54
4. Transport xavfsizligi
. Transport aholi va moddiy ishlab
chiqarishning yuk va yo‗lovchi tashish borasidagi ehtiyojlarini
qondiradi, mamlakat
hududlarini tutashtiradi, tovar, mahsulot va
xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan iste‘molchilarni o‗zaro
bog‗lovchi o‗ziga xos ko‗prik hisoblanadi. Bunday o‗zaro
bog‗lovchi
o‗ziga
xos
aloqalarsiz
bozor
va
bozor
munosabatlarining mavjudligi ham amri mahol. Aynan shu
sababli, mamlakat transport majmuidagi buzilishlar mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida jiddiy salbiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakatimizda transport va transport
kommunikatsiyalari
sohasini rivojlantirish, yuk va yo‗lovchi
tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlash, transport
sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun
malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‗naltirilgan keng
ko‗lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
5. Boshqaruv xavfsizligi
bu
menejerlar uchun boshqarish
zarur bo‗lgan bilim, ko‗nikmalar yig‗indisidir. Ushbu ko‗nikma va
bilimlar ikki guruhga bo‗linadi:
A) muammolarni samarali hal qilishga qaratilgan boshqaruv
siklini amalga oshirish, istiqbolli maqsadlarni aniqlash, o‗z ish
joyini va qo‗l ostidagi xodimlarning ishini samarali rejalashtirish,
yordamchi o‗rinbosarlarga aniq vazifalarni qo‗yish,
xodimlar
qo‗nimsizligini to‗xtatish, mehnat rejimi va shart-sharoitlariga
rioya qilish;
B) kommunikativ funksiyalar – bu insonlar va yordamchi
o‗rinbosarlar bilan muloqot qilishni bilish,
hamkorlar, turli
korxonalar va davlat tuzilmalari bilan ishbilarmonlik aloqalarini
o‗rnatish, hamsuhbatning fikrini eshitishni bilish, o‗zining
emotsiyalarini
nazorat qila olishi, yaxshi yozma va og‗zaki
notiqlikka ega bo‗lish. Bugungi kunda jahonda iqtisodiy
55
xavfsizlikka eng katta ta‘sir etuvchi bu boshqaruv salohiyati va
boshqaruv samaradorligi bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: