685
haqidagi kelishuv. Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma
tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‗l
qo‗yilmaydi. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan
shartnomani ham tuzishlari mumkin. Shartnoma tuzilgan paytidan
boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‗lib qoladi.
Ekstremizm
– (lotin. - aql bovar qilmas darajada, haddan
oshish) o‗z maqsadi yo‗lida turli haddan ortiq keskin tadbir-
choralar ko‗rishga tarafdorlik, jamiyatda qabul qilingan qonun-
qoidalarga zid bo‗lgan keskin radikal qarashlar.
Erkin iqtisodiy hudud
– bu ma‘lum hududda chet el
investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator
imtiyozlar belgilangan hududdir;
Erkin ishlatiladigan valyuta
– to‗lov balansining joriy
operatsiyalar
bo‗limida
valyutaviy
cheklashlar
bo‗lmagan
mamlakatlarning milliy valyutalari.
Eksport –
tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli
qog‗ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.
Eksport salohiyati –
milliy iqtisodiyotning jahon
bozorlarida raqobatdosh bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish
hamda ularni jahon narxlari bo‗yicha yetarli hajmlarda eksport
qilish qobiliyati.
Ekologik xavfsiz muhit
— inson hayoti va salomatligiga
salbiy ta‘sir etuvchi zararliklardan xoli bo‗lgan hudud (kenglik).
Dostları ilə paylaş: