328
gektarga, ya‘ni -132,9 ming gektarga, sug‗oriladigan yerlar 3407,3
ming gektardan 3288,2 ming gektarga, ya‘ni - 119,1 ming
gektarga, qishloq xo‗jaligi ekin maydonlari esa 4200,1 ming
gektardan 3694,2ming gektarga, ya‘ni -505,9 ming gektarga
qisqardi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb
ahamiyatga molik ekanligidan dalolat beradi.
Sobiq Ittifoq
tanazzulga uchragan davrda, ya‘ni 1989-yilda
o‗tkazilgan statistik taqdiqot ma‘lumotlariga ko‗ra, iste‘mol
bozorida aholi uchun zarur bo‗lgan barcha mahsulotlarning qariyb
95 foizi bo‗yicha uzilishlar bo‗lib turgan. Aholi o‗rtasida
o‗tkazilgan rasmiy so‗rovlarda qatnashganlarning 89,3 foizi go‗sht
mahsulotlarini yetarli darajada iste‘mol qilmayotganini aytgan. Bu
ko‗rsatkichlar sut mahsulotlari bo‗yicha 56,5 foizni, shakar
bo‗yicha 55,3 foizni, qandolat mahsulotlari bo‗yicha 49,5 foizni,
kartoshka bo‗yicha esa 17,5 foizni tashkil etdi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan
boshlab, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida
tub agrar islohotlar asosida qishloq xo‗jaligi ekinlari tuzilmasini
qayta ko‗rib chiqish va takomillashtirishga yo‗naltirilgan
strategiya amalga oshirildi.
Shu jumladan, mamlakatimizda don
mustaqilligini qo‗lga kiritishga qaratilgan Dasturining amalga
oshirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi.
Agar 1990-yilda ekin maydonlarining yarmidan ko‗prog‗ini
texnika ekinlari,
shu jumladan, paxta maydonlari tashkil etgan
bo‗lsa, 2018-yilga kelib, ularning maydonlari 35,1% ga
qisqartirildi. Shu bilan bir vaqtda, don ekinlari maydonlarining
ulushi umumiy ekin maydonlarining 24%dan 45,2%ga oshirildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligini bosqichma-bosqich isloh
etish va diversifikatsiya qilish natijasida
mustaqillik yillarida don
329
mustaqilligi
qo‗lga
kiritildi,
ozuqabop
qishloq
xo‗jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish keskin o‗sdi.
2020-yilda 1991-yilga nisbatan don mahsulotlari yetishtirish
esa 3,3 barobardan ziyodga, kartoshka yetishtirish 7,7 martaga,
meva va rezavorlar 2,5 martaga, uzum 3,2 martaga, sabzavot
mahsulotlari 2,9 martaga, poliz ekinlari 2 martaga ko‗paydi. Shu
bilan birga, paxta xomashyosi ishlab chiqarish hajmi 2
martadan
ziyodga kamaydi. U qishloq xo‗jalik mahsulotlarining umumiy
hajmidagi ulushi 47,7%dan 11%ga qisqardi.
Ta‘kidlash
lozimki,
hukumatimiz
tomonidan
mamlakatimizda ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini va dehqon
xo‗jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirigan chora-
tadbirlari dehqonchilik sohasida qishloq xo‗jaligi
oziq-ovqat
mahsulotlari hajmi va ularning ulushlari o‗sishiga erishildi. Ammo
2020-yildan 2017-yilga nisbatan don ekinlari ishlab chiqarish
87,6%ni, kartoshka kavlab olish 98,4%ni, sabzavotlar 93,8%ni,
oziqabop poliz ekinlari yetishtirish 93,8%ni, meva va rezavorlar
99,0%ni, uzum yetishtirish 96,2%ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: