601
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday
sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar
deyiladi. Rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy
hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar
miqdorining o‗zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‗yicha
taqchillikni bartaraf etishni kechiktirishi va o‗zining rasmiy
valyuta ehtiyojlarini to‗liq sarflashi natijasida to‗lov balansi
inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to‗lash holatida
bo‗lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud
bo‗lmaydi.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank
siyosatiga
ishonchsizligi
to‗lov
balansi
inqirozini
chuqurlashtiruvchi
omil
hisoblanadi.
Milliy
valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka
qaratilgan talabni rag‗batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy
valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini
ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir
vaqtda to‗lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el
valyutalariga o‗sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish
uchun yetarli bo‗lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning,
«xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: