53
xavfsizligini mamlakat fuqarolari, jamiyat, davlat va iqtisodiyot
tarmoqlarining arzon va zaruriy sifatga ega bo‗lgan yoqilg‗i-
energetika resurslariga bo‗lgan ehtiyojlarini to‗laqonli ravishda
qondirish borasida vujudga kelishi mumkin bo‗lgan ichki va
tashqi omillardan, shu bilan bir qatorda, yoqilg‗i-energiya
ta‘minotidagi uzilishlardan himoyalanganlik darajasi sifatida
baholashimiz mumkin.
2.
Oziq-ovqat va xomashyo xavfsizligi
. Aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta‘minlash, ocharchilik yuz
berishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
masalalari hamisha har qanday mamlakatda muhim hayotiy
muammo hisoblangan. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini o‗zi, mustaqil
ta‘minlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-ovqat
importiga o‗ta bog‗liqlikdan xalos bo‗lganligini anglatadi.
Ta‘kidlash joizki, oziq-ovqat xavfsizligi faqat ichki o‗zini o‗zi
to‗liq oziq-ovqat mahsulotlari ta‘minlash bilan cheklanmaydi.
Buning uchun oziq-ovqat importi ham e‘tiborga olinadi.
Davlatning
oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash borasidagi
siyosatida, asosan, o‗zining qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi va
ichki sotish bozorlarini rivojlantirishga, qisman, chet ellardan
oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish asosida aholini oziq-
ovqatga bo‗lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirish ko‗zda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: