See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   224
30 06 2022 . (1)

19.2-§. Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
Xalqaro maydondagi vaziyat, tashqi iqtisodiy ayirboshlash 
aloqalarining samaradorligi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va uning 
natijalaridan iqtisodiyot soha va tarmoqlarida foydalanish darajasi, 
ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar holati va ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiy xavfsizligini belgilab 
beradi. Har qanday mamlakat iqtisodiy xavfsizliginining moddiy 
asosini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘min eta oluvchi 
rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari tashkil etadi.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ta‘sir 
etuvchi ichki tahdidlarga quyidagilar kiradi: 

monetar siyosatni olib borishda suverenitetning past 
darajasi; 

asosiy ishlab chiqarsh fondlarining yuqori ma‘naviy va 
jismoniy eskirishi; 

ishlab 
chiqarishni 
deformatsiyalashgan 
tarkibiy 
tuzilmasi hamda ilmiy asoslangan institutsional tuzilmaning 
mavjud emasligi; 

ishlab chiqarilgan milliy tovarlarning yuqori darajada 
energiya sig‗imiga, material sarfi va mehnat sig‗imiga ega 
ekanligi; 

Qator tarmoqlarda eski ishlab chiqarish texnologiyalarni 
saqlanib qolganligi; 

Strategik muhim tarmoqlarda ishlab chiqarishni to‗la 
tugallangan yopiq siklga ega emasligi; 

Ijtimoiy ishlab chiqarishda xufiyona iqtisodiyot rolining 
yuqoriligi va korrupsiyaning kuchli ekanligi. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash uchun iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlashning mos mexanizmi va uni amalga 


577 
oshirish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. 
Zamonaviy iqtisodiyot umum siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
qadriyatlarni ishlab chiqishda ifodalanuvchi dunyo mamlakatlari 
va xalqlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarning va bog‗liqlikning 
tobora kuchayib borishi bilan tavsiflanadi. Shu bois globallashuv 
sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmi iqtisodiy 
tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va 
huquqiy chora-tadbirlar tizimi sifatida ko‗rib chiqishimiz mumkin. 
Mazkur mexanizm quyidagi elementlardan tashkil topadi: 

mamlakat ichki va tashqi xavfsizligiga tahdidlarni 
aniqlash va bashoratlash maqsadida iqtisodiyot va jamiyat 
hayotini har tomonlama obyektiv monitoring qilish; 

beqarorlik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi 
mumkin bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlarning yo‗l 
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan qiymatlarini belgilash; 

iqtisodiyotning ichki va tashqi tahdidlarini aniqlash va 
ularni bartaraf etish borasida davlatning faoliyati. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash mexanizmlari 
tarkibida ichki iqtisodiy va tashqi iqtisodiy mexanizmlarni ajratish 
mumkin. Ichki iqtisodiy mexanizmlarga quyidagilar kiradi: 
1)
mamlakat iqtisodiyotida bozor o‗zgarishlarini amalga 
oshirish; 
2)
iqtisodiyotni boshqarishda markaziy muassasalar bilan 
bozor instrumentlarining o‗zaro uyg‗unligini ta‘minlash; 
3)
strategik zaxiralarni jamg‗arish. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning ichki 
iqtisodiy mexanizmining samarali amal qilishi quyidagilar bilan 
tavsiflanadi: 


578 

milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va iste‘mol 
hajmlarini sifat va miqdor jihatidan oshirish borasidagi 
imkoniyatlari; 

mamlakat ichida muhim mahsulot turlarini ishlab 
chiqarish darajasi. Mazkur ko‗rsatkich mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanish darajasini tavsiflaydi va mamlakatning asosiy mahsulot 
turlariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatlari to‗g‗risida 
xulosa qilish imkonini beradi; 

davlat strategiyalarini yetarlicha ko‗lam va sifatda 
amalga oshirilishini ta‘min etuvchi asosiy iqtisodiy resurslar 
ustidan davlat nazoratining o‗rnatilganligi; 

turli indikatorlar va mezonlar orqali baholanuvchi 
moliya tizimining barqarorligi. Moliya tizimi barqarorligini 
baholash borasidagi mavjud indikatorlar nuqtayi nazaridan 
mamlakat 
moliya 
tizimi 
bir 
qator 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning moliya tizimiga nisbatan birmuncha barqaror 
hisoblanadi. Moliya tizimi barqarorligining asosiy muammolari 
mezo va makrodarajada mavjud bo‗lgani holda, moliya 
institutlarining rivojlanganlik darajasiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir; 

ilmiy va innovatsion potensialni qo‗llab-quvvatlash. 
Ilmiy salohiyatni aks ettiruvchi ko‗rsatkichlar bo‗lib quyidagilar 
hisoblanadi: YAIMning fan sig‗imliligi; fan sohasi xodimlarining 
o‗rtacha yillik soni; iqtisodiyotda band bo‗lganlarning umumiy 
sonida ilmiy xodimlarning ulushi; ilmiy muassasalar soni; 

mamlakatda yagona iqtisodiy makonni barpo etish va 
uni talab darajasida ushlab turish; 

bozor iqtisodiyotining me‘yorda faoliyat ko‗rsatishini 
ta‘minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni 
zarur me‘yor darajasida tartibga solish.


579 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash vositalari – bu 
mamlakat iqtisodiyotining turli tahdidlardan ko‗rishi mumkin 
bo‗lgan yo‗qotishlarini bartaraf qilish maqsadida foydalanilishi 
mumkin bo‗lgan ijtimoiy va yetuk xulq-atvor, mafkuraviy, diniy, 
diplomatik, huquqiy va shu kabi normalar shuningdek, 
iqtisodiyotni boshqarishning turli: xalqaro, mintaqaviy, jamiyat va 
davlat boshqaruvi kabi darajalaridagi boshqaruv idoralari va 
tuzilmalarining umumiyligidir. 
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni aniqlashtirish imkonini 
beruvchi omillarni monitoring qilish va bashoratlash mamlakat 
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash mexanizmining muhim elementi 
hisoblanadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlari 
dinamikasini kuzatib borishning tezkor axborot-tahliliy tizimini 
ifoda etadi. U iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining aniq miqdoriy 
ko‗rsatkichlari asosida amalga oshirilishi lozim bo‗lgani holda, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
indikatorlarning 
beqarorligi 
va 
tez 
o‗zgaruvchanligi, tarmoqlar o‗rtasida nomutanosibliklarning 
mavjudligi va birinchi navbatda, moliyaviy resurslarning 
yetishmasligi sharoitida iqtisodiyotning ayni damdagi holatini 
baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligini ta‘minlashda davlatning o‗rni muhim bo‗lib uning 
faoliyatining asosiy yo‗nalishlari va ularning tavsifi quyidagi 
jadvalda keltirilgan. 


580 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin