III BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIK SHAKLLARI VA
ASOSIY KO‗RSATKICHLARI
3.1-§. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‗lish shakllari.
Shaxs, korxona va davlatning iqtisodiy xavfsizligi
Makroiqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy xavfsizlik
muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi. Bozor
tizimida xatar borligidan, bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli
bo‗lmasligini va undan saqlanish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy
xavfsizlikning bosh mezoni
–
bu mamlakat ehtiyojlarini uzluksiz
ta‘minlanishi hisoblanadi. Bu, birinchidan, milliy iqtisodiyotni
mahsulot va xizmatlari bilan to‗la ta‘minlashni, ikkinchidan,
mamlakatda ishlab chiqarish mumkin bo‗lmagan tovar va
xizmatlarni chetdan qulay narxlarda hamda uzluksiz import
qilishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi.
Iqtisodiy xavfsizlik subyekti – bu iqtisodiy xavfsizlik
sohasidagi munosabatlar ishtirokchisi bo‗lib, ularning faol
harakatlari obyektning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash, ya‘ni
himoyalanganlik holatini yoki doimiy va samarali faoliyat olib
borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Iqtisodiy
xavfsizlik subyekti quyidagi shakllarda namoyon bo‗ladi:
shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
korxonaning(firma) iqtisodiy xavfsizligi;
davlatning iqtisodiy xavfsizligi.
67
3.1-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi –
bu uning hayotiy
manfaatlarining,
ya‘ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat
qilish, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‗ullanish, mulkdor bo‗lish,
hayotiy iste‘mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini tiklash,
bilim olish va kasbga ega bo‗lish, qariganda va mehnat layoqatini
yo‗qotganda ijtimoiy ta‘minot olish huquqlari bilan ifodalaydi.
Bunda shaxsning bozor iqtisodiyotida iste‘molchi va ishchi,
xizmatchi, tadbirkor sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy huquq hamda
erkinliklarining, manfaatlarining himoyalangani, kafolatlangani
nuqtayi nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ikki turga ajratish
mumkin.
Korxonalarning (firma) iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilganda
ularni ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat
Iqtisodiy xavfsizlik
Shaxsning iqtisodiy
xavfsizligi
Korxonaning iqtisodiy
xavfsizligi
Davlatning iqtisodiy
xavfsizligi
Ishlab chiqaruvchi
shaxs xavfsizligi
Ishlab chiqarish
korxonalarining
xavfsizligi
Davlatning tashqi
iqtisodiy xavfsizligi
Iste‘molchi shaxs
xavfsizligi
Xizmat ko‗rsatish
korxonalarining
xavfsizligi
Xalqaro moliyaviy
tashkilotlarda ishtirok
etish bilan bog‗liq
xavfsizlik
Moliyaviy, savdo
tijorat korxonalarining
xavfsizligi
Notijorat, jamoatchilik
tashkilotlarining
xavfsizligi
68
hamda notijorat va jamoatchilik tashkilotlari sifatida faoliyat
yuritishi nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq.
Korxonaning (firma) ixtisosligiga ko‗ra xavfsizligini ta‘minlash
xususiyatlari ham turlicha bo‗lishi tabiiydir.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida barqarorlikka o‗xshash bo‗lgan
muhit tashkil etuvchilar yotadi — bu material, inshootning, uni
yangi sifat holatiga, ya‘ni tarkib yoki tuzum o‗zgarishiga
keltiradigan,
zarur
yo‗naltirilgan
qonuniy
o‗zgarishidir.
Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo‗lishi mumkin emas.
Barqarorlik – bu jamiyatning favquloddagi holatlarda ham o‗z
manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati, holatni tiklash imkoniyatidir.
Asosiy iqtisodiy xavfsizlik tahdidlari – mamlakatning iqtisodiy
holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi jarayon bo‗lib, mamlakat,
jamiyat va shaxs iqtisodiy manfaatlarini chegaralaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismiga
kirganligi uchun milliy xavfsizlikning tashkil etilishi va
shakllanishi bilan bog‗liq masalalar ko‗rib chiqilishi lozim.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi va uning
moddiy asosi hisoblanadi. Shuning uchun, iqtisodiy xavfsizlik
mamlakat milliy xavfsizlik genezisi va shakllanishiga doir
masalalar qatorida o‗rganilib chiqilishi darkor. Umuman, iqtisodiy
xavfsizlik asosiy paradigmasini quyidagi elementlar tashkil etadi:
xalqaro munosabatlar tizimiga o‗tish, ya‘ni ishchi kuchi
konsepsiyasidan manfaatlar konsepiyasiga qarab;
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi uning mamlakat ichki
muammolari va tashqi iqtisodiy faoliyati hamda xalqaro moliyaviy
tashkilot va uyushmalarda ishtirok etish bilan bog‗liq xavf-xatarlar
nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
69
iqtisodiy xavfsizlikning bir-biriga qarshi tipdagi g‗oyalar va
tuzilmalardan
xalqaro
iqtisodiy
hamkorlik
va
xalqaro
munosabatlarga asoslangan model tomon harakatlanishi;
hudud daxlsizligini ta‘minlash tamoyiliga qo‗shimcha qilib
mintaqa, korxona, oila hamda shaxs iqtisodiy xavfsizligi
tamoyilini kiritish;
iqtisodiy sohadagi tahdidlar majmuali xususiyatga ega
bo‗lib,
avvalo,
YAIMning
sezilarli
darajada
qisqarishi,
investitsion va innovatsion faoliyat hamda ilmiy-texnikaviy
salohiyatning pasayishi, qishloq xo‗jaligi sektoridagi inqiroz,
yoqilg‗i xomashyosi va energetik komponentlarni eksporti
sur‘atining oshishi, importda esa birlamchi va iste‘mol
mollarining o‗sishi kuzatiladi.
Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatida
esa quyidagi masalalar
muhim o‗rin tutadi:
milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyalashuviga qulay
sharoit tashkil etish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari sotish
bozorlarining kengayishi;
MDH davlatlari bilan yagona iqtisodiy hudud barpo etish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya
qilish;
barqaror kredit-moliyaviy siyosatini tashkil etish, boshqa
davlatlardan tashqi kredit olishni kamaytirish orqali ularga
bog‗lanib qolishni oldini olish;
chet el banklari, sug‗urta va investitsion kompaniyalarni
boshqarishda davlatning rolini oshirish.
Iqtisodiy xavfsizikning
quyidagi darajalari mavjud:
xalqaro (global va mintaqaviy);
milliy;
70
lokal (mintaqaviy yoki mamlakat ichidagi tarmoqlar);
xususiy (korxonalar va shaxs).
xalqaro iqtisodiy xavfsizlik
— shartnomalar va institutsional
tuzilishni amalga oshirish borasidagi barcha xalqaro shartlar
majmuasi bo‗lib, unda har bir jahon hamjamiyatidagi a‘zo
davlatning erkin saylash va o‗zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
strategiyasini ishlab chiqishi, tashqi bosimga uchramasligi,
boshqalarning ishiga aralashmasligi, o‗zaro manfaatli va
muvofiqlik asosida jahondagi boshqa davlatlar bilan hamkorligi
tavsiflanadi.
Xalqaro
iqtisodiy
xavfsizlik
taraqqiyot
modellarning
bog‗lanib qolishini, shuningdek, har bir xalqning o‗z yo‗lini
tanlash huquqini tan olish, manfaatlari hurmat qilinishi orqali
iqtisodiy va siyosiy qaramlikni rad etadi. Mamlakatning nafaqat
iqtisodiy, shuningdek, siyosiy ahvoliga ham jiddiy xavf
tug‗diruvchi tahdidlardan biri tashqi qarz muammosidir.
Dostları ilə paylaş: |