See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   224
30 06 2022 . (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
O‗zbekistonning ilmiy-texnik xavfsizligiga qanday 
tahdidlar mavjud? 
2.
Ilmiy-texnik xavfsizlikning qanday ko‗rsatkichlarini 
sanab bera olasiz? 
3.
Ilmiy-texnik xavfsizlik sohasida milliy manfaatlar 
qanday? 
4.
Qanday qilib ilmiy-texnik xavfsizlik mamlakatning 
iqtisodiy o‗sishiga ta‘sir etadi? 
5.
Mamlakatimizda tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish 
vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
6.
Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga 
oshirishdan ko‗zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering. 
7.
Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni 
samarali tashkil etish borasida to‗siq bo‗layotgan asosiy 
muammolar nimalardan iborat? 
8.
Innovatsion muhit tushunchasini sharhlab bering. 
9.
Milliy innovatsion tizim nima? 


300 
10.
Milliy iqtisodiyot darajasida innovatsion faoliyat 
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy ko‗rsatkichlarni sanab 
bering. 
11.
Innovatsion xavfsizlik nima? 
12.
Innovatsion iqtisodiyotga o‗tish sharoitida investitsion 
xavfsizlikni ta‘minlash yo‗llari nimalardan iborat? 
13.
Innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash yo‗nalishlarini 
izohlab bering. 
14.
O‗zbekistonda innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash 
qanday yo‗nalishlarda amalga oshiriladi? 


301 
XI BOB. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI 
11.1-§. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasining mohiyati va 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda 
ta‘minlash, ocharchilik yuz berishining oldini olish, oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash masalalari hamisha har qanday 
mamlakatda muhim hayotiy muammo hisoblangan. Chunki, tabiiy 
ofatlar, qurg‗oqchilik, urushlar va boshqa sabablar tufayli azaldan 
aholi o‗rtasida ocharchiliklar, qahatchiliklar bo‗lib turgan. Shu 
boisdan, 
qadimdan 
turli 
mamlakatlarda 
ocharchilik 
va 
qahatchilikning oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
maqsadida 
qishloq 
xo‗jaligini 
rivojlantirish, 
oziq-ovqat 
zaxiralarini tashkil etish chora-tadbirlari ko‗rilgan. Jumladan, 
qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va boshqa mamlakatlarda qishloq 
xo‗jaligini inqirozga uchramasligini ta‘minlash maqsadida serhosil 
yillarda dehqonlar o‗z hosillarining ma‘lum qismini majburiy 
soliq 
sifatida 
qishloq 
oqsoqollariga 
yoki 
soliqchilarga 
topshirishganlar. Yig‗ilgan hosilning bir qismi davlat ehtiyojlariga 
yo‗naltirilgan bo‗lsa, qolgan qismi bir necha yillarga yetadigan 
miqdorda maxsus urug‗lik g‗alla va sholi hamda boshqa ozuqabob 
ekinlar zaxirasiga yo‗naltirilgan. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida jahon miqyosida aholini oziq-
ovqat 
mahsulotlari 
bilan 
ta‘minlash 
muammosining 
keskinlashganligi 
tufayli 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarishni va qishloq xo‗jaligini rivojlantirish masalalariga 
e‘tibor kuchaydi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida 
Birlashgan Millatlar tashkiloti doirasida oziq-ovqat va qishloq 
xo‗jaligi masalalari bilan shug‗ullanuvchi xalqaro tashkilot 
tuzishga harakat boshlandi. 1943-yilning 18-maydan 3-iyungacha 


302 
bo‗lgan vaqt oralig‗ida AQSHning Xot-Springs shahrida 
dunyoning 46 ta mamlakatlar vakillari ishtirokida oziq-ovqat va 
qishloq xo‗jaligi masalalari bo‗yicha xalqaro tashkilot tuzish 
bo‗yicha konferensiya tashkil etilgan. Konferensiyada davlatlarga 
milliy qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va qishloq xo‗jaligi oziq-
ovqat mahsulotlariga bojxona bojlarini pasaytirish bo‗yicha 
tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, yangi tashkilotning nomini 
Birlashgan millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti 
(FAO) deb nomlash taklif qilindi. Ammo 1951-yilda Italiyaning 
Rim shahriga ko‗chib o‗tgan. Mazkur tashkilotning ustavida 
dunyo miqyosida kambag‗allikni kamaytirish, aholining oziq-
ovqat ta‘minotini yaxshilash va uning xavfsizligiga oid 
muammolarni yechish, barchaning salomatligini ta‘minlash uchun 
zarur bo‗lgan arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazishga 
yo‗naltirilgan 
vazifalar 
belgilangan. 
A‘zo davlatlar o‗z 
zimmalariga quyidagi maqsadlarni amalga oshirish vazifasini 
olganlar: 

o‗zlarining yurisdiksiyasi doirasida kishilarning ovqatlanish 
sifatini va turmush darajasini oshirish; 

barcha oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshirishni ta‘minlash; 

qishloq aholisi ahvolini yaxshilash; 

jahon 
iqtisodiyotini 
rivojlantirish 
va 
insoniyatni 
ocharchilikdan xalos qilishga ko‗maklashish. 
FAO ustavida turli mamlakatlarda oziq-ovqat tangligi yuzaga 
kelishi ehtimoli tug‗ilgan hollarda yordam ko‗rsatish nazarda 
tutilgan. Ta‘kidlash kerakki, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida 
strategiyani 
belgilab 
beruvchi 
asosiy 
xalqaro 
tashkilot 
Umumjahon oziq-ovqat xavfsizligi bo‗yicha qo‗mita (UOOXK) 
hisoblanadi. Bu qo‗mita 1974-yilda oziq-ovqat xavfsizligi 


303 
bo‗yicha siyosatiga bog‗liq chora-tadbirlarni ko‗rib chiqish va 
qabul qilish uchun hukumatlararo tashkilot sifatida tashkil topgan. 
Qo‗mita oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash muammolariga 
bag‗ishlangan xalqaro sammit va forumlar uyushtiradi. Ularda 
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha yaqin istiqbolga 
mo‗ljallangan vazifa va chora-tadbirlar belgilanadi. UOOXK, 
tomonidan 
belgilangan 
yo‗nalishlar 
bo‗yicha 
oziq-ovqat 
xavfsizligini joriy baholash va tadbirlar FAO (FAO), ya‘ni 
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti tomonidan 
amalga oshiriladi. Bu ishlarga YuNISEF va Umumjahon sog‗liqni 
saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilot hamda uyushmalar 
jalb etiladi . 
Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1972-
1973 yillarda yuz bergan don inqirozidan keyin kirib keldi. Bu 
davrda rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha oziq-ovqat ishlab 
chiqarish yuzaga kelgan holatda uchinchi dunyo mamlakatlarida 
aholi o‗rtasida ocharchilik vujudga kelgan. Bu muammo jahon 
hamjamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar 
zamirida 1974-yilning dekabr oyida bo‗lib o‗tgan BMT Bosh 
Assambleyasida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq 
xo‗jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ―Jahonda oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha Xalqaro majburiyatlar‖ 
ma‘qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga 
ta‘rif berilmagan. 
1996-yilning noyabr oyida bo‗lib o‗tgan oliy darajadagi Rim 
xalqaro uchrashuvida ―Butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligi 
bo‗yicha Rim deklaratsiyasi‖ qabul qilingan.Ushbu deklaratsiya 
har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqiga muvofiq 
salomatligi uchun xavfsiz va to‗laqonli oziq-ovqat mahsulotlariga 
erishish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan. 


304 
Oziq-ovqat xavfsizligi 
mamlakat aholisini asosiy 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
bilan o‗zini o‗zi, mustaqil 
ta‘minlashga 
qodirligini 
ifodalaydi. 
Shuningdek, 
oziq-ovqat importiga o‗ta 
bog‗liqlikdan 
xalos 
bo‗lganligini 
anglatadi. 
Ta‘kidlash joizki, oziq-
ovqat xavfsizligi faqat ichki o‗zini o‗zi to‗liq oziq-ovqat 
mahsulotlari ta‘minlash bilan cheklanmaydi. Buning uchun oziq-
ovqat importi ham e‘tiborga olinadi. Davlatning oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash borasidagi siyosatida, asosan, o‗zining 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi va ichki sotish bozorlarini 
rivojlantirishga, qisman, chet ellardan oziq-ovqat mahsulotlarini 
import qilish asosida aholini oziq-ovqatga bo‗lgan maqbul 
darajadagi ehtiyojini qondirish ko‗zda tutiladi. 
Oziq-ovqatga jismoniy erishish deganda, kishilarning xavfsiz 
va 
to‗yimli 
oziq-ovqat 
mahsulotlariga 
yetarli 
miqdorda 
ta‘minlanish imkoniyatiga ega bo‗lishi tushuniladi. Bunga erishish 
maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari mamlakat hududida qabul 
qilingan iste‘mol me‘yorlariga muvofiq yetarli miqdorda va 
assortimentda mavjud bo‗ladi hamda ularni aholiga yetkazib 
berish uzluksiz bo‗lishi kerak. Bunday imkoniyatni vujudga 
keltirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ichki va tashqi yetkazib 
berish manbalari hamda ularning zaxiralari ustidan davlat nazorati 
tashkil etiladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlariga iqtisodiy jihatdan aholining 
barcha ijtimoiy qatlamlari yetarli hajmda va sifatli ta‘minlanishi 


305 
mamlakatning har bir fuqarosi uning yoshi, mulkiy va ijtimoiy 
mavqYIdan qat‘i nazar oziq-ovqat mahsulotlarining minimal 
turkumiga ega bo‗lishi uchun zarur miqdordagi daromadga ega 
bo‗lishi lozimligini ifodalaydi. Bunday imkoniyat, sharoit 
aholining yetarli daromad darajasini ta‘minlash hamda oziq-ovqat 
mahsulotlarining maqbul narx darajasini nazorat qilish yo‗li bilan 
vujudga keltiriladi. Shuningdek, aholi o‗zining tomorqa va dala 
hovli uchastkalarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini o‗zi 
ta‘minlashga harakat qilishi lozim bo‗ladi.
Oziq-ovqat 
mahsulotlariga 
ijtimoiy 
jihatdan 
erishish 
deganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‗llab-quvvatlash, 
moddiy yordam berish asosida yetarli miqdorda va sifatda xavfsiz 
oziq-ovqat bilan ta‘minlash tushuniladi. Oziq-ovqat mustaqilligi 
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatda ishlab 
chiqarish, ular bilan o‗zini o‗zi ta‘minlash orqali aholini quyi 
tahlikali me‘yordan kam bo‗lmagan miqdorda ta‘minlash 
imkoniyatining yaratilganligini ifodalaydi. 
Oziq-ovqatlar bilan ta‘minlashning ishonchliligi milliy oziq-
ovqat ta‘minoti tizimining mavsumlar, iqlim va boshqa 
o‗zgarishlar ta‘sirini minimallashtirish qobiliyatidir. Oziq-ovqatlar 
bilan ta‘minlashning barqarorligi esa milliy oziq-ovqat ta‘minoti 
tizimining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko‗lamida 
rivojlanishi hisoblanadi. 
Oziq-ovqat xavfsizligi darajalari va ularga mos subyektlar 
hamda ularning vazifalari:
1) global, ya‘ni umumjahon;
2) subregional (mintaqalararo), ya‘ni Shimoliy Amerika, 
Janubiy Amerika, G‗arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Afrika va 
Osiyo qit‘alari, Markaziy Osiyo, Yaqin va O‗rta Sharq va 
boshqalar;


306 
3) millatlararo (davlatlararo);
4) davlat;
5) mahalliy; 
6) aholi guruhlari, ya‘ni aholining daromadlar bo‗yicha 
ijtimoiy guruhlarining oziq-ovqat xavfsizligi;
7) oilaviy kabi darajalarini keltirishgan.
Har bir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi subyektlari ham 
turlichadir. Masalan, umumjahon, global oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlashda Birlashgan Millatlar tashkiloti, uning oziq-ovqat va 
qishloq xo‗jaligi sohasidagi tashkiloti, oziq-ovqat xavfsizligi 
bo‗yicha qo‗mita va boshqalar global oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlashda o‗z maqsadi va vazifalariga ega. Ularning umumiy 
maqsadi dunyo mamlakatlariga barqaror iqtisodiy rivojlanishiga 
ko‗maklashish, ochlikka qarshi kurash dasturlarini amalga 
oshirishda, 
oziq-ovqat 
zaxiralarini 
yaratishda 
muhim 
boshqaruvchilik, 
muvofiqlashtirish 
vazifalarini 
bajarish 
hisoblanadi. Subregional (mintaqalararo) oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlashda mintaqalararo birlashmalar, forumlar barqaror 
iqtisodiy 
o‗sishga 
ko‗maklashish, 
sifatli 
oziq-ovqat 
mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirish vazifasini amalga oshiradi. 


307 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin