3.2-§. Iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlari
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va
ko‗rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makro va mikro darajada
iqtisodiy xavfsizlikka bo‗ladigan tahdidlarni tahlil qilish va
bashoratlashda
iqtisodiy
xavfsizlikning
mingdan
ziyod
ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Biroq ularning ichida 19 ta
indikatordan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu
indikatorlar iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida hamda
ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim jihatlarini
ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ularning
o‗zaro bog‗liqligidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko‗rsatkichlari asosida
iqtisodiy
tizimning
amal
qilishidagi
tahlikali
chegaralar
71
belgilanadi. Ko‗rsatkichlar tahlikali chegaralar sifatida qabul
qilingan
birliklardan
chekingan
holatlarda
tizim
izchil
rivojlanishga bo‗lgan qobiliyatini, ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardoshligini
yo‗qotib
boradi,
transmilliy
korporatsiyalarning ekspansiyasi obyektiga aylanib qoladi, milliy
boyliklarning talon-toroj qilinishi, xufyona iqtisodiyot va
korrupsiya miqyoslarining kengayishidan zarar ko‗radi.
Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat,
balki xavflardan xoli bo‗lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son
jihatdan ham belgilashi talab etiladi. Demak, mamlakatda
iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma‘lum bir chegara
doirasida yo‗l qo‗yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun
ko‗rsatkichlarning o‗zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim
ahamiyatga ega. Shu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab
chiqarishning turli elementlarini normal taraqqiy etishiga
to‗sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi
jarayonlarning shakllanishiga olib keladi. Iqtisodiy xavfsizlikning
miqdoriy ko‗rsatkichlari bo‗yicha milliy manfaatlarni ta‘minlash
maqsadida ko‗rsatkichlarning eng quyi yoki yuqori chegaralari
aniqlanadi.
Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan
iqtisodiy
xavfsizlik
siyosati
ko‗rsatkichlarning
barchasini
me‘yorida
saqlab
turishga
qaratilishi
kerak.
Iqtisodiy
xavfsizlikning bir chegaraviy ko‗rsatkichi boshqa shunday
ko‗rsatkichning yomonlashuvi hisobiga ta‘minlanishi mumkin
emas. Davlat har bir aniq holatda xavfsizlik va iqtisodiy
samaradorlikning uyg‗unlashuvini ta‘minlashga harakat qilishi
kerak bo‗ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig‗ida foyda keltirishi,
strategik jihatdan esa umuman foydasiz bo‗lishi mumkin.
72
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning
mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtayi nazaridan
iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o‗z ichiga
oladi:
resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini
baholash;
resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini
yetakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki hamda
tashqi tavsifga ega bo‗lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi
darajasiga muvofiqligini baholash;
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonning yaxlitligini
baholash;
suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish
imkoniyatlarini baholash;
ijtimoiy barqarorlikni va ziddiyatlarning oldini olish va hal
etish imkoniyatlarini baholash.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan
tadbirlarni
amalga
oshirish
uchun
uning
indikatorlari
monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlarini aniqlash, tahlil
etish va ularning o‗zgarish tendensiyalari hamda istiqbolini
aniqlash imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni
amalga oshirish uchun yo‗llanma sifatida qabul qilinishi mumkin
emas. Uni amalga oshirishda jamiyat bazisini qayta tashkil etish,
resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta yaxshilash, yangi
bozor institutlarini, xo‗jalik yuritish dastaklarini, boshqarish
tizimini yaratishga muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish
73
zarur bo‗ladi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko‗rsatkichlari
mavjud:
Yalpi ichki mahsulot (Yalpi hududiy mahsulot);
inflatsiya darajasi;
davlat byudjeti kamomadi;
ichki qarz darajasi;
tashqi qarz darajasi;
ishsizlik darajasi;
turmush darajasi va sifati;
oltin valyuta zaxiralari;
xufyona iqtisodiyot ko‗lami;
ekologik holat.
Yuqoridagi ko‗rsatkichlardan tashqari yana bir qator
ko‗rsatkichlar ham mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana
narxlar miqdori, uy-joy bilan ta‘minlanganlik, hududning
mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning to‗lov
balansi, eksport-import savdosi va boshqalar.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini turli xil usullar yordamida
baholash mumkin, ammo biz ularni bir necha guruhlar shaklida
ifodalaymiz:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni kuzatish va
ularning eng yuqori ko‗rsatkichlari bilan taqqoslash;
2) hududlarni tahdid darajasi bo‗yicha saralashda ekspert
baholash usuli;
3) asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar va ularning
dinamikasi asosida mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini
baholash;
4) yo‗qotishlar sonini aniqlash orqali xavfsizlikka tahdidning
oqibatlarini baholashda iqtisodiy vositalardan foydalanish;
74
5) amaliy matematikaning usullari, xususan, ko‗p qirrali
statistik tahlil;
6) aralash baholash usullari.
Ko‗rsatkichlar muhim iqtisodiy vazifani bajaradi, ular
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi darajasini tahlil qilishga
yordam beradi. Iqtisodiy xavfsizlik tahlilini
o‗tkazishda
indikatorlarni bloklarga ajratish tavsiya etiladi, ularning har biri
alohida ko‗rsatkichlar to‗plami bilan tavsiflanadi.
Ko‗rsatkichlar tizimi iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy va
tendensiyalarini baholash uchun imkoniyat yaratadi. Umuman,
iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlari blokka bo‗lish orqali tahlil
qilinadi va bloklar bo‗yicha xavfsizlik holati aniqlanadi.
Birinchi
blokda
iqtisodiy
xavfsizlikning
barcha
koeffitsiyentlari stimulator ko‗rsatkichlari (rag‗batlantiruvchi) va
stimulatorni yo‗q qiluvchi (rag‗batlantirishni pasaytiruvchi)
ko‗rsatkichlarga bo‗linadi.
Dostları ilə paylaş: |