VIII BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASI IQTISODIY
XAVFSIZLIKNING IJTIMOIY INDIKATORI SIFATIDA
8.1-§. Ijtimoiy sohadagi tahdidlarni tizimlashtirish va
baholash
Ijtimoiy xavfsizlik ko‗p qirrali kategoriya bo‗lib, uni
o‗rganish davomida keng qamrovli turli-tuman qarama-qarshi
fikrlar
vujudga
kelgan.
Ijtimoiy
xavfsizlik
masalalarini
sotsiologlar,
psixologlar,
pedagoglar,
iqtisodchilar
va
huquqshunoslar tomonidan keng o‗rganilib kelinmoqda.
Insonlar, ularning hayotiy qiziqishlari va ehtiyojlari, jamoalar
va ular o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar, ijtimoiylashuv tizimlari
(ta‘lim, tarbiya, madaniyat, kundalik hayot) va insonning hayotiy
faoliyatini ta‘minlash tizimlari (sog‗liqni saqlash, savdo, ta‘minot)
ijtimoiy xavfsizlikning obyekti sanaladi.
Ijtimoiy xavfsizlikni baholash mezonlari quyidagilardan
tashkil topgan:
1) shaxsning huquq va erkinliklari;
2) xususiy mulk institutining daxlsizligi;
3) ijtimoiy jarayonlarning barcha ishtirokchilari uchun
qonunlarning universalligi va ustuvorligi;
4) millatning madaniy o‗ziga xosligi;
5) shaxsning bitta ijtimoiy ta‘minot tizimidan boshqa ijtimoiy
ta‘minot tizimiga mustaqil o‗tish imkoniyati.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni beshta katta blok asosida
tizimlashtirish mumkin:
1) aholining pul daromadlari darajasi bilan bog‗liq tahdidlar;
2) demografik vaziyat bilan bog‗liq tahdidlar;
3) bandlik sohasidagi tahdidlar, ishsizlik darajasi yuqori
bo‗lgan hollarda;
200
4) ijtimoiy nafaqalar miqdori va aholini ijtimoiy qo‗llab-
quvvatlash choralari bilan bog‗liq tahdidlar;
5) sog‗liqni saqlash, ta‘lim, madaniyat va kommunal sohada
yuzaga keladigan jarayonlar tufayli kelib chiqadigan tahdidlar.
Ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning birinchi
bloki aholining real pul daromadlari (ish haqi va boshqa to‗lovlar)
darajasining pasayishi bilan bog‗liq bo‗lgan tahdidlarni o‗z ichiga
oladi. Aholining pul daromadlari dinamikasi ko‗rsatkichini
yashash tannarxi bilan taqqoslash, ushbu mablag‗larning zarur
ehtiyojlarni qondirish uchun mosligini aniqlashga imkon beradi.
Bu ijtimoiy sohadagi hozirgi kunga xos dolzarb tahdidlardan biri –
jamiyatning kam sonli boylar va kam ta‘minlangan fuqarolar
doirasining kengayishi xavfini o‗z
ichiga oladi.
Ijtimoiy
sohada
iqtisodiy
xavfsizlikka tahdidlarning ikkinchi
bloki mamlakatdagi demografik
tahdidlarni o‗z ichiga oladi. Tabiiy
kamayish tufayli doimiy aholi
sonining kamayishi (tug‗ilishning kamayishi va o‗limning
ko‗payishi), migratsiya, qarish, umr ko‗rishning pasayishi kabilar
mazkur blokda asosiy tahdidlar sifatida ko‗riladi. Iqtisodiy faol
aholi sonining kamayishi va ularning reproduktiv salomatligining
yomonlashishi yana bir jiddiy salbiy jihat hisoblanadi. Bu yerda
muhim baholovchi ko‗rsatkichlardan biri 1 nafar ayolga tug‗ilish
sonining nisbati bo‗lib, bu populatsiyaning o‗sish ehtimolini
baholashga imkon beradi.
Ijtimoiy sohaning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlarning
uchinchi bloki bandlik sohasidagi muammolardir. Bunga munosib
maosh va ishsizlik darajasi yuqori bo‗lgan bir paytda ish
201
o‗rinlarining yetishmasligi mehnat bozoridagi tahdidlarga kiradi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tavsiyasiga ko‗ra, ishga
joylashmagan va hozirda faol ish izlashda bo‗lgan iqtisodiy aholi
ishsiz
sifatida
e‘tirof
etiladi.
Ishsizlikning
ko‗payishi
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
XMT uslubiyoti bo‗yicha hisoblanuvchi ishsizlik ko‗rsatkichi
mehnat
bozoridagi
vaziyatni
obyektiv
baholash
mezoni
hisoblanadi.
Tahdidlarning to‗rtinchi bloki – aholini turli xil ijtimoiy
imtiyozlar va qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolarni
qo‗llab-quvvatlash choralarini kafolatlaydigan davlat tuzilmalarini
moliyalashtirish bilan bog‗liq tahdidlardir. Davlat byudjetining
davlat tomonidan qabul qilingan ijtimoiy majburiyatlarini bajarish
uchun nazarda tutilgan moddalarini bajarmaslik yoki to‗liq
bajarmaslik bilan bog‗liq tahdidlar ham bu borada muhim
sanaladi. Shuningdek, O‗zbekistonda majburiy ijtimoiy sug‗urta
tizimining moliyaviy barqarorligi, ya‘ni ijtimoiy byudjetdan
tashqari
jamg‗armalar
byudjetlari
bajarilishida
ham
nomutanosibliklar mavjud.
Beshinchi blok – sog‗liqni saqlash, ta‘lim, madaniyat va uy-
joy kommunal xo‗jaligidagi salbiy jarayonlar natijasida kelib
chiqadigan tahdidlardir. Bunday tahdidlar ko‗pchilik aholi uchun
yuqori
texnologiyali
tibbiy,
sifatli
ta‘lim xizmatlaridan
foydalanish
imkoniyatining
yo‗qligi,
uy-joy
qurilishining
kamayishi, uy-joy kommunal xo‗jaligi bino va inshootlarining
eskirishi, uy-joy kommunal xizmatlariga to‗lovlarning oshishi
bilan izohlanadi. Bunday vaziyatlarda aholining aksariyati hayotiy
xizmatlardan to‗la-to‗kis foydalana olmaydilar. Baholash uchun
biz
har
bir
kishiga
to‗g‗ri
keluvchi
uy-joy
maydoni
ko‗rsatkichidan foydalanadi.
202
Xalqaro
tajribaga
muvofiq,
jamiyatda
barqarorlikni
ta‘minlashning muhim mezonlaridan biri – bu jamiyatda ta‘sir
doirasi katta bo‗lgan o‗rta sinfni yaratishdir. Agar jamiyatda
barcha mulkdorlarning 85 foizi o‗rta sinf vakillariga to‗g‗ri kelsa,
boylar va kambag‗allar birgalikda 15 foizni tashkil qilsagina,
ushbu shartni bajarish mumkin bo‗ladi. Yuqori va kam haq
to‗lanadigan ishchilar o‗rtasidagi daromad nisbati ham muhim
ahamiyatga ega. Bu nisbat odatda 1:10 dan oshib ketmasligi shart.
Ushbu nisbatlarning har qanday o‗zgarishi jamiyatda ijtimoiy
keskinlikning paydo bo‗lishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyatni modernizatsiyalash – bu jamiyat hayotining turli
jihatlariga ta‘sir qiluvchi ko‗p qirrali hodisa hisoblanadi. Agar
modernizatsiya mehnat unumdorligini oshirish, insonlar hayotini
osonlashtiruvchi yangi texnologiyalarni joriy etish nuqtayi
nazaridan
qaralsa,
mashinasozlik,
robototexnika,
raqamli
iqtisodiyot sohalarida yangi texnologiyalarni joriy etish, axborot
texnologiyalari doirasini kengaytirish kabilarni o‗zida aks ettiradi.
Ular bugungi kun insonining hayotini yaxshilash uchun xizmat
qilishi lozim. Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida ba‘zi bir
kasblar keraksiz bo‗lib borsa, ba‘zi bir yangi kasblar paydo bo‗la
boshlaydi. Texnik modernizatsiyalash davlat va jamiyatning
ijtimoiy tuzilmasiga katta ta‘sir qiladi. Texnik modernizatsiyalash
jamiyatda tarkib topgan urf-odatlar, axloqiy me‘yorlar va uning
madaniyatiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmasdan qolmaydi.
Bugungi
kunda
texnik
modernizatsiyalash
ijtimoiy
modernizatsiyalashning o‗ziga xos katalizatoriga aylanib ulgurdi.
Agar texnik modernizatsiyalash konstruktiv tavsifga ega bo‗lsa,
uning oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy modernizatsiyalashni
baholash har doim ham o‗rinli bo‗lavermaydi.
203
Ijtimoiy xavfsizligini tavsiflovchi bir qator chegaraviy
ko‗rsatkichlar va ularning qiymatlari mavjud. Ular quyidagi
jadvalda keltirilgan.
Texnokratik jamiyatdan axborotlashgan jamityaga o‗tish
davrida ma‘lum bir xavflar paydo bo‗ladi, chunki insonlarning tor
guruhi ijtimoiy ongni shakllantirishni nazorat qila boshlaydilar va
ular
tezda
axborotlashgan
jamiyatning
kibor
a‘zolariga
aylanadilar. Aksariyat insonlar axborot texnologiyalaridan to‗liq
foydalana olmaydilar, bu esa ular ma‘lum ziddiyatlarning kelib
chiqishiga sabab bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |