8.2-jadval
Demografik xavfsizlik ko‗rsatkich mezonlari
Ko‗rsatkichlar
Chegaraviy-kritik
qiymat
Depopulatsiya darajasi,%
0
Aholining qarilik koeffitsiyenti,%
15
Reproduktiv
yoshdagi
aholining
jinsiy
tarkibining nomutanosiblik darajasi,%
0
Oilalik nisbati,%
51
Titulli millat vakillarining ulushi,%
0
Tug‗ilishning jamlanma koeffitsiyenti,%
22
Reproduktiv
yoshdagi
abortlarning
intensivligi,%
Iqtisodiy taraqqiy
etgan mamlakatlar
darajasi
Aholi o‗limining umumiy koeffitsiyenti,%
Bolalar o‗limi koeffitsiyenti,%
Tug‗ilgandan buyon kutiluvchi o‗rtacha umr
ko‗rish davomiyligi (ayollar va erkaklar uchun
alohida), yil
Aholining migratsion o‗sish koeffitsiyenti,%
0
Norasmiy migratsiya darajasi,%
0
Aholi
ko‗payishining
netto-koeffitsiyenti,
kishi
1
2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‗ra respublika doimiy
aholisi soni 34 558,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 653,7
ming kishiga yoki 1,9 % ga o‗sdi. Shu bilan birga, shahar aholisi
soni 17 487,5 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %),
213
qishloq aholisi soni 17 071,4 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 841,8 ming nafar bola
tug‗ilganligi (tirik tug‗ilganlar) qayd etilgan bo‗lib, 2019-yilning
mos davriga (815,0 ming nafar) nisbatan 24,6 ming nafarga
ko‗paygan. Tug‗ilish koeffitsiyenti 24,3 promilleni tashkil etgan.
2020-yil yanvar-dekabr oylarida o‗lganlar soni 175,6 ming
kishini tashkil etib, 2019-yil yanvar-dekabr oylariga (154,6 ming
kishi) nisbatan 21,0 ming kishiga ko‗paygan. O‗lim koeffitsiyenti
5,1 promilleni tashkil etgan. Ro‗yxatga olingan jami vafot
etganlarning 60,0 % i qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 % i
o‗simtalardan, 7,2 % i nafas olish a‘zolari kasalliklaridan, 4,4 % i
ovqat hazm qilish a‘zolari kasalliklaridan, 4,4% i baxtsiz hodisa,
zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 % i yuqumli va parazitar
kasalliklardan hamda 11,6 % i boshqa kasalliklardan vafot etgan.
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari
tomonidan 296,8 ming nikoh qayd etilib, mos ravishda 1000
aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,7 promilleni tashkil
etdi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari
tomonidan 28,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‗lib,
1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,8
promilleni tashkil etdi. Jami qayd etilgan nikohdan ajralishlarning
50,1 % i farzandlarsiz, 29,3 % i bitta farzand bilan va 20,6 % i
ikki va undan ortiq farzandlar bilan ajrashganlarga to‗g‗ri kelgan.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‗ra, 2020-yilning yanvar-dekabr
oylarida respublika bo‗yicha ko‗chib kelganlar soni 191,2 ming
kishini, ko‗chib ketganlar soni esa 203,7 ming kishini tashkil etdi.
Migratsiya saldosi minus 12,5 ming kishini tashkil etdi. 2019-
yilning mos davrida migratsiya saldosi minus 10,6 ming kishini
tashkil etgan. O‗zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan
ko‗chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‗iston Respublikasi
214
(jami xorijdan ko‗chib kelganlarga nisbatan 37,0 %), Rossiya
Federatsiyasi (22,3 %), Tojikiston Respublikasi (20,0 %),
Qirg‗iziston Respublikasi (8,5 %), Turkmaniston (1,3 %) va
boshqa mamlakatlar (10,9 %) hissalariga to‗g‗ri keladi.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga
ko‗chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‗iston Respublikasi
(jami xorijga ko‗chib ketganlarga nisbatan 64,3 %), Rossiya
Federatsiyasi (29,3 %), Isroil (1,2 %), Qirg‗iziston Respublikasi
(0,9 %), Tojikiston Respublikasi (0,6 %), va boshqa mamlakatlar
(3,7 %) hissasiga to‗g‗ri keldi.
Demografik xavfsizlikni tadqiq qilishda ikkita yondashuvdan
foydalaniladi:
1) tanlangan ko‗rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish,
shuningdek, ularni tanlangan standartlar bilan taqqoslash.
2) mutaxassislar tomonidan tanlangan ko‗rsatkichlar tizimi
asosida hisoblangan koeffitsiyentlar tizimidan foydalangan holda
demografik xavfsizlikning integral indeksini hisoblash.
Ko‗p qirrali statistik tadqiqot usullarini qo‗llash orqali
integral indeksni hisoblash mumkin. Uning afzalligi shundaki,
integral
indeksga
ta‘sir
ko‗rsatuvchi
tanlab
olingan
ko‗rsatkichlarning ta‘sirini tavsiflovchi ulushli koeffitsiyentlar
hisob-kitoblar orqali aniqlanadi, bu esa ko‗rsatkichlarning
indeksga ta‘sir qilish darajasini baholashda mutaxassis tomonidan
xatoga yo‗l qo‗yish ehtimolini kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |