2.5-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik tizimi tuzilmasi.
Davlat iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirish va uni
tahlili doirasida vaziyatlarni aniqlash, xavfsizlik chora-tadbirlarini
ishlab chiqish, normativ qonun hujjatlarning ekspertizasini
o‗tkazish, O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga bog‗liq davlat
qarorlarini ishlab chiqish kerak.
2.4-§. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmlari va uning
strategik maqsadlari
O‗zbekiston Respublikasining xavfsizlik asoslari ijro va
qonunchilik apparati tomonidan, qonunlar, Prezident farmonlari,
qarorlari, Hukumat va Oliy Majlisning normativ-huquqiy
hujjatlarida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy
xavfsizlikning strategik maqsadi iqtisodiy xavf-xatar va
tavakkalchiliklar bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va
normativ-huquqiy
chora-tadbirlardan
iborat
konsepsiya
ko‗rinishidagi
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlash bo‗yicha
ishlanmalar sifatini oshirish mexanizmidir.
60
Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun O‗zbekiston
Respublikasining umumiy xavfsizlik strategiyasi maqsadlariga
erishishning zaruriy shartini ta‘minlashi kerak. Xususan,
quyidagilar ta‘minlanishi kerak:
inson va fuqoroning huquqlarini, mamlakatda ijtimoiy
tinchlikni va jamiyatda ijtimoiy osoyishtalikni kafolatlovchi
turmush darajasi sifatini oshirish;
milliy manfaatlardan kelib chiqib ichki siyosiy, iqtisodiy
va ijtimoiy vazifalarni samarali hal etish;
milliy
manfaatlarga
bog‗liq
bo‗lgan
jahondagi
jarayonlarga faol ta‘sir etish;
jahon xo‗jalik aloqalariga teng huquqli integratsiyasi
sharoitida mehnat taqsimoti, davlatni barqaror rivojlantirish;
xorijiy davlatlardan va ularning uyushmalaridan
O‗zbekistonni iqtisodiy faoliyatning muhim masalalarida tahlikali
qaramlikka yo‗l qo‗ymaslik.
Strategiyada iqtisodiy xavfsizlikda kutilishi mumkin bo‗lgan
tahdidlarini aniqlash va mamlakatni iqtisodiy xavfsizligini
ta‘minlash tizimida birlamchi ahamiyat kasb etadigan, ularning
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga katta
Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirish strategiyasining mazmuni
bu iqtisodiyotning rivojlanishini shunday ta‘minlashga aytiladiki,
unda shaxsni yashashi va rivojlanishi uchun munosib sharoitlar,
jamiyatni
ijtimoiy
iqtisodiy,
harbiy-siyosiy
barqarorligi,
mamlakatni yaxlitligi, tashqi va ichki tahdidlarga nisbatan samarali
qarshilik qilishi, milliy byudjet resurslarini taqsimotida, xorijiy
investorlar resurslarini jalb etishda ixtiloflarni oldini olish tizimi
vujudga keladi.
61
e‘tibor qaratilgan. Shu bilan birga, quyidagi omillardan kelib
chiqib, jamiyatni va xo‗jalik faoliyatini kriminallashuvini
kamaytirishga harakat qilingan:
ishsizlikning
o‗sishi,
chunki
statistikaga
ko‗ra
jamiyatdagi tartib buzilishlarning asosiy qismini doimiy daromad
manbaiga ega bo‗lmagan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
davlat boshqaruv organlarining ma‘lum bir guruh
xodimlari uyushgan jinoyatchi guruhlariga qo‗shilishi natijasida,
kriminal kuchlarni ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining
ma‘lum bir qismiga egalik qiladi va turli hokimiyat boshqaruv
tuzilmalariga kirib boradi;
davlat nazorat tizimini pasayishi natijasida ichki
moliyaviy bozorlarda, xususan, xususiylashtirish, eksport-import
operatsiyalarda, savdo sohalarida jinoyatchi guruhlar faoliyati
kuchayadi.
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy jarayonlarga samarali
ta‘sir etish va tartibga solish uchun iqtisodiy xavfsizlikka
tahdidlarni oldini olish maqsadida kompleks chora-tadbirlar tizimi
ishlab
chiqilgan.
Ular
bugungi
kunda
O‗zbekiston
Respublikasining
iqtisodiy
tizimida
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning bazaviy asosi sifatida foydalaniladi.
1. Monitoring – bu davlatning iqtisodiy xavfsizligi dinamika
ko‗rsatkichlarini operativ axborot-analitik kuzatish tizimi. Bu
tizim iqtisodiyotni o‗tish davrida tarmoqlararo proporsiyalarning
buzilishi mavjudligi, resurslarni keskin tanqisligi (birinchi
navbatda,
moliyaviy)
ijtimoiy-iqtisodiy
ko‗rsatkichlarni
nobarqarorligi jarayonlarida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu
yakuniy natijada axborotlarning sifati va uni olish tezkorligi,
kompleksligi, chuqur tahlil etilganligi obyektni to‗la egallash
shakllariga qo‗yilgan talablarni kuchayishiga olib keldi.
62
Shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ichki va
tashqi tahdidlarni belgilab beruvchi omillarni monitoring qilish
uchun, birinchi navbatda, O‗zbekiston Respublikasining tashkiliy-
axborot bazasini shakllantirish zarur bo‗lib hisoblanadi.
2.
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik
mezonlari va ko‗rsatkichlarni shakllantirish (tahlikali chegaralar
va ko‗rsatkichlari). Respublika strategiyasini amalga oshirish
maqsadida iqtisodiyotdagi vaziyat haqida ma‘lumot beruvchi
miqdor va sifat ko‗rsatkichlar ishlab chiqiladi. Ushbu
ko‗rsatkichlar doirasidan chetga chiqish iqtisodiy xavfsizlikka
tahdidlarni olib keladi. Ularning asosida mamlakat iqtisodiyotini
himoya qilishga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar va iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
3. Ma‘lum rejali konsepsiyalarni ishlab chiqish. Iqtisodiy
rivojlanishning tahlikali chegaralarining kutilgan parametrlaridan
og‗ish va real ko‗rsatkichlardan chetga chiqish aniqlanganda,
mamlakatni xavf-xatar zonasidan chiqarish, tahdidlarning kelib
chiqishini oldini olish uchun, davlatning kompleks chora-tadbirlar
rejasi ishlab chiqiladi.
Strategiyaning
asosiy
vazifasi
milliy
iqtisodiyotning
barqarorligini ta‘minlash, mulkning barcha shakllarini himoya
qilish, tadbirkorlik faolligini oshirish kafolatlari va shart-
sharoitlarini yaratish, kriminal jinoyatchi tuzilmalarga qarshi
kurash, ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi daromadlar
taqsimotida katta farqlarni, uzilishlarni vujudga keltirmaslik,
resurs xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va moliyaviy
sohalarda inqiroziy jarayonlarni shakllanishiga hamda aholi
turmush sifati darajasini pasayishiga yo‗l qo‗ymaslik.
O‗zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasida istiqbolda iqtisodiyotning
63
barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan potensial
xavf-xatar va tahdidlar tahlil qilingan. Konsepsiya iqtisodiy
siyosatni amalga oshirish yo‗nalishlari bo‗lib xizmat qiladigan
O‗zbekiston Respublikasini o‗rtacha va uzoq muddatli
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari
hamda vazifalarini belgilaydi va asoslaydi.
Bunda, maqsadlar sifatida konsepsiyada jadal va barqaror
o‗sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‗lom va
samarali hayotini ta‘minlaydigan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor
iqtisodiyotini
shakllantirish,
yer,
suv
va
energetika
resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun
saqlab
qolgan
holda
samarali
foydalanish,
ekologik
muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi
oqibatlarini bartaraf etish, atrof-muhitni yaxshilash ko‗rib
chiqiladi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash
mexanizmi bir qator funksiyalarni o‗z ichiga oladi. Ularga:
1.
Dostları ilə paylaş: |