See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. O‗zbekistonning investitsion xavfsizligini ta‘minlash



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224
30 06 2022 . (1)

10.4-§. O‗zbekistonning investitsion xavfsizligini ta‘minlash 
yo‗llari 
Investitsion xavfsizlik bu iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy 
qismi bo‗lib u to‗g‗ridan-to‗g‗ri ilmiy-texnik xavfsizlik bilan 
bog‗liqdir. Investitsion xavfsizlikning mazmuni shundan iboratki, 
mamlakatning milliy manfaatlarini ta‘minlashda va iqtisodiy va 
siyosiy qarorlar qabul qilishda xorijiy kapitalning ta‘sirini inkor 
qilish tushuniladi. O‗zbekiston iqtisodiyoti raqamli iqtisodiyotga 
o‗tish sharoitida qator muammolarni yengib o‗tmoqda. Buning 


287 
asosiy 
sabablaridan 
biri 
bizning 
iqtisodiyotimiz 
jahon 
hamjamiyatiga bog‗liq ekanligi. Shuning uchun ham investitsion 
xavfsizlik yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun 
ham mamlakatning ishbilarmonlik muhitiga ta‘sir etuvchi asosiy 
omil bu jahon iqtisodiyotining holati bo‗lib hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyotining asosiy tendensiyalarini jahonning 
yetakchi davlatlari AQSH, Yevropa, va shu bilan birga Rossiya, 
Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlar YaIM hajmini barqaror 
o‗stirishi orqali belgilab beradi.
Investitsion 
xavfsizlikni 
oshirishning 
chora-tadbirlari 
quyidagi yo‗nalishlarda amalga oshadi: 

iqtisodiyotni barqaror o‗sishi uchun yetarli miqdorda 
investitsiya kerak; 

investitsiyani optimal tarmoq va hududiy tuzilmasini 
shakllantirish; 

innovatsion darajada barcha investitsion loyihalarni 
maksimal joriy etish. 
Biroq 
bugungi 
kunda 
mamlakatimizga 
xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb 
qilishda 
milliy 
iqtisodiyotda 
bozor 
infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi (banklar, 
investitsiya venchur) fondlari, sug‗urta va lizing kompaniyalari 
faoliyatini rag‗batlantirish) va investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‗lga qo‗yish hamda 
tadbirkorlarda investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va 
 
Investitsion xavfsizlikni shu bilan birga milliy xo‗jalik 
tizimlarini investitsion jarayonlarga, ya‘ni iqtisodiyotning strategik 
raqobatbardoshligiga va barqaror iqtisodiy o‗sishga ta‘siri sifatida 
ham tavsiflash mumkin. 


288 
huquqiy bilimlari yetarli emasligi bilan bog‗liq bir qator 
muammolar mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qulay investitsion 
muhitni shakllantirish va xavfsizlikni ta‘minlash, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, davlat, korxonalar 
va aholi tomonidan jamg‗arishni rag‗batlantiradigan mexanizm va 
instrumentlarni takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari sifatida 
quyidagilar taklif va tavsiya etiladi:

investitsion resurslarni taqsimlash sohasida cheklashlar 
va 
iqtisodiyotning 
ustuvor 
yo‗nalishlarini 
rivojlantirishda 
investitsiyalarni rag‗batlantirish, xususiy mulkni daxlsizligi 
kafolatlarini mustahkamlashda davlatning rolini oshirish orqali 
muvofiqlashtirish;

investitsiyalarni jalb etish va biznesni yuritish shart-
sharoitlarini (qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini, kredit 
resurslarga erishish imkoniyatlarini, kreditlash va xalqaro savdo 
sohalaridagi 
rasmiyatchiliklarni 
soddalashtirish 
va 
takomillashtirish orqali) ta‘minlash; 

hududiy siyosatda hududlarga investitsiyalarni jalb etish 
va ularni o‗zlashtirishda soliq pereferensiyalarini, hududda 
qolayotgan soliq tushumlari ulushini o‗sishida keng imtiyozlar 
berish bo‗yicha normativ bazani takomillashtirish bilan bir vaqtda 
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilayotgan qarorlar 
bo‗yicha mas‘uliyatlarini oshirish;

biznesni yuritish va investitsiyalar jalb etish shart-
sharoitlarni 
yaxshilash 
yo‗nalishida 
soliq 
ma‘murchiligi, 
antimonopol siyosat, valyuta va kredit bozorlari, raqobatni 
rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni integratsiyalash 
sohalarida samarali ma‘muriy islohotlarini o‗tkazish; 


289 

xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan erkin 
iqtisodiy zonalarga, ustuvor sohalar va hududlarga investitsiya 
qilganda qo‗shimcha imtiyoz va pereferensiyalar berish orqali 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qulay 
investitsion 
muhitni 
shakllantirish. 
Qo‗shma 
korxonalar 
rahbarlariga va ularning injener-texnik xodimlariga vizalar olish 
amaliyotini soddalashtirish va ularni ishlab chiqarish infratuzilma 
korxonalari xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni ta‘minlash; 

investitsiyaga oid milliy qonunchilikni xalqaro va 
mintaqaviy 
standartlarga 
uyg‗unlashtirish, 
O‗zbekistonning 
Butunjahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‗lishi bilan bog‗liq 
tashkiliy-huquqiy choralarning ko‗rilayotganligi, xalqaro tajribada 
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash 
bo‗yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan 
foydalanish, raqamli iqtisodiyotga investitsiyani jalb etishning 
tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratilishi bilan bog‗liq vazifalarni 
hal qilish, o‗z navbatida, investitsiya va investitsion faoliyatga oid 
qonunchilikni unifikatsiyalash; 

xorijiy investitsiyali korxonalar uchun makroiqtisodiy, 
qonunchilik va ma‘muriy shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni 
hisobga olgan holda barqaror soliq qonunchiligi tizimini joriy 
etish hamda O‗zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni 
jalb etish dasturini ishlab chiqish va unda yangi erkin iqtisodiy 
zonalarning faoliyatini tashkil etishda xalqaro va milliy 
normalarni hisobga olish. 


290 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
investitsion 
xavfsizlikni 
ta‘minlashning bosh maqsadi – xorijiy investitsiyalarni jalb etgan 
holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish. Ushbu maqsadga 
faqatgina davlat hokimiyati tomonidan mamlakatni ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanish istiqbol rejalarda ularga berilgan o‗rin va 
roliga qarab davlat manfaatlari bilan xorijiy investorlar 
manfaatlarini 
optimallashtirish 
orqali 
erishishi 
mumkin. 
O‗zbekistonning investitsion xavfsizligi xorijiy kapitalga nisbatan 
hech qanday cheklov yoki tahdid emas, balki uning maqsadi 
xorijiy kapitalni xalqaro kapital bozoridan O‗zbekiston bozoriga 
oqib o‗tishini tartibga solish bo‗lib hisoblanadi. O‗zbekistonning 
investitsion 
xavfsizligiga 
tahdidlar uch xil: xalqaro, davlat 
va xususiy investor darajasida 
bo‗lishi 
mumkin. 
Xalqaro 
darajada, ya‘ni yirik miqdorda 
investitsiya qabul qilgan alohida 
bir 
mamlakatning 
iqtisodiy 
rivojlanish sikllariga sezilarli 
darajada ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Davlatlar darajasida xorijiy mamlakatlar O‗zbekistonning 
iqtisodiy tizimiga xorijiy investitsiya kiritgan kompaniyalari orqali 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Har qanday donor mamlakat 
o‗zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib kompaniyalarini 
yuqori ustuvorliklarga erishishlarini istaydi. Bundan xulosa, 
 
Xalqaro investitsion oqimlar dinamikasi va uning harakat 
yo‗nalishlarini xalqaro moliya tashkilotlarining kapital migratsiyasi 
sohasidagi siyosati ta‘sirida mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosatini 
rivojlanishi ham bog‗liq holda o‗zgaradi. 


291 
xorijiy kapitalni u yoki bu mamlakatga tegishli bo‗lishining o‗zi 
O‗zbekistonning milliy manfaatlariga potensial darajada tahdid 
soladi. Shu munosabat bilan O‗zbekiston iqtisodiyotida u yoki bu 
shaklda xorijiy kapital faoliyati ko‗rilganda ushbu holatni hisobga 
olish lozim. 
Xususiy investorlar darajasida yirik va uncha katta 
bo‗lmagan kompaniyalarni hamda jismoniy investorlarni alohida 
holda ko‗rib chiqish kerak. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin