10.3-§. Innovatsion xavfsizlikning mezonlari va ko‗rsatkichlari
Jahon amaliyotida turli mamlakatlarning innovatsion
rivojlanish
darajasini
baholashda,
odatda,
yig‗ma
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Jahon banki tomonidan xuddi
shunday bir ko‗rsatkich taklif etilgan. Iqtisodiyotning bilimlar
indeksi o‗zida 109 ta ko‗rsatkichlarni olib miqdor va sifat
ko‗rsatkichlarning to‗rt guruhining o‗rtacha ko‗rsatkichi sifatida
aniqlanadi:
1.Iqtisodiy va institutsional rejim indeksi. Iqtisodiy va
huquqiy muhitni tavsiflaydi, jamiyat va uning institutlaridan
samarali foydalanishni hamda yangi bilimlarni yaratishni
rag‗batlantiradi.
279
2.Ta‘lim indeksi. Aholining ta‘lim darajasini va unda
barqaror bilimlarni yaratish, tarqatish va undan foydalanish
ko‗nikmalarining mavjudligini ifoda etadi.
3.
Innovatsiya
indeksi.
Milliy
innovatsion
tizimni
rivojlanish darajasini ifoda etadi.
4. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar indeksi.
Axborotlarni samarali tarqatish va uni qayta ishlashni qo‗llab-
quvvatlovchi
axborot
va
kommunikatsion
texnologik
infratuzilmani rivojlanish darajasini nazorat qiladi.
Mamlakat va hududlarining innovatsion xavfsizlik darajasini
baholashda iqtisodiyotning bilimlar indeksidan foydalanish
mumkin. Bu ko‗rsatkich asta-sekin bo‗lsa ham Global innovatsion
indeksda o‗z o‗rnini mustahkamlab borayotgan O‗zbekiston
Respublikasi innovatsion tizimining asosiy elementlarini to‗la
qamrab olgan. Global innovatsion indeksda jahonning 128 ta
davlatining milliy innovatsion tizimlari haqida ma‘lumot bo‗lib,
unda O‗zbekistonning uning liderlar qatoriga chiqishiga hozircha
ma‘lum vaqt bor.
Innovatsions sikl fan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish
va bozorning holatini aks ettiradi, innovatsiyaning o‗zi esa yuqori
raqobatbardosh iqtisodiyotga erishish vositasidir. Bundan kelib
chiqadiki, innovatsion xavfsizlik iqtisodiy xavfsizlikning muhim
qismidir. Innovatsion xavfsizlikning muhimligini sifat jihatdan
baholash mamlakatning mavqYIni mustahkamlashga va uning
Innovatsion xavfsizlik kategoriyasi ―mamlakatning barqaror
va dinamik ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, uning farovonligi va
taraqqiyotini iqtisodiy hamda texnologik erkinligi va mustaqilligini,
mudofa qobiliyatini ta‘minlay oladigan milliy innovatsion tizimning
rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi.
280
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tahdidlarni bartaraf etishga xizmat
qiladi. Innovatsion xavfsizlik tushunchasi o‗zaro bog‗liq ikki quyi
tizimni o‗z ichiga olishi kerak:
1) innovatsion xavfsizlik obyektlarining quyi tizimi: fan va
kadrlar, texnika va texnologiya, mahsulotlar va xizmatlar, sotish
va tijorat maqsadlarida foydalanish;
2) quyi tizimga xizmat ko‗rsatuvchi: investitsiya, boshqarish
(menejment), marketing.
Innovatsiya sohasidagi mamlakatning milliy manfaatlarini
amalga oshirish borasidagi vazifalarni va faoliyatni amalga
oshirishni qiyinlashtiradigan, tor bo‗g‗inlar yoki bu boradagi
imkoniyatlarni yo‗qqa chiqaruvchi shart-sharoitlar va omillar
innovatsion xavfsizlikka tahdidlar deb ataladi. Ularni iqtisodiy
faoliyat turlariga qarab guruhlarga ajratish mumkin: qayta
ishlovchi ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish, elektr
energiyasi, gaz va suvni ishlab chiqarish va taqsimlash, transport
va aloqa kabi boshqa sohalardagi tahdidlar. Milliy ishlab
chiqaruvchilar va korxonalar oldida turgan eng katta tahdidlardan
biri – bu asosiy vositalarning jismoniy va ma‘naviy eskirishi
hisoblanadi.
O‗zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning
uchta mumkin bo‗lgan variantlari mavjud. Inersion (importga
yo‗naltirilgan) texnologik rivojlanishning birinchi varianti. Unda
innovatsion
rivojlanishga
yo‗naltirilgan
sa‘y-harakatlarning
yo‗qligini, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va
byudjetdan fan, innovatsiyalar, investitsiyalar va shuningdek,
inson resurslari va kapitalni rivojlantirishga sarflanadigan
xarajatlarning nisbatan past ko‗rsatkichlarini aks ettiruvchi
siyosatni o‗zida aks ettiradi. Aksariyat hollarda institutlarni
rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‗yicha
281
innovatsion siyosat umumiy choralar, shuningdek, katta
xarajatlarni talab qilmaydigan tashkiliy choralari yordamida
amalga oshiriladi. Yuqori darajadagi ehtimollik bilan ushbu o‗ziga
xos variant milliy innovatsion tizimning yanada zaiflashishiga olib
keladi va iqtisodiyotning xorijiy texnologiyalarga qaramligini
yanada oshiradi. O‗zbekistonning innovatsion tizimi bir qator
alohida ilmiy va texnik segmentlarga bo‗lingan bo‗lsada, unda
asosan to‗qimachilik tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekistonda
biznesning
innovatsiyalarga
bo‗lgan
talabining pastligi va davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‗llab-
quvvatlashga yetarlicha mablag‗larning ajratilmasligi ilmiy
tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar sohasining rivojlanishiga ko‗p
jihatdan salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Bunday
variantni
amalga
oshirish natijalari mamlakat
iqtisodiyotini uzoq muddatli
istiqbolda
rivojlantirish
maqsadlariga
mutlaqo
mos
kelmaydi.
Bunday
variant
O‗zbekistonni G‗arbning yetakchi rivojlangan mamlakatlaridan
uzoq muddatli texnologik orqada qolishga va istiqbolda yangi
industrial
davlatlarga
mamlakatning
raqobat
kurashida
yutqazishga olib keladi. Shuning uchun rivojlanishning mazkur
varianti mamlakat uchun maqbul emas deb, hisoblanadi.
Import
texnologiyalari
va
milliy
ishlanmalarni
takomillashtirish orqali rivojlanishni quvib yetish siyosati
iqtisodiyot
tarmoq
va
sohalarini
qayta
qurollantirishga
yo‗naltirilgan
milliy
ishlab
chiqaruvchilarning
texnologik
raqobatbardoshligini oshirish va jadal rivojlantirish ikkinchi
variantning mohiyatini tashkil etadi. Energetika sohasini
282
rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan
uzluksiz ta‘minlash masalalari ham ikkinchi variantni amalga
oshirishning ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.
Milliy xavfsizlik va mudofaa manfaatlari birgalikda milliy
texnologiyalarga talab yaratadi. Fundamental va amaliy fan
sohalari yo‗nalishida yaratilgan ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari
tijorat maqsadlarida keng qo‗llaniladi. Janubiy Koreya, KXDR,
Yaponiya, Singapur va Malayziya kabi davlatlarning quvib
yetishga asoslangan rivojlanishi bunga yaqqol misol bo‗la oladi.
Ushbu variantning asosida jahon bozorida mavjud bo‗lgan va chet
el kapitali yordamida sotib olinadigan yoki jalb qilinadigan
texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish yotadi. Odatda,
import qilinuvchi texnologiyalar har doim ham dunyoda eng ilg‗or
texnologiya hisoblanmaydi.
Mazkur varinat bir nechta afzalliklarga ega:
tayyor
va
takomiliga
yetkazilgan
texnologiyalar
qo‗llanilganligi bois, mazkur texnologiyalarni qo‗llash jarayonida
innovatsion xatarlar past darajada bo‗ladi. Bu vaziyatda
texnologiyalar bilan bir qatorda tegishli xizmatlarning barcha
turlari - texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va xodimlarni o‗qitish
kabi xizmatlarni ham olish va undan to‗liq foydalanish mumkin
bo‗ladi;
innovatsion loyihalarni amalga oshirish muddatlari sezilarli
darajada qisqaradi;
iqtisodiyotning
asosiy
tarmoqlarida
texnologiyaning
rivojlanishi yangi yuqori texnologiyali tarmoqlarning paydo
bo‗lishiga olib kelishi mumkin;
texnologiyani
tanlash
bo‗yicha
qarorlarni
nomarkazlashtirish xato qarorlar qabul qilish xavfini kamaytiradi.
283
Biroq, ushbu variantda ham O‗zbekiston sharoitida
foydalanishda
bir
qator
xavflar
mavjud
bo‗ladi.
Ular
quyidagilardan iborat:
bir
xil
yoki
birmuncha
takomillashgan
ilg‗or
texnologiyalardan foydalangan holda o‗xshash mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida kuchli raqobat kurashining
mavjudligi,
bunday
holatda
faqatgina
ijtimoiy
mehnat
unumdorligini keskin oshirish evaziga raqobat kurashida yutib
chiqish mumkin;
ishlab chiqarishning eng samarali rivojlanishi to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonida yuz beradi, bu
esa mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun jiddiy
sa‘y-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Xorijiy kapitalni
va texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi
sezilarli darajadagi ishtiroki uning qaramligini oshiradi va tashqi
xavflarni kuchaytiradi;
iqtisodiyotning texnika va texnologiyalar importiga
bog‗liqligi unda mustaqil milliy texnologik tadqiqotlarni
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Ilmiy-texnikaviy va fundamental tadqiqotlar sohasida
yetakchilikka erishish hamda O‗zbekiston – 2030 ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan uzoq
muddatli maqsad va vazifalarga to‗la mos keladigan variantlarni
amalga oshirish lozim. Ushbu variantni davlat tomonidan amalga
oshiriluvchi quyidagi xatti-harakatlar bilan tavsiflash mumkin:
ilmiy
tadqiqot
va
ilmiy-texnikaviy
faoliyat
sohalarini
takomillashtirish, milliy ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va ilmiy
ishlanmalardan
keng
foydalanishni
yo‗lga
qo‗yish
va
mamlakatning yuqori texnologiyali tovarlar va xizmatlarning
jahon bozoridagi ulushini oshirish.
284
O‗zbekiston Respublikasida «Raqamli O‗zbekiston — 2030
Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali
quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:
yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot va mobil aloqa
tarmoqlaridan sifatli, xavfsiz, arzon va oqilona foydalanish;
aloqa
va
telekommunikatsiyalarning
ochiq
va
raqobatbardosh bozori;
barcha ijtimoiy obyektlarni Internet jahon axborot
tarmog‗i bilan ta‘minlash;
respublika bo‗ylab optik tolali aloqa tarmog‗ining
uzunligini kengaytirish;
aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa texnologiyalari
(4G va b.) bilan qamrab olish darajasini oshirish;
shaharlar va qishloqlar o‗rtasidagi raqamli tafovutni
kamaytirish;
elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro reytingida eng
rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish;
elektron davlat xizmatlari ulushini oshirish;
elektron davlat xizmatlariga ishonchni mustahkamlash,
aholining davlat organlari bilan xavfsiz va oson o‗zaro hamkorlik
qilishini ta‘minlash;
davlat, biznes va aholining ehtiyojlariga qarab, hisoblash
quvvatini samarali taqsimlash va undan foydalanish;
respublika
bo‗ylab
kommunal
sohada
elektron
hisoblagichlar ulushini oshirish;
an‘anaviy qog‗oz yoki elektron hujjatga nisbatan
elektron yozuvning ustunligi;
dasturiy mahsulotlarning eksport hajmini kengaytirish;
IT-parkda rezidentlari sonini oshirish;
285
investitsiya muhitini yaxshilash, axborot texnologiyalari
sohasida investitsiyalar samaradorligini oshirish;
aholining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat
vositalaridan foydalanish ko‗nikmalarini rivojlantirish;
aholining
barcha
qatlamlari
uchun
axborot
texnologiyalari
sohasida
ta‘lim
olish
bo‗yicha
keng
imkoniyatlarining mavjudligi;
axborot texnologiyalari sohasidagi professional kadrlar
zaxirasining, shu jumladan, boshqaruv kadrlari zaxirasining
mavjudligi;
IT yo‗nalishi bo‗yicha oliy ta‘lim muassasalari
bitiruvchilari sonini oshirish;
respublikaning
barcha
tumanlarida
(shaharlarida)
raqamli texnologiyalar o‗quv markazlarini tashkil etish.
O‗zbekiston
nanotexnologiyalarni,
odamlarni
va
hayvonlarning hayotini ta‘minlash va himoya qilish uchun
biotibbiyot texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‗llashda, dasturiy
ta‘minotda, shuningdek, energetika, atrof-muhitni boshqarish va
atrof-muhitning ayrim sohalarida va boshqa faoliyat sohalarida
jahonda yetakchi o‗rinni egallashi mumkin.
Yangi ilmiy va muhandis kadrlarga bo‗lgan talabning
nisbatan keskin o‗sishi ushbu variant bilan tavsiflanadi. Uning
asosiy xususiyati – yanada ilg‗or milliy innovatsion tizimni
shakllantirish va ma‘lum darajada mamlakat fundamental fanining
asosiy va hatto yetakchi mavqYIni tiklashdan iboratdir.
Yuqorida tilga olib o‗tilgan variant biroz qimmatga tushishini
ta‘kidlash lozim, chunki u ilmiy tadqiqot faoliyati va fundamental
tavsifga ega bo‗lgan ishlanmalarni rivojlantirishga davlat
tomonidan keng miqyosda mablag‗lar ajratilishini ko‗zda tutadi.
Tadqiqot va ishlab chiqish natijalarini tezkor ravishda
286
tijoratlashtirishga ko‗maklashish, shuningdek, mavjud bozorlar
doirasida yangi bozorlar, bo‗sh joylar va segmentlarni faol izlash
va yaratish, bularning barchasi yuqoridagi variantni amalga
oshirishning yuqori xarajatli ekanligidan dalolat beradi. Turlicha
tarmoq tuzilmasiga ega bo‗lgan mamlakat uchun texnologik
modernizatsiyalash siyosati variantini tanlash iqtisodiyotning
barcha tarmoq va sohalari uchun birdek mos kelavermaydi.
Bugungi kunda mamlakat uchun raqobat afzalliklari borasida
ma‘lum bir ustuvorliklarga ega bo‗lgan iqtisodiyot tarmoq va
sohalarini jadal rivojlantirishga urg‗u berish eng maqbul variant
hisoblanadi.
Mahalliy ishlab chiqarishlar va hududlarni dunyo miqyosida
raqobatlasha oladigan darajada majmuali rivojlantirish yaqin
kelajakda mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning strategik maqsadini
tashkil etadi. Bu mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy modernizatsiya
qilishni, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta
qurollantirishni,
yashirin
iqtisodiyotga,
jinoyatchilik
va
korrupsiyaga qarshi kurashishni, iqtisodiy va innovatsion faoliyat
sohasida yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |