58
maqsadga yo‗naltirilganlik;
qarama-qarshilik;
tartibga solinishi;
o‗z-o‗zini rivojlantirish qobiliyati, mustaqilligi;
inersionligi;
barqarorligi;
moslashuvchanligi.
O‗zbekiston Respublikasining bugungi kundagi taraqqiyoti
darajasi holatidan kelib chiqib bir qator o‗ziga
xos belgilarni
ajratib ko‗rsatish mumkin:
tarixiy rivojlanishning ustuvorligi;
tashqi ta‘sirga nisbatan metinligi;
ekologik tizimni himoyalanganligi;
xavfsizlik obyektlarini taqsimlanganligi;
xavfsizlikni ta‘minlashda foydalaniladigan iqtisodiy
metodlar va ishlanmalarning ilmiyligi;
tartibga solishni ustuvorligi va
uni tashkil etishda turli
shakllarini qo‗llanishi hamda axborot ta‘minotini rivojlanishi.
Bularning barchasi iqtisodiy xavfsizlikni chuqur tadqiq
etishga, baholashga keyinchalik
uning turli muammolarni hal
etishda mustahkam bazani shakllantiradi. Iqtisodiy xavfsizlik
tizimini qurish jarayoni asosiy mezon va tushunchalarga ko‗ra
yettita blokdan iborat.