See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Innovatsion xavfsizlik mohiyati va unda milliy



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224
30 06 2022 . (1)

10.2-§. Innovatsion xavfsizlik mohiyati va unda milliy 
innovatsion tizimni shakllantirish shartlari 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
innovatsion 
turi 
mamlakat 
iqtisodiyotida 
innovatsion 
jarayonlarni 
rivojlantirish 
va 
samaradorligi yuqori bo‗lgan raqobatbardosh institutsional 
muhitni shakllantirish va pirovardida innovatsion iqtisodiyotning 


263 
talablariga mos tarzda iqtisodiy o‗sish omillari va manbalari 
o‗zgartirishni talab etadi. Investitsiyalar iqtisodiy o‗sishga, eng 
avvalo, 
bilimlarga 
asoslanishi 
bilan 
tavsiflanadi, 
ammo 
bilimlarning amalda ―ishlashi‖ uchun davlat va xususiy sektorning 
sherikchligini rivojlantirish, ilmiy muassasalarning vakolatlarini 
kengaytirish, tegishli me‘yoriy - huquqiy hujjatlarning qabul 
qilinishini ko‗zda tutuvchi zaruriy institutsional muhit talab 
etiladi. 
Iqtisodiy rivojlanishning mazkur turi samaradorligi yuqori 
bo‗lgan va sifat jihatdan takomillashgan ishlab chiqarish 
omillaridan keng foydalanishga asoslangan holda, mahsulot ishlab 
chiqarish ko‗lamlarini oshirish bilan tavsiflanadi. Ishlab 
chiqarishning o‗sishiga, amalda xodimlar malakasini oshirish, 
birmuncha tejamkor resurslar va yuqori unumli texnikalardan 
keng foydalanish, shuningdek ilm-fan yutuqlari va ilg‗or 
texnologiyalarni keng qo‗llash hisobiga ta‘minlanadi. Ushbu 
omillar hisobiga resurs tejamkorlikka, mahsulot sifatining 
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining o‗sishi kabi bir qator 
ijobiy natijalarga erishiladi. 
Davlat tomonidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
strategiyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tizimini ishlab chiqish innovatsion rivojlanishni ta‘minlashning 
muhim omili sanaladi. Odatda, ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar 
qo‗yilgan 
maqsadga 
erishishda 
innovatsion 
rivojlanishga 
to‗sqinlik qiluvchi ―yetib olish modeli‖ strategiyasini tanlashadi. 
Ularning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini rivojlangan yoki 
muvaffaqiyatli 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
darajasiga 
yetkazishdan iborat. Ushbu strategiya yangi bilim va ishlab 
chiqarish texnologiyalarini yaratish emas, balki ularni import 
qilishga qaratilgan. Ushbu strategiyani qo‗llayotgan mamlakatlar 


264 
arzon ishchi kuchi va past narxli xomashyodan foydalanish 
hisobiga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali, qo‗shni 
davlatlar bozorlaridagi talabni qondirish hisobiga eksport hajmini 
oshirishga intilmoqda. 
―Innovatsion rivojlanish modeli‖ni tatbiq etayotgan 
mamlakatlar yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish, innovatsion 
menejment va ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan, 
jarayonlarni avtomatlashtirish asosida harajatlarni kamaytirish 
hisobiga yangi bozorlarni yaratish orqali o‗z eksport hajmini 
oshirishga intiladi. Shuningdek, ayrim mamlakatlar bir vaqtning 
o‗zida ikkala rivojlanish strategiyasini birlashtirgan holda, ya‘ni 
―yetib olish modeli‖ va ―innovatsion rivojlanish modeli‖ 
strategiyalarini uyg‗unlashtirgan holda qo‗llash orqali o‗z 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelini yaratgan. 
Innovatsiyalarning mohiyatini va o‗ziga xos jihatlarini 
tushunib yetishda ―yangilik (novatsiya)‖ va ―innovatsiya‖ 
tushunchalari o‗rtasidagi farqni aniqlab olish muhim hisoblanadi. 
Yangilik (novatsiya) – turli sohalarda rasmiylashtirilgan 
fundamental, amaliy tadqiqot va ishlanmalar natijasi (yangi bilim, 
uslub, ixtiro) bo‗lib hisoblanadi. Yangiliklarni joriy qilish, ya‘ni 
yangi bilimlarni muayyan ehtiyojlarni qondirish va bozor tan 
olinishi uchun amaliy tatbiq etilishi yangiliklarni innovatsiyaga 
aylantiradi
1
. Innovatsiyalarning hozirgi zamon nazariyasida 
―yangilik‖ va ―innovatsiya‖ atamalari o‗rtasida farqqa unchalik 
e‘tibor qaratilmaydi, ulardan amalda sinonim tushunchalar sifatida 
foydalaniladi. Ta‘kidlash lozimki, innovatsiyalarning yangilik 
(novatsiya)dan asosiy farqlovchi jihati shundaki, innovatsiyalar 
1
. Zamonaviy innovatsiya nazariyasida ―Innovatsiya‖ va ―yangilik‖ terminlari bir-biridan 
farqlanmaydi, balki ular sinonim so‗zlar bo‗lib hisoblanadi. Mazmun jihatdan farqlar shundaki 
yangilik sifatida birinchi marta joriy etilgan ma‘noni anglatadi.


265 
yangiliklarni birinchilardan bo‗lib amaliyotga joriy etilishini 
nazarda tutadi. 
Shunday qilib, innovatsiya yangilik (novatsiya)dan shunisi 
bilan farq qiladiki, yangi mahsulot dastlab bozorga kiradi, so‗ngra 
bozor tomonidan qabul qilinsagina u keyinchalik tijorat qiymatiga 
ega bo‗ladi. Ko‗rinib turibdiki, innovatsiya (yangiliklarni joriy 
qilish) bu yangilikni amalda qo‗llashni anglatadi. Yaratilgan yangi 
mahsulot, yangi texnologiya yoki mehnatni tashkil etish va 
boshqarish borasida ishlab chiqilgan yangicha yondashuvlar 
amalda o‗z ifodasini topsagina, bu yangiliklar innovatsiyalarga 
aylana oladi, demakki, barcha yangilik (novatsiya)lar ham 
innovatsiya bo‗la olmaydi. Innovatsiyalar qaysi sohaga yoki 
qanday ko‗rinishga ega ekanligidan qat‘i nazar ularning 
mohiyatini aks ettiruvchi umumiy jihatlar birlashtirib turadi. 
Qarab chiqilayotgan mahsulot (xizmat, texnologiya)larning 
innovatsiya sifatida qabul qilinishining asosiy sharti va ayni 
paytda innovatsiyalarning umumiy qirralarini ochib beruvchi 
xususiyatlarni ko‗rib chiqamiz.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin