8.3-§. Aholi turmush darajasi va sifati
Turmush darajasi kategoriyasi aholining moddiy turmush
farovonligi, tovarlar va xizmatlarni iste‘mol qilish, asosiy hayotiy
ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi shart-sharoitlar va
ko‗rsatkichlar sifatida tavsiflanadi. Aholi turmush darajasini
215
farovonlik, me‘yoriy hayot darajasi, qashshoqlik va kambag‗allik
sifatida tasniflash mumkin. Boylik deyilganda insonning har
tomonlama
rivojlanishini
ta‘minlaydigan
imtiyozlardan
foydalanish qobiliyati tushuniladi. Normal daraja ilmiy asoslangan
me‘yorlarga muvofiq oqilona iste‘mol qilishni o‗z ichiga oladi, bu
esa o‗z navbatida, insonni jismoniy va intellektual salohiyati
tiklanishini ta‘minlaydi. Kambag‗allik sharoitida odam mehnat
qilish layoqatiga ega bo‗lish va uni saqlab qolish uchun ishchi
kuchini takror ishlab chiqarish chegarasi darajasida tovarlarni
iste‘mol qiladi. Qashshoqlik insonning hayotiy faoliyatini davom
ettirishni ta‘min etuvchi biologik mezonlarga muvofiq iste‘mol
qilinishi mumkin bo‗lgan minimal miqdordagi tovarlar va
xizmatlarni iste‘mol qilish imkoniyatini anglatadi.
Aholining turmush darajasi: jami aholi; ijtimoiy guruhlar va
turli xil daromadli uy xo‗jaliklari nuqtayi nazaridan o‗rganiladi.
Turmush darajasini baholash murakkab va ziddiyatli jarayon
sanaladi. Uning shakllanishiga bir tomondan jamiyat ehtiyojlari va
tarkibi ta‘sir ko‗rsatsa, ikkinchi tomondan esa ehtiyojlarni
qondirish imkoniyatlari chegarasi ta‘sir ko‗rsatadi.
Cheklovlar mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
vaziyat bilan bog‗liq bo‗lgan yaxlit omillar ta‘siri ostida yuzaga
keladi. Xususan, bularga ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish
sohasining samaradorligi, ilmiy-texnik taraqqiyotning holati,
aholining madaniy va ma‘rifiy darajasi, milliy xususiyatlar va
boshqalar kiradi.
Mamlakatda aholi turmush darajasi va sifatini baholashda
foydalaniluvchi ma‘lumotlar manbalari bo‗yicha aholining
turmush darajasini baholash borasidagi yondashuvlarni quyidagi
katta guruhlarga bo‗lish mumkin:
216
1) keng qamrovli statistik ko‗rsatkichlar asosida turmush
darajasini baholash;
2) uy xo‗jaliklari byudjetlarini tanlanma statistik o‗rganish;
3) aholini ro‗yxatga olish ma‘lumotlari asosida turmush
darajasini baholash;
4) aholi o‗rtasida sotsiologik so‗rovlar o‗tkazish orqali aholi
turmush darajasini baholash.
O‗zbekiston
Respublikasi
Iqtisodiy
taraqqiyot
va
kambag‗allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish
va makro-iqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan hisoblangan
turmush darajasini baholash uchun ko‗rsatkichlarning yaxlit tizimi
ishlab chiqilgan. Ko‗rsatkichlar tizimi 39 ta ko‗rsatkichdan iborat
bo‗lib, ular yettita bo‗limni o‗z ichiga oladi:
1. Umumiy ko‗rsatkichlar, masalan: turmush darajasi,
yashash qiymati indeksi, jon boshiga to‗g‗ri keluvchi yalpi milliy
mahsulot.
2. Aholi daromadlari, ular aholining real yalpi daromadlari,
aholining real daromadlari, aholining yalpi, shaxsiy hamda pul
daromadlari va boshqalar bilan tavsiflanadi.
3. Aholining iste‘moli va xarajatlari, shu jumladan, aholining
moddiy tovarlar va xizmatlar iste‘mol qilishining umumiy hajmi,
aholining pul xarajatlari hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini
iste‘mol qilishi va boshqalar.
4. Aholining pul mablag‗lari.
5. To‗plangan mol-mulk va uy-joy, unga yig‗ilgan uy
(shaxsiy) mol-mulkning qiymati, uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar va aholining mulki mavjudligi hamda xususiyatlari,
aholining uy-joy sharoitlari kiradi.
6. Aholining:
217
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi daromadlar
qiymati;
aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi yalpi daromadning turli
darajasiga ega bo‗lgan aholi guruhlarining asosiy oziq-ovqat va
nooziq-ovqat tovarlari hamda xizmatlaridan foydalanish darajasi;
daromadlarning konsentratsiyalashuv darajasi, aholi turli
qatlamlarining amaldagi va normativ qiymati dinamikasi bo‗yicha
ijtimoiy tabaqalanishi.
7. Aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini tavsiflash
uchun quyidagi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: yashash
minimumi, eng kam ish haqi, minimal iste‘mol byudjeti,
minimal
pensiyaning
xarid
qobiliyati, kam ta‘minlanganlik
darajasi, daromad taqchilligi,
qashshoqlik
zonasi,
qashshoqlikning
ijtimoiy
chizgisi.
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining tavsiyasiga ko‗ra,
turmush darajasini tavsiflash uchun ko‗rsatkichlarning 12 ta
yiriklashtirilgan guruhidan foydalaniladi.
Turmush darajasi – bu murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
kategoriya hisoblanadi, shuning uchun bozor iqtisodiyotining
taraqqiy etish sharoitida mazkur kategoriyani o‗rganish iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy, ma‘naviy rivojlanishning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi. Aholining moddiy ahvoli, shuningdek, tahlil
etilayotgan davrda jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy
jihatlari bo‗yicha aholi turmush darajasi va sifatini har tomonlama
baholashimiz mumkin.
218
Aholi turmush darajasi va sifatini baholash maqsadida
ko‗rsatkichlarning chegaraviy qiymatidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |