishini ta‘minlash;
 
5)
mamlakat mudofaa qobiliyatini ta‘min etuvchi mudofaa 
sanoati 
kompleksini 
rivojlantirish 
va 
uning 
salohiyatini 
mustahkamlash;
 
6)
aholi turmush farovonligi darajasi va sifatini yaxshilash.
 
Harakatlar strategiyasi va mamlakatni 2030-yilgacha bo‗lgan 
muddatda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish konsepsiyasida 
mamlakatning tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uni 


615 
baholash borasida ma‘lum ko‗rsatkichlar nazarda tutilgan. 
Xususan, tashqi iqtisodiy xavfsizlikni baholash borasida quyidagi 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: 
1)
dunyo yalpi ichki mahsulotida O‗zbekiston YAIMning 
ulushi; 
2)
mamlakatning, shu jumladan, davlatning tashqi qarzi; 
3)
kapitalning sof olib kirilishi yoki olib chiqib ketilishi; 
4)
mamlakat hududlarining iqtisodiy integratsiyalashuv 
darajasi; 
5)
import operatsiyalariga nisbatan mamlakat oltin-valyuta 
zaxiralarining nisbati; 
6)
eksport va importning fizik hajmi indeksi; 
7)
savdo balansi saldosi; 
8)
importning 
tovar 
resurslari 
hajmida 
iste‘mol 
tovarlarining ulushi va shu kabilar.
Mamlakat va dunyo miqyosida davlatning samarali siyosatini 
amalga oshirish orqali mazkur ko‗rsatkichlarga erishishni ta‘min 
etish mumkin. Shu sababli ham mazkur ko‗rsatkichlarga 
mamlakat va dunyo miqyosida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash 
darajasiga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi. 
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik holatini baholash mamlakat 
iqtisodiyotini ichki va tashqi muhitini monitoring qilish, rasmiy 
statistik ma‘lumotlarni kuzatish va shu bilan bir qatorda, tashqi 
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarni baholash borasida 
ekspertlarning xulosalarini hisobga olgan holda, turli davlat va 
nodavlat tashkilot-idoralari, markaziy bank, mahalliy o‗z-o‗zini 
boshqarish 
kengashlari 
tomonidan 
o‗zlarining vakolatlari 
doirasida taqdim etgan ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni bashoratlash va tahlil qilish 
borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat 


616 
siyosatini amalga oshirish borasida ma‘lum bir funksiyalarni 
amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlari iqtisodiy xavfsizlik 
holatini baholash va monitoring qilishni amalga oshiradilar. 
Iqtisodiy xavfsizlik holatini tahlil va monitoring qilishning 
axborot-tahliliy ta‘minoti o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, davlat 
tashkilotlarining axborot resurslari, mamlakat milliy xavfsizligi 
holati ko‗rsatkichlarini monitoring qilishning axborot-tahlil tizimi, 
davlat miqyosida strategik rejalashtirishning axborot tizimi 
resurslari bazasi orqali ham ta‘min etiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimini samarali boshqarishdan maqsad 
barcha davlat institutlari rejalarini amalga oshirish natijasida 
erishiladigan yutuqlar, mavjud vakolatlar doirasidagi xavfsizlikni 
ta‘minlash bo‗yicha ishlar va uning nazorati bo‗lib hisoblanadi. 
Ushbu maqsadlar quyidagilardan iborat: 

mamlakat iqtisodiyotiga bo‗ladigan tahdidlarning oldini 
olish; 

iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida xalqaro 
hamkorlik; 

O‗zbekiston fuqorolarining himoyalanganligi; 

O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligi; 

jamiyatning ijtimoiy barqarorligi; 

aholining 
iqtisodiy 
va 
mulkiy 
notengsizligini 
qisqartirish; 

demografik vaziyatni yaxshilash; 

iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash; 

yangi qazilma boyliklar konlarini o‗zlashtirish; 

bank sohasini rivojlantirish; 


617 

ilmiy tadqiqot tashkilotlari va milliy innovatsion tizimni 
rivojlantirish; 

ta‘limning raqobatbardoshligi. 
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun xavfsizlikni 
ta‘minlash bo‗yicha quyidagi shartlarga amal qilish kerak: 

barcha tadbirlarni huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy 
jihatdan kompleks hal qilish lozim; 

qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi; 

barcha hokimiyat organlarining o‗zaro hamkorligi; 

fuqorolarning 
huquqlarini himoya qilish. 
Yuqorida 
keltirilgan 
maqsadlarni amalga oshirish 
uchun davlat iqtisodiyotiga 
bo‗ladigan 
tahdidlarni 
o‗z 
vaqtida 
aniqlash, 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
chora-tadbirlarini 
belgilash, 
ijtimoiy 
choralarni 
qabul 
qilish, 
innovatsion 
faoliyatni 
investitsiyalashni moliyalash, eksport uchun yangi mahsulotlarni 
ishlab chiqarishni tashkil etish, maqsadli xarajatlarni hamda 
barcha bo‗g‗inlarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Faoliyatning 
huquqiy asosi bo‗lib O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
hisoblanadi.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy 
xavfsizligiga tashqi tahdidlar bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 

Jahon 
iqtisodiy 
tizimida 
o‗sib 
borayotgan 
nobarqarorliklar va miqdor jihatdan tez o‗sib boruvchi turli xil 
ziddiyatlar, tavakkalchilik va tahdidlar, global hamda mintaqaviy 
tavsifdagi xavf-xatarlar; 


618 

Mustaqil 
O‗zbekiston 
taraqqiyotini, 
iqtisodiy 
qudratining o‗sishini, buyuk davlat sifatida jahon geosiyosiy, 
geoiqtisodiy va mintaqaviy jihatdan rolini oshishini ko‗ra 
olmaydigan G‗arb davlatlarining ta‘siri; 

O‗zbekiston Respublikasiga nisbatan formal va 
noformal shaklda olib borilayotgan axborot, moliyaviy va 
iqtisodiy urushlarni kuchayishi; 

O‗zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotiga 
tormoz 
bo‗luvchi, inqirozga olib boruvchi turli iqtisodiy konsepsiyalarni, 
modellarni, taklif va tavsiyalarni taqdim etilishi; 

HVF 
va 
boshqa 
xalqaro 
tashkilotlar, 
ularning 
ekspertlari, mutaxassislari va maslahatchilari orqali mamlakat 
milliy boyligini tashkil etuvchi intellektual kadrlarni, g‗oyalarani, 
innovatsiyalarni va boshqa potensial resurslarni, mamlakatdan 
chiqib ketishini tashkil etish maqsadida mamlakat iqtisodiyotiga 
ta‘sir etish; 

Xalqaro mehnat taqsimotida va xalqaro savdo-iqtisodiy 
munosabatlarda noekvivalent tovar ayirboshlashuvi; 

Rivojlanishning iqtisodiy-xomashyo modeliga va tashqi 
iqtisodiy konyunkturaga nisbatan yuqori darajada qaramlikni 
saqlanib qolishi;

Boshqarib bo‗lmaydigan darajada xorijga yuqori 
intellektual, malakali mehnat resurslarining chiqib ketishi; 

Xorijiy tovarlar bozorlardan milliy tovarlarni siqib 
chiqarishi; 

O‗zbekistonda faoliyat yurituvchi xorijiy investitsiya 
ishtirokidagi korxonalarning maqsadlarini milliy manfaatlarga 
mos tushmasligi; 

AQSH dollari kursining mustahkamlanishi; 


619 

Xorijiy 
mamlakatlardagi 
xalqaro 
savdo-iqtisodiy 
tashkilotlarda O‗zbekistonga nisbatan diskriminatsiya siyosatining 
olib borilishi; 

Transport 
infratuzilmasini 
eksport-import 
operatsiyalarda yetarli darajada rivojlanmaganligi. 
Bugungi kunda qator ekspertlar O‗zbekiston uchun eng katta 
tahdidlar sifatida tashqi tahdidlarni ta‘kidlab o‗tishadi. Biroq 
tashqi tahdidlarni tizimli tavsifi va G‗arb davlatlarning 
O‗zbekistonga nisbatan bosimini kuchayishi sharoitida ba‘zi bir 
turdagi ichki tahdidlarning roli ham oshib bormoqda. 
O‗zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash va boshqarish organlari va uning mas‘ullari bo‗lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti; 

O‗zbekiston Respublikasining xavfsizlik kengashi; 

O‗zbekiston Respublikasi Parlamenti ( Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati); 

O‗zbekiston Respublikasi hukumati; 

O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi; 

O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; 

O‗zbekiston Respublikasi Prokuraturasi; 

O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; 

Qoraqalpog‗iston vazirlar Kengashi; 

Viloyatlar, Toshkent shahar va tuman hokimliklari. 
Har bir organlarning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi 
faoliyat doirasi, mas‘uliyat chegaralari va vazifalariga ega.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning tashqi iqtisodiy 
mexanizmi asosiy e‘tiborni global iqlim o‗zgarishlari, global 
tabiiy ofatlar, global yuqumli kasalliklar (koronavirus), jahon 
iqtisodiyoti, global raqobat, global moliya, jahon tovar va moliya 


620 
bozorlaridagi 
konyunkturaviy 
tebranishlarning 
kuchayishi, 
axborot xavfsizligi kabi sohalarda vujudga kelishi mumkin 
bo‗lgan xavflarga qaratadi.
S&P Global Reyting xalqaro reyting agentligi ham global 
retsessiyani 2020-yilning asosiy ssenariysi deb hisoblaydi. Mazkur 
agentlikning hisobotida aytilishicha:―Koronavirus pandemiyasi va 
moliyaviy bozorlardagi o‗zgaruvchanlik ta‘sirida iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlarining pasayishi sababli, biz joriy yilda global retsessiyani 
prognoz qilmoqdamiz. 2020-yilda jahon iqtisodiyotining o‗sishi 1-
1.5% ni tashkil qiladi. Xususan, Xitoy hukumati tomonidan 16-
mart kuni e‘lon qilingan statistik ma‘lumotlarga ko‗ra mamlakatda 
2020-yilning dastlabki ikki oyida sanoat ishlab chiqarishining 
pasayishi so‗nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy 
ko‗rsatkich bo‗ldi. Yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi 
o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga pasaygan. 
Taqqoslash uchun, dekabr oyida – mamlakatda koronavirus hali 
aniqlanmagan paytda, bu ko‗rsatkich 6,9 foizga oshgan. Ushbu 
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning pasayishi kutilganidan ham yomon 
bo‗ldi, jumladan, savdo sohasida 20,5 foizga, asosiy kapitalga 
investitsiyalar esa 24,5 foizga pasaygan. Shuningdek, Xitoydan 
eksport qilish hajmi yanvar-fevral oylarida 17,2 foizga kamaygan. 
Xitoyda koronavirus bilan zararlanishning avj pallasi yengib 
o‗tilgani hisobga olinganda, ekspertlar fikriga ko‗ra ushbu 
mamlakat iqtisodiyoti kamida bir necha oydan keyingina normal 
holatga qaytishi mumkin. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash ko‗p jihatdan 
tashqi bozorlarda milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir 
bo‗lgan vositalarning samaradorligiga bog‗liq. Monopolistlarga 
qarshi kurashish, soliq imtiyozlari, qayta ishlovchi sanoat 
mahsulotlari eksportini imtiyozli kreditlash; ishlab chiqarishning 


621 
turli sohalarida faoliyat ko‗rsatuvchi tadbirkorlarni qo‗llab-
quvvatlash; resurs tejamkor texnologiyalarni izchil joriy etish 
kabilarni ko‗zda tutuvchi va tashqi, ichki bozorlarda mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarning milliy manfaatlarini himoya qiluvchi 
oqilona proteksionistik siyosatni amalga oshirish bu boradagi 
samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirish, 
iqtisodiyotni 
innovatsion 
yangilash, 
ijtimoiy 
muammolarni hal etish, umuman olganda, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda tashqi savdo siyosatining o‗rni va 
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bularning barchasi umumiy 
tarzda mamlakatning tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga 
xizmat qiladi. Mamlakat eksporti va uni diversifikatsiyalash 
darajasining yil sayin o‗sib borishi, importning intellektuallashuvi, 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro kapital harakatining 
turli jarayon va ko‗rinishlarida ishtirok etishlari asnosida tashqi 
savdo siyosati yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoniga tobora 
singib bormoqda. Aytish joizki, bugungi kunda mamlakat 
iqtisodiy xavfsizligining ichki va tashqi tahdidlari o‗zaro 
chirmashib, bir butunlikni tashkil etmoqda, shu bois, iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmida ichki va tashqi tahdidlarni 
birdek baholash talab etiladi.
Bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
siyosat yaqin istiqbolda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‗llab-
quvvatlashni, sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni 
ko‗zda tutadi. Bularning barchasi mamlakat tashqi iqtisodiy 
xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida quyidagilar 


622 
tashqi iqtisodiy siyosat maqsadiga erishishning asosiy 
indikatorlari hisoblanadi: 
1.
YaIM yiliga o‗rtacha 6-7 % atrofida barqaror 
o‗sganda va jahonning o‗rtacha narxlari yiliga 2-3 % o‗sganda 
2018-yilda tovarlar eksportini 14 mlrd. AQSH dollaridan 
2023-yilda 26 mlrd. AQSH dollarigacha va 2030-yilda 38 
mlrd. AQSH dollarigacha oshirish. 
2.
Mashinasozlik mahsulotlari eksportini 2023-yilda 1,2 
mlrd. AQSH dollarigacha va 2030-yilda 2,8 mlrd. AQSH 
dollarigacha, ya‘ni 2017-yilga nisbatan 7 baravardan ortiqqa 
oshirish. 
Ishlab chiqarish hajmlarini 19,5 mlrd. so‗mga (5,5 baravar 
o‗sish), eksport hajmlarini 10 mlrd. AQSH dollariga yetkazish 
(7 baravar o‗sish), tashqi bozorlarda xalqaro standartlarga 
javob 
beradigan 
yuqori 
texnologik, 
raqobatbardosh 
mahsulotlar keng nomenklaturasi chiqarilishini ta‘minlash, 
respublikani Markaziy Osiyodagi yetakchi to‗qimachilik ishlab 
chiqaruvchi mamlakatga aylantirish, xorijiy hamkorlarga 
qaramlikni imkon qadar kamaytirish. To‗qimachilik hamda 
tikuvchilik va trikotaj buyumlari eksporti hajmi 2030-yilgacha 
2020-yilga nisbatan 5-6 baravar o‗sadi va teri mahsulotlari 
eksporti hajmi 2030-yilgacha 2020-yilga nisbatan 3,5-4,0 
baravar o‗sadi. 
3.
2025-yilda turizm eksportini 951 mln. AQSH 
dollaridan 2 mlrd. AQSH dollarigacha o‗sishini ta‘minlash. 
4.
2030-yilga kelib transport xizmatlari eksportini 2017-
yilga nisbatan 3 baravardan ortiqqa (4,5 mlrd. AQSH 
dollarigacha) oshirish. 


623 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yilda quyidagi vazifalarni 
belgilab berdi: 

Jahon savdo tashkilotiga a‘zolik masalasi hamda 
Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‗yicha ishlarni 
faollashtirish; 

―GSPQ‖ tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda 
samarali qo‗llash uchun alohida dastur ishlab chiqish ; 

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a‘zo bo‗lgan davlatlar 
bozorlarida to‗laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga 
solish me‘yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‗yicha 
ishlarni jadallashtirish; 

korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop 
mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qo‗llab-quvvatlash 
jamg‗armasidan 100 million dollar ajratish;

eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va do‗konlar 
ochish hamda reklama xarajatlarining 50 foizi qoplab berish; 

tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish
1


Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin