See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligi sohasidagi tarkibiy



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224
30 06 2022 . (1)

11.2-§. O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligi sohasidagi tarkibiy 
o‗zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash omili 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash har qanday mamlakat 
iqtisodiy strategiyasi va siyosatining muhim ustuvor yo‗nalishi 
bo‗lib, jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, millatlararo barqarorlik uni 
amalga oshirish samaradorligiga bog‗liqdir. Buning uchun 
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash tizimi va uni amalga 
oshirish 
mexanizmi 
shakllantirilishi lozim bo‗ladi. 
Mamlakatda 
oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash tizimi 
va 
mexanizmini 
shakllantirishning 
asosiy 
maqsadi va vazifalari uning 
oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash strategiyasi, dasturi 
yoki 
doktrinasida 
belgilab 
qo‗yilgan bo‗ladi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash tizimi quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 

xavfsizlik obyektlarining hayotiy muhim manfaatlariga 
ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va ularni oldini olish hamda 
neytrallashtirish; 

xavfsizlikni ta‘minlash vositalarini vujudga keltirish va 
qo‗llab- quvvatlash hamda tahdidlar vujudga kelgan sharoitda 
ularni boshqarish; 

xalqaro shartnoma va kelishuvlarga muvofiq davlatdan 
tashqarida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda ishtirok etish. 
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash quyidagi 
shartlarni ro‗yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi: 


315 

muvozanatlashgan davlat va mintaqaviy xomashyo, oziq-
ovqat resurslarini shakllantirish maqsadida agrosanoat ishlab 
chiqarishini, shuningdek, ASKning eksport potensialini barqaror 
rivojlantirish; 

aholi turmush darajasi va sifati o‗sishini ta‘minlash, 
tibbiyot me‘yorlari bo‗yicha oziq-ovqat mahsulotlarini iste‘mol 
qilishga yetarli bo‗lgan daromadlar olish uchun sharoitlar yaratish; 

yetmayotgan oziq-ovqat va xomashyoni import qilish 
uchun zarur bo‗lgan valyuta resurslari zaxiralarini, shu jumladan, 
eksportdan olingan mablag‗lar hisobiga yaratish; 

mamlakatning oziq-ovqat va xomashyo bilan o‗zini o‗zi 
ta‘minlashning barqaror darajasini qo‗llab-quvvatlash hamda 
import o‗rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish 
bo‗yicha ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksini amalga 
oshirish. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi-davlatga 
oziq-ovqat xavfsizligi darajasini barqarorlashtirishga imkon 
beruvchi yagona huquqiy me‘yorlar asosida tartibga solinadigan 
mexanizmga birlashgan xalqaro, milliy va mintaqaviy darajalarda 
o‗zaro bog‗langan tashkiliy shakllar va iqtisodiy usullar 
yig‗indisidir. 
Milliy 
oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash 
mexanizmi o‗z ichiga xalqaro, milliy va mintaqaviy darajadagi 
xavfsizlik subyektlarini, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
dastaklarini, tamoyillarini va uni baholashni, oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash darajasini oshirish bo‗yicha dasturlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishni, ularni monitoring qilish 
hamda monitoring natijalarini hisobga olgan holda dasturlarga 
tuzatishlar kiritishni oladi. 


316 
O‗zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun 
quyidagi hududiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarni amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Huquqiy 
mexanizm 
– 
yer 
qonunchiligini 
bozor 
munosabatlariga asoslangan holda yanada takomillashtirish:

qishloq xo‗jaligida ipoteka kreditlarini ajratish bo‗yicha 
huquqiy asoslarni shakllantirish;

mahsulot sifatini boshqarish va xavfsizligini nazorat 
qilishning huquqiy-me‘yoriy mexanizmlarini takomillashtirish;

mahalliy eksport qiluvchilar huquqini xorijiy davlatlarda 
himoya qilish; 

zamonaviy bozor 
institutlari 
va 
infratuzilmalarini 
shakllantirish 
uchun 
huquqiy bazani yanada 
takomillashtirish; 

agrar tarmoqda 
integratsiyani 
rivojlantirishning 
huquqiy-me‘yoriy asoslarini takomillashtirish;

Umumjahon Savdo Tashkiloti talablaridan kelib chiqqan 
holda tarmoqni isloh qilishning huquqiy asoslarini shakllantirish;

mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash Dasturini 
ishlab chiqish; 

«Iste‘mol savati to‗g‗risida»gi qonunni qabul qilish. 
Iqtisodiy mexanizm – qishloq xo‗jaligida ipoteka kreditlari 
ajratishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish:

agrar tarmoqqa investitsiya, shu jumladan, xorijiy kapitalni 
jalb qilishni oshirish;


317 

narx va kredit siyosatini mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirish;

byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan oqilona foydalanish va 
uni qat‘iy nazorat qilish ;

qishloq xo‗jaligini moliyaviy sog‗lomlashtirish tizimi va 
ishlab chiqaruvchilar bankrotligi mexanizmini ishlab chiqish, 
yagona yer solig‗ini yanada takomillashtirish tez buziluvchi 
mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun transport tariflarini 
optimallashtirish;

yer unumdorligini oshirgan xo‗jalik subyektlariga iqtisodiy 
imtiyozlar berish; 

qishloq joylarida muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalarni 
moliyalashtirishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;

ijtimoiy 
infratuzilma 
obyektlarini 
qishloq 
xo‗jaligi 
balansiga o‗tkazish;

agrar tarmoqda integratsiyani rivojlantirishning iqtisodiy 
mexanizmini ishlab chiqish, agrosanoat majmui tashqi iqtisodiy 
faoliyatni yanada erkinlashtirish. 
Tashkiliy mexanizmlar – favqulodda vaziyatlarda aholini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta‘minlash mexanizmini 
ishlab chiqish:

agrar sohada ilg‗or axborot tizimini shakllantirish;

oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ma‘muriy va texnik 
to‗siqlarni yo‗qotish;

milliy sertifikatsiyalash tashkilotlarini xorijiy davlatlarda 
akkreditatsiyadan o‗tkazish. 
Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish va tartibga solishning 
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi quyidagi muammolarni hal etishga 
yo‗naltirilgan: 


318 

davlatning 
oziq-ovqat 
ishlab 
chiqarish, 
taqsimlash, 
ayirboshlash, iste‘mol jarayonlarini tartibga solishdagi rolini 
kuchaytirish; 

mamlakat ichki oziq-ovqat bozori infratuzilmasining 
elementlarini shakllantirish va rivojlantirish; 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish; 

agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoq va 
sohalarining integratsiya va kooperatsiyasini rivojlantirish (yirik 
ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‗jaligi klasterlari va 
boshqa tuzilmalarni tashkil etish); 

eng muhim oziq-ovqat 
mahsulotlari turlarini ishlab 
chiqarish bo‗yicha mamlakat 
va uning hududlari bo‗yicha 
tarmoq 
uyushma 
va 
assotsiatsiyalarini 
vujudga 
keltirish; 

qishloq xo‗jaligi oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari, fermer va 
dehqon xo‗jaliklari rahbarlari, ASK. tarmoqlari korxonalarining 
rahbar va mutaxassislarini bozor sharoitida ishlash tamoyillari 
bo‗yicha o‗qitishni tashkil etish. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashni kompleks baholash o‗z 
ichiga uchta muhim jihatni oladi: 

iqtisodiy: qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini mintaqaning 
ASK ishlab chiqarish - iqtisodiy salohiyati resurslarining 
cheklanganligini hisobga olgan holda zarar ko‗rmaslikni va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun yetarli 
bo‗lgan hajmlarda ishlab chiqarish; 


319 

institutsional: oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga imkon 
beradigan davlat va bozor institutlarining samaradorligi, me‘yoriy-
huquqiy bazaning mosligi, ASKni boshqarishning barcha 
darajalarida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning ishchanligi; 

ijtimoiy: aholini yuqori sifatli mahsulotlar bilan yetarli 
miqdorda va ularning to‗lov qobiliyatiga muvofiq ta‘minlash. 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash bo‗yicha uchta muhim jihat: agrosanoat majmuasida 
oziq-ovqat ishlab chiqarishni tartibga solish va rag‗batlantirish, 
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji erishishini va 
iste‘molini ta‘minlash va bu boradagi imkoniyatlarini oshirish 
hamda oziq-ovqat xavfsizligini boshqarishni tashkil etish tizimini 
takomillashtirib borish bo‗yicha dastak va chora-tadbirlarni o‗z 
ichiga oladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi 
agrosanoat majmuasida oziq-ovqat ishlab chiqarishni tartibga 
solish va rag‗batlantirish sohasida quyidagi dastak va chora-
tadbirlarni o‗z ichiga oladi: 

oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning qonuniy, huquqiy-
me‘yoriy asosini vujudga keltirish va takomillashtirib borish; 

byudjet-soliq vositalari orqali oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‗batlantirish. Bunda soliq 
imtiyozlari, dotatsiya va subvensiyalar berish nazarda tutiladi; 

pul-kredit siyosati dastaklari vositasida oziq-ovqat ishlab 
chiqarishni rag‗batlantirish. Bunda imtiyozli kreditlash tizimining 
joriy etilishi nazarda tutiladi; 

oziq-ovqat eksporti va importini bojxona tariflari va tarifsiz 
tartiblash. Bunda mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan yoki kam 
miqdorda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini import 
qilishni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat, shu 
jumladan, qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini eksport 


320 
faoliyatini 
bojxona 
tariflari 
yoki 
tarifsiz 
tartibga 
solish 
va 
rag‗batlantirish 
chora-
tadbirlari 
amalga 
oshiriladi; 

ASM tarmoqlariga 
investitsiyalar 
kiritishni 
rag‗batlantirish. Bunda agrosanoat majmuasi tarmoqlariga, 
jumladan, qishloq va baliqchilik xo‗jaligi, suv xo‗jaligi, oziq-
ovqat sanoati tarmoqlariga ichki va xorijiy investitsiyalarni 
kiritishni, mamlakat mintaqalarida, erkin agrar iqtisodiy zonalar, 
qishloq xo‗jaligi klasterlarini tashkil etishni rag‗batlantirish, ularni 
rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish 
chora-tadbirlari amalga oshiriladi. 
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga iqtisodiy va ijtimoiy 
jihatdan erishishini va xavfsiz iste‘mol sohasida ushbu mexanizm 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 

aholi daromadlari o‗sishini rag‗batlantirish. Bu borada 
tirikchilik minimumini va iste‘mol savatini aniqlash, ish haqining 
eng kam miqdorini belgilash, byudjet tashkilotlari ish haqini 
oshirib borish, yillik inflatsiya darajasiga muvofiq indeksatsiya 
qilish amalga oshiriladi; 

kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy himoyalash. Bu borada 
bolali oilalarga, yolg‗iz va nogiron kishilarga moddiy yordam 
ko‗rsatish, ishsizlik nafaqasi, talabalarga stipendiyalar joriy etish, 
pensiya va keksalik nafaqalari tayinlash, ijtimoiy sug‗urta, 
kambag‗allik va qashshoqlikni qisqartirish bo‗yicha ijtimoiy 
dasturlarni amalga oshirish, ijtimoiy sug‗urta nazarda tutiladi; 


321 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin