See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   224
30 06 2022 . (1)

2.5-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi. 
Davlat iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish va uni 
tahlili doirasida vaziyatlarni aniqlash, xavfsizlik chora-tadbirlarini 
ishlab chiqish, normativ qonun hujjatlarning ekspertizasini 
o‗tkazish, O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bog‗liq davlat 
qarorlarini ishlab chiqish kerak.
2.4-§. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmlari va uning 
strategik maqsadlari 
O‗zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va 
qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari, 
qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy 
hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy 
xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va 
tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va 
normativ-huquqiy 
chora-tadbirlardan 
iborat 
konsepsiya 
ko‗rinishidagi 
iqtisodiy 
xavfsizlikni 
ta‘minlash bo‗yicha 
ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir. 


60 
Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O‗zbekiston 
Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga 
erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan, 
quyidagilar ta‘minlanishi kerak: 

inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy 
tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi 
turmush darajasi sifatini oshirish; 

milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish; 

milliy 
manfaatlarga 
bog‗liq 
bo‗lgan 
jahondagi 
jarayonlarga faol ta‘sir etish; 

jahon xo‗jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi 
sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish; 

xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan 
O‗zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali 
qaramlikka yo‗l qo‗ymaslik. 
Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo‗lgan 
tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini 
ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga katta 
 
Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirish strategiyasining mazmuni 
bu iqtisodiyotning rivojlanishini shunday ta‘minlashga aytiladiki, 
unda shaxsni yashashi va rivojlanishi uchun munosib sharoitlar, 
jamiyatni 
ijtimoiy 
iqtisodiy, 
harbiy-siyosiy 
barqarorligi, 
mamlakatni yaxlitligi, tashqi va ichki tahdidlarga nisbatan samarali 
qarshilik qilishi, milliy byudjet resurslarini taqsimotida, xorijiy 
investorlar resurslarini jalb etishda ixtiloflarni oldini olish tizimi 
vujudga keladi.


61 
e‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib 
chiqib, jamiyatni va xo‗jalik faoliyatini kriminallashuvini 
kamaytirishga harakat qilingan:

ishsizlikning 
o‗sishi, 
chunki 
statistikaga 
ko‗ra 
jamiyatdagi tartib buzilishlarning asosiy qismini doimiy daromad 
manbaiga ega bo‗lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi; 

davlat boshqaruv organlarining ma‘lum bir guruh 
xodimlari uyushgan jinoyatchi guruhlariga qo‗shilishi natijasida, 
kriminal kuchlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining 
ma‘lum bir qismiga egalik qiladi va turli hokimiyat boshqaruv 
tuzilmalariga kirib boradi; 

davlat nazorat tizimini pasayishi natijasida ichki 
moliyaviy bozorlarda, xususan, xususiylashtirish, eksport-import 
operatsiyalarda, savdo sohalarida jinoyatchi guruhlar faoliyati 
kuchayadi. 
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy jarayonlarga samarali 
ta‘sir etish va tartibga solish uchun iqtisodiy xavfsizlikka 
tahdidlarni oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimi 
ishlab 
chiqilgan. 
Ular 
bugungi 
kunda 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
iqtisodiy 
tizimida 
iqtisodiy 
xavfsizlikni 
ta‘minlashning bazaviy asosi sifatida foydalaniladi.
1. Monitoring – bu davlatning iqtisodiy xavfsizligi dinamika 
ko‗rsatkichlarini operativ axborot-analitik kuzatish tizimi. Bu 
tizim iqtisodiyotni o‗tish davrida tarmoqlararo proporsiyalarning 
buzilishi mavjudligi, resurslarni keskin tanqisligi (birinchi 
navbatda, 
moliyaviy) 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarni 
nobarqarorligi jarayonlarida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu 
yakuniy natijada axborotlarning sifati va uni olish tezkorligi, 
kompleksligi, chuqur tahlil etilganligi obyektni to‗la egallash 
shakllariga qo‗yilgan talablarni kuchayishiga olib keldi.


62 
Shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ichki va 
tashqi tahdidlarni belgilab beruvchi omillarni monitoring qilish 
uchun, birinchi navbatda, O‗zbekiston Respublikasining tashkiliy-
axborot bazasini shakllantirish zarur bo‗lib hisoblanadi. 
2. 
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik 
mezonlari va ko‗rsatkichlarni shakllantirish (tahlikali chegaralar 
va ko‗rsatkichlari). Respublika strategiyasini amalga oshirish 
maqsadida iqtisodiyotdagi vaziyat haqida ma‘lumot beruvchi 
miqdor va sifat ko‗rsatkichlar ishlab chiqiladi. Ushbu 
ko‗rsatkichlar doirasidan chetga chiqish iqtisodiy xavfsizlikka 
tahdidlarni olib keladi. Ularning asosida mamlakat iqtisodiyotini 
himoya qilishga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar va iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. 
3. Ma‘lum rejali konsepsiyalarni ishlab chiqish. Iqtisodiy 
rivojlanishning tahlikali chegaralarining kutilgan parametrlaridan 
og‗ish va real ko‗rsatkichlardan chetga chiqish aniqlanganda, 
mamlakatni xavf-xatar zonasidan chiqarish, tahdidlarning kelib 
chiqishini oldini olish uchun, davlatning kompleks chora-tadbirlar 
rejasi ishlab chiqiladi. 
Strategiyaning 
asosiy 
vazifasi 
milliy 
iqtisodiyotning 
barqarorligini ta‘minlash, mulkning barcha shakllarini himoya 
qilish, tadbirkorlik faolligini oshirish kafolatlari va shart-
sharoitlarini yaratish, kriminal jinoyatchi tuzilmalarga qarshi 
kurash, ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi daromadlar 
taqsimotida katta farqlarni, uzilishlarni vujudga keltirmaslik, 
resurs xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va moliyaviy 
sohalarda inqiroziy jarayonlarni shakllanishiga hamda aholi 
turmush sifati darajasini pasayishiga yo‗l qo‗ymaslik.
O‗zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasida istiqbolda iqtisodiyotning 


63 
barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan potensial 
xavf-xatar va tahdidlar tahlil qilingan. Konsepsiya iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirish yo‗nalishlari bo‗lib xizmat qiladigan 
O‗zbekiston Respublikasini o‗rtacha va uzoq muddatli 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari 
hamda vazifalarini belgilaydi va asoslaydi. 
Bunda, maqsadlar sifatida konsepsiyada jadal va barqaror 
o‗sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‗lom va 
samarali hayotini ta‘minlaydigan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini 
shakllantirish, 
yer, 
suv 
va 
energetika 
resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun 
saqlab 
qolgan 
holda 
samarali 
foydalanish, 
ekologik 
muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi 
oqibatlarini bartaraf etish, atrof-muhitni yaxshilash ko‗rib 
chiqiladi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
mexanizmi bir qator funksiyalarni o‗z ichiga oladi. Ularga:
1.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin