See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   224
30 06 2022 . (1)

Xalqaro 
rezerv 
valyutalar
– 
dunyoning 
barcha 
mamlakatlarida xalqaro to‗lov vositasi sifatida qabul qilinadigan 
yetakchi valyutalar.
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) 
– kambag‗al 
mamlakatlar hukumatlariga foizsiz qarzlar (kreditlar) va grantlar 
beradi.
Xalqaro terrorizm
– davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy 
partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy 
qo‗poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U eng og‗ir jinoyat bo‗lib, 
uzoq vaqt davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) 
– past 
darajadagi 
daromadli 
mamlakatlarning 
to‗lovga 
qodir 
hukumatlariga 
va 
o‗rta darajadagi daromadli mamlakat 
hukumatlarga kredit resurslari taqdim etadi.
Xususiy mulk huquqi –
shaxsning qonun hujjatlariga 
muvofiq tarzda qo‗lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.
Xalqaro shartnoma 
– xalqaro huquq subyektlarining 
huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o‗zgartirish yoki 
bekor qilish haqidagi kelishuv bo‗lib, ular ishtirok etuvchi 
subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va ko‗p tomonlama 
shartnomalarga bo‗linadi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab 


684 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar bo‗lishi, shuningdek 
boshqa masalalar bo‗yicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab 
shartnomalar 
muddatli 
va 
muddatsiz 
bo‗ladi. 
Xalqaro 
shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin. O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki 
bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning 
boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq 
va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir. 
O‗zbekistonning xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum 
e‘tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‗zbekiston 
Konstitutsiyasiga, 
―O‗zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalari 
to‗g‗risida‖gi 
Qonunga, 
shartnomaning 
o‗z 
qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, to‗xtatiladi, to‗xtatib 
turiladi va denonsatsiya qilinadi. Xalqaro shartnomalar: 
shartnoma, 
bitim, 
konvensiya, 
protokol, 
memorandum, 
deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va 
shunday ko‗rinishda tuzilishi, shuningdek, boshqacha nomlanishi 
mumkin. Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda 
tuziladi. O‗zRning xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga 
tegishlidir. O‗zbekistonning Prezidenti davlat boshlig‗i sifatida 
xalqaro munosabatlarda O‗zbekiston nomidan ish ko‗radi va 
xalqaro huquqiy normalar hamda O‗zbekiston Konstitutsiyasiga 
muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va 
O‗zbekistonning xalqaro shartnomalarini imzolaydi.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin