8.4-§. Qashshoqlik chegarasi va darajasi, aholi
daromadlarining tabaqalanishini o‗rganish usullari
Bugungi kunda BMT tomonidan dunyo aholisi turmush
darajasini oshirish va kambag‗allikdan aziyat chekayotgan
mamlakatlarga ko‗maklashish bilan bog‗liq masalalar hal
qilinmoqda. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan
2000- va 2015-yilda qabul qilingan Ming yillik taraqqiyot dasturi
hamda
―2030-yilgacha mo‗ljallangan barqaror rivojlanish
maqsadlari‖ dasturi bevosita dunyo mamlakatlari aholisini
iqtisodiy-ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya
buzilishining oldini olgan holda aholining salomatligini asrashga
qaratilgan muhim ishlar sirasiga kiradi.
Ehtiyojlarni qondirish darajasiga ko‗ra, turmush darajasini 4
guruhga bo‗lish mumkin:
to‗q turmush darajasi
– insonning jismoniy va aqliy kuch-
quvvatini to‗la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta‘minlaydigan
ne‘matlardan foydalanish;
normal daraja
– insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini
to‗la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta‘minlaydigan ilmiy
asoslangan me‘yorlar bo‗yicha oqilona foydalanish;
kambag‗allik
– mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning
quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida
ne‘matlarni iste‘mol qilish;
qashshoqlik
– foydalanilishi insonning yashash qobiliyatini
saqlash imkoniyatinigina beradigan ne‘matlar va xizmatlarning
220
biologik mezonlar bo‗yicha yo‗l qo‗yiladigan minimal turlarini
iste‘mol qilish.
Aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to‗g‗ri
keladigan daromadlar miqdori va iste‘mol hajmi miqdorining
ortishi yoki kamayishi bilan baholanadi. Aholi turmush darajasi
uning sifat ko‗rsatkichlari ancha keng tushuncha hisoblanadi.
Turmush darajasi konsepsiyalari aholining turmush darajasi
sifatini har tomonlama tavsiflab beradigan yagona ko‗rsatkichga
keltirish bo‗yicha samarali usuli mavjud emas.
BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi
ko‗rsatkichlari tizimining oxirgi
tahriri
1978-yilda
ishlab
chiqilgan va ushbu tizim 12 ta
asosiy ko‗rsatkich guruhini o‗z
ichiga oladi. BMT tavsiyasiga
ko‗ra, tug‗ilish, o‗lim, umr
ko‗rish
davomiyligi,
uy-joy
hamda
sanitar-gigiyenik
va
mehnat sharoitlari, oziq-ovqat
mahsulotlarining
iste‘mol
darajasi, bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati,
iste‘mol narxlari, transport vositalari bilan ta‘minlanganligi,
ta‘lim, dam olish va hordiq chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy
ta‘minot tizimining mavjudligi, inson huquqlari va erkinliklari
kafolatlanganligi
kabilar
turmush
darajasini
ifodalovchi
ko‗rsatkichlar hisoblanadi.
Bu ko‗rsatkichlarning hammasini ham qiymat ko‗rinishida
baholash imkoni mavjud emas. Turmush darajasini ushbu
ko‗rsatkichlarning ayrim parametrlaridan bir nechtasini qamrab
olgan holda baholash mumkin. Ushbu ko‗rsatkichlardan eng
221
asosiysi aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadlar hajmi
bo‗lib, u mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga
xalqaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradigan
ko‗rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyotda aholi jon
boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy
mahsulot, inson taraqqiyoti indeksi, shuningdek, aholining
muayyan
guruhlari
(kvintel,
detsil
guruhlari)
bo‗yicha
tabaqalanish koeffitsiyentlari kabi ko‗rsatkichlardan ham tez-tez
foydalaniladi. Aholi turmush darajasining yaxshilanishi bevosita
ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarining samaradorligi,
ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma‘rifiy saviyasi va
tarkibi, milliy xususiyatlar, hukumat tomonidan qabul qilinadigan
hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va harakatlar
natijasiga bog‗liqdir.
Davlat statistika qo‗mitasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va
jarayonlar hamda ularning natijalari to‗g‗risidagi statistika
ma‘lumotlarini yig‗ish, qayta ishlash, to‗plash, saqlash,
umumlashtirish, tahlil etish va e‘lon qilish vazifalarini bajaradi.
Qonunga ko‗ra, qo‗mita iqtisodiyotda va jamiyatda sodir
bo‗layotgan hodisalar hamda jarayonlar to‗g‗risidagi, jumladan,
aholi
turmush
darajasi
ko‗rsatkichlari
bo‗yicha
statistik
ma‘lumotlar yig‗ishda yuridik va jismoniy shaxslardan
belgilangan tartibda statistik hisobot shakllari yoki turli kuzatuvlar
orqali ma‘lumotlarni olish huquqiga ega. Yillik statistika ishlari
dasturiga muvofiq, qo‗mita tomonidan tegishli vazirlik va idoralar
ma‘lumotlari hamda uy xo‗jaliklarida o‗tkaziladigan tanlama
kuzatuvlar ma‘lumotlariga asosan aholi turmush darajasini aks
ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, xarajatlari,
ta‘lim darajasi, sog‗liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq-
ovqat mahsulotlari iste‘moli, uzoq muddat foydalaniladigan
222
buyumlar bilan ta‘minlanganligi, shuningdek, uy-joy sharoitlari
kabi bir qancha ko‗rsatkichlar shakllantirib boriladi.
Uy xo‗jaliklarida o‗tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respub-
likamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda yiliga jami 10
000 ta uy xo‗jaligida o‗tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis
(intervyuer) tomonidan bevosita uy xo‗jaligi a‘zolari bilan
suhbatlashish orqali ma‘lumotlar olinadi.
Uy xo‗jaliklari ixtiyorida mavjud bo‗lgan hamda tovar va
xizmatlar xarid qilishga qodirligini belgilovchi iqtisodiy resurslar
majmuini ifodalovchi uy xo‗jaliklarining iqtisodiy farovonligi,
ya‘ni
daromadlari
aholi
turmush
sifatining
muhim
ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu resurslarga joriy va kapital
tushumlar, xususan, asosiy fondlar va qarzga oid bo‗lgan
majburiyatlar balansi kiradi. Iqtisodiy farovonlik darajasining
tahlili uy xo‗jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish
darajasini, ularni iste‘mol qilishga yoki jamg‗arishga, shuningdek,
ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi. Uy
xo‗jaliklarining iste‘mol qilishga qodirligini aniqlash mezoni
sifatida foydalaniladigan muhim indikator – umumiy daromadlar
(joriy tushumlar) hisoblanadi, chunki ular iste‘mol qilish yoki
jamg‗arish imkoniyatini oshirishni ko‗proq ta‘minlaydi.
Aholining umumiy daromadlari
–
majburiy to‗lovlar va
boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar bo‗lgan qismi
aholining yalpi daromadini tashkil etadi. Aholining yalpi
daromadiga pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar
kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi xususiyatga ega
bo‗lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‗idagi davrda uy
xo‗jaligi yoki uning alohida a‘zolariga tushadigan tushumlardan
tarkib topadi. Aholi turmush darajasining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
indikatorlarini aholi pul daromadlari va xarajatlari, uning tarkibi
223
va foydalanishi, daromad bo‗yicha aholini taqsimlash kabi
ko‗rsatkichlar tavsiflaydi. Aholi pul daromadlari barcha
toifalardagi aholining mehnati evaziga olgan ish haqi, tadbirkorlik
faoliyatidan olgan daromadlari, pensiya, nafaqa, stipendiya,
kapital qo‗yilmalar bo‗yicha foiz shaklida olinadigan daromadlar,
renta, ko‗chmas mulkni, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari va chorva
mollarini sotishdan tushumlar, turli xizmatlarni ko‗rsatishdan
olingan daromadlar va boshqalardan iborat.
Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq, umumiy daromad
―birlamchi daromad‖ va ―transfertlardan olingan daromadlar‖ga
bo‗linadi, bu, o‗z navbatida, bandlik holati yoki ijtimoiy ta‘minot
tizimiga bog‗liq holda institutsional o‗zgarishlarning ta‘sirini
kuzatish imkonini beradi.
Birlamchi
daromadlar
ishlab
chiqarishdan
olingan
daromadlar
(mehnat faoliyatidan olingan daromad va shaxsiy
iste‘mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan
daromadlar) va mol-mulkdan olingan daromadlarni o‗z ichiga
oladi.
Daromadlarning tabaqalanish darajasi hayot sifatining muhim
xususiyati bo‗lib, ushbu ko‗rsatkichning dinamikasi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish sur‘atlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Ushbu tabaqalanishning yuqori darajasi va o‗sib
borayotgan tendensiyasi aholi qatlamlarining daromadlar darajasi
bo‗yicha keskin tabaqalanishiga olib keladi, bu esa o‗z navbatida,
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka jiddiy tahdid solishi mumkin.
Boshqa shart-sharoitlarni hisobga olmaganda, aholi daromadlari
tabaqalanishi, qashshoqlikning o‗sishiga olib keladi, natijada ichki
iste‘mol talabining qisqarishi hisobiga iqtisodiy o‗sishning
pasayishi yuz beradi. Qashshoqlikning yuqori darajasi barqaror
224
iqtisodiy rivojlanishning tobora muhim shartlaridan biriga aylanib
borayotgan inson kapitalining o‗sishiga ham to‗sqinlik qiladi.
Qashshoqlik yangi tushuncha emas, ko‗p jihatdan bu
iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning natijasidir, bu bir tomondan
farovonlikni oshirish imkoniyatlarini yaxshilasada, boshqa bir
tomondan esa ijtimoiy jihatdan nochor insonlarning yanada
qashshoqlashuviga, ularning hayotiy ne‘matlardan to‗la-to‗kis
foydalana olmasliklariga olib keladi.
Qashshoqlik kategoriyasini baholash ikkita konsepsiya
doirasida amalga oshiriladi:
•
mahrum qilish uchun - kundalik hayotda ma‘lum
tovarlardan
foydalanish
imkoniyati
cheklanganlar
(kam
ta‘minlanganlar);
daromadlar bo‗yicha – daromadlari darajasi bo‗yicha
kambag‗al deb ataluvchi insonlar yoki mavjud iste‘mol
me‘yorlariga rioya qila olmaydigan odamlar, ularning o‗rtacha jon
boshiga daromadi mintaqa darajasidan ancha past.
Qashshoqlik
kategoriyasini
baholashda
―subyektiv
qashshoqlik‖ degan tushunchadan foydalaniladi, unda inson
moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda o‗z holatiga baho beradi.
Ushbu konsepsiya bilan ishlashda qashshoqlik ma‘lum darajada
psixologik tushuncha ekanligini hisobga olish kerak. Bir kishi
uchun yaxshi daromad, boshqasi uchun yetarli bo‗lmasligi va
bunda inson o‗zini qashshoq sifatida his etishi mumkin. Bundan
tashqari, vaqt o‗tishi bilan odamda boylik va farovonlik darajasi
to‗g‗risidagi qarashlar o‗zgarishga uchrab boradi. Bu yerda
ijtimoiy-madaniy omillar katta ta‘sir ko‗rsatadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi
tomonidan hisoblangan kambag‗allikning asosiy ko‗rsatkichlari
quyidagilardan iborat:
225
qashshoqlik chegarasi sifatida qonun bilan belgilangan
minimal ish haqi;
aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi daromadlari tirikchilik
darajasidan past bo‗lgan odamlar soni;
kam ta‘minlanganlarning jon boshiga o‗rtacha daromadlari;
kam ta‘minlanganlarning jon boshiga o‗rtacha daromadlari
va yashash xarajatlarining nisbati.
Aholi butun mamlakat bo‗ylab bir tekis taqsimlanmaganligi
sababli, ulushli ko‗rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ulush koeffitsiyenti sifatida umumiy aholi sonida biror-bir tanlab
olingan hudud aholisining nisbatini olish mumkin
Daromadlar bo‗yicha hududlararo rivojlanish darajasini
baholash ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Mintaqada aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi o‗rtacha
nominal YAHM (Y
ni
).
2. Mintaqada aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi nominal
daromadlar (I
ni
).
3. Mintaqada aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi nominal
daromadlar - (I
ri
).
Ushbu ko‗rsatkichni baholash uchun deflyator - mintaqada
yashashning nisbiy qiymati indeksi (HQI) kiritiladi.
=
bu yerda, NPT
i
Y
i
– bu belgilangan iste‘mol tovarlari
to‗plamining qiymati va i-mintaqadagi belgilangan iste‘mol tovar
va xizmatlarining to‗plami; NPT
i
Y
rf
– mamlakatdagi iste‘mol
tovarlari va xizmatlari belgilangan to‗plamining o‗rtacha narxi.
4. Mintaqaning ijtimoiy farovonlik indeksi (HII) – mintaqa
ichidagi Djini koeffitsiyentiga nisbatan mintaqada real daromadlar
darajasining mahalliylashtirish indeksi sifatida hisoblab topiladi.
226
=
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasining
rasmiy nashrlarida daromadlarni tabaqalashtirish darajasini
baholash uchun asosan ikkita ko‗rsatkichdan foydalaniladi: Jini
indeksi (koeffitsiyent) va fondlar koeffitsiyenti.
Dostları ilə paylaş: |