581
jamg‗armalar normasini oshirish va jamg‗armalarning
investitsiyalarga aylanishiga imkon
beruvchi qulay investitsion
muhitni yaratish;
eksport ko‗lami va geografiyasini kengaytirish;
mahalliy
ishlab
chiqaruvchilarni
himoya
qilish
maqsadida import operatsiyalarini tartibga solish.
Mikroiqtisodiy darajada:
1) iqtisodiy jihatdan samarali korxonalarni qo‗llab-
quvvatlash va ularni rag‗batlantirish borasida zaruriy me‘yoriy-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta‘minlash. Bunday
faoliyat turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
hududlarda
xalq iste‘moli tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish, aholiga uy-joy va kommunal xizmatlar ko‗rsatish,
iqtisodiyotning ustuvor soha
va tarmoqlarida innovatsion
faoliyatni jadallashtirish, dori-darmon
va tibbiyot asbob-
uskunalarini ishlab chiqarish, qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari
yetishtirish va uni qayta ishlash, atrof-muhit muhofazasi borasida
turli faoliyatlarni amalga oshirish;
2) samarasiz iqtisodiy tuzilmalarni tugatish yoki qaytadan
tashkil qilish;
3) narxlarning o‗sishini
cheklash maqsadida kelishuv
jarayonlarini tashkil qilish;
4) iqtisodiy subyektlarning xulq-atvorlariga bozor qoidalarini
singdirib borish.
2. Ijtimoiy siyosat sohasida:
1) kelgusi avlodlarning ehtiyoj va istaklarining qondirilishini
shubha ostiga qo‗ymagan holda, jamiyat a‘zolarining bugungi
kundagi ehtiyojlarining to‗laqonli qondirilishiga
imkon beruvchi
mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish
asosida jamiyat birdamligini kuchaytirish;
582
2) transfert to‗lovlari ko‗rinishida aholiga ijtimoiy ko‗mak
ko‗rsatishni kengaytirish hisobiga aholi daromadlari o‗rtasidagi
farqni qisqartirish. Bugungi
kunda jahon banki bergan
ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda qashshoqlik chegarasida kun
kechirayotgan aholi soni umumiy aholi sonining 11,9 foizini
tashkil etmoqda.
Dostları ilə paylaş: