See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224
30 06 2022 . (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar
 
1.
Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va 
ularning namoyon bo‗lish shakllari nimalardan iborat? 
2.
Moliyaviy obligatsiya nima? 
3.
Moliyaviy muassasalar manfaatlariga qanday iqtisodiy 
tahdidlar xavf soladi? 
4.
Mijozlar tomonidan moliyaviy muassasalarga qanchalik 
ishonch bildirishini aniqlashga imkon beruvchi mezonlar qaysi? 
5.
Moliyaviy oqimlar nima? 


254 
6.
Kapitalning qochishi sabablari nimalarda ifodalanadi? 
7.
Kapital qochishining oldini olish va iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? 
8.
Moliya, pul muomalasi va kredit sohasidagi tovlamachilik 
nimalarda namoyon bo‗ladi? 
9.
Pul muomalasi sohasida xavfsizlikni qanday ta‘minlash 
lozim? 
10.
O‗zbekistonda milliy valyuta-so‗mning qadrini oshirish 
va pul muomalasini mustahkamlash uchun nimalar qilish zarur? 
11.
Valyuta siyosatining mazmuni va maqsadlarini aytib 
bering. 
12.
Banklarning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash uchun 
qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi? 


255 
X BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANISH 
YO‗LIGA O‗TISHDAGI XAVFSIZLIK SHARTLARI 
10.1-§. Ilmiy-texnik xavfsizlikning mohiyati va uning asosiy 
jihatlari 
O‗zbekiston iqtisodiyotida ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli 
darajada o‗zgarishlarga erishmay turib, intensiv rivojlanish yo‗liga 
o‗tib bo‗lmaydi. Uning mazmuni, fundamental va amaliy ilmiy 
tadqiqot natijalarini, ya‘ni yangi texnika va mahsulotlar 
namunalarini yaratib ularni ishlab chiqarish darajalariga olib kelib 
foyda olish maqsadida tijoratlashtirish tushuniladi.
Ilmiy-texnik soha iqtisodiyot bilan fan o‗rtasida bog‗lovchi 
bo‗g‗in bo‗lib, ilmiy tadqiqot ishlarini rag‗batlantiruvchi ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bu o‗z navbatida, iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga, 
ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini 
o‗sishiga olib keladi. 
Ilmiy-texnik faoliyat fan, texnika va ishlab chiqarishni 
yagona tizim sifatida amal qilishini ta‘minlaydi va yangi 
bilimlarni texnologik, iqtisodiy, muhandislik, ijtimoiy sohalardagi 
turli vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‗lib 
hisoblanadi. 
Bugungi kunda O‗zbekistonda ilmiy-texnik taraqqiyot 
yutuqlari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga 
xizmat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan fan, ilmiy-texnik va 
iqtisodiy sohalarning ichki tizim aloqalariga tayangan, xavfsizlik 
turlaridan biri bo‗lgan ―Ilmiy-texnik xavfsizlik‖ tushunchasi 
ajralib chiqmoqda. Butun bir fanning ichki aloqalar tizimiga, 
ilmiy-texnik sohaga va xususan, iqtisodiy sohada davlatning 
ilmiy-texnik rivojlanish siyosatini amalga oshirish orqali va shu 
bilan birga, uni ta‘minlovchi muhim komponentlar ( huquqiy 


256 
tizim, mutaxassislarini tayyorlash, tashqi aloqalar va boshqalar) 
asosida yakuniy natijada milliy manfaatlarni ta‘minlab, jahon 
miqyosida 
milliy 
iqtisodiyot 
samaradorligini 
va 
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
raqobatbardoshlik 
imkoniyatlari, afzalliklari va uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotiga 
to‗sqinlik qiluvchi muammolarni ko‗rib chiqamiz: 
a) qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishga yo‗naltirilgan 
va yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‗lgan yetakchi 
mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida 
xomashyo resurslaridan ekstensiv foydalanish hisobiga mamlakat 
YAIM o‗sish imkoniyatlarining pasayishi; 
b) fuqarolarning hayoti va 
sog‗lig‗iga, tabiiy resurslarning 
takror ishlab chiqarilishiga xavf 
tug‗diruvchi ko‗lamlarda inson va 
jamiyatning 
atrof-muhitga 
ta‘sirining kuchayishi; 
d) mamlakatda oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash, 
mahalliy 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlarining 
raqobatbardoshligini 
oshirish, 
agrosanoat 
majmuida texnologik xatarlarni kamaytirish zarurati; 
e) 
energetika 
sohasida 
―yashil texnologiyalar‖ dan 
foydalanish, iqtisodiyotning energiya bilan qurollanganlik 
darajasini, energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va saqlash 
hajmlarini o‗sib borishi; 
f) global beqarorlik va millatlararo nizolarning kuchayishi
xalqaro raqobatning shiddatli tus olishi sharoitida milliy 
xavfsizlikka yangi tashqi tahdidlarning paydo bo‗lishi; 


257 
g) 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni 
joylashtirish 
asosida 
hududiy 
rejalashtirish 
samaradorligini oshirish. 
O‗zbekiston 
iqtisodiyotini 
ilmiy-texnik 
xavfsizligini 
ta‘minlash borasida davlat siyosatining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak: 
1) ilmiy-texnik salohiyatni oshirish uni oqilona joylashtirish 
va undan samarali foydalanish; 
2) mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, eng muhim 
ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda fan va texnikaning 
qo‗shadigan hissasini oshirish; 
3) 
ilmiy-texnikaviy 
yutuqlarni hisobga olgan holda 
mahsulotlarning 
raqobatbardoshligini 
oshirishga 
yo‗naltirilgan 
moddiy 
ishlab 
chiqarish 
sohasida 
tarkibiy 
o‗zgarishlarni amalga oshirish; 
4) 
ekologik 
vaziyatni 
yaxshilash va davlatning axborot resurslarini himoya qilish; 
5) mamlakat mudofaa salohiyatini yaxshilash va shaxs, 
jamiyat hamda davlat xavfsizligini mustahkamlash; 
6) fan va ta‘lim integratsiyasini ta‘minlash. 
Belgilangan 
maqsadlarga 
erishish 
mamlakatning 
raqobatbardoshligini oshiradi, ya‘ni mamlakatning ilmiy-texnik, 
ijtimoiy, madaniy sohalarda boshqa davlatlarga nisbatan aniq 
ustunliklarga ega bo‗lishini ta‘min etadi. 
Fan va ta‘lim yutuqlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi manfaatlari yo‗lida keng foydalanish uchun markaziy 


258 
davlat va mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, shuningdek, ilm-
fan 
va 
tadbirkorlik 
hamjamiyatlarining 
sa‘y-harakatlarini 
birlashtirish muhim shartdir. Mamlakatni ilmiy-texnik jihatdan 
rivojlantirish ikkita muqobil ssenariy bo‗yicha amalga oshirilishi 
mumkin: 
1) texnologiyalar importi va qisman jahon ilm-faniga 
integratsiyalashgan 
ilmiy 
tadqiqotlar 
va 
ishlanmalarning 
rivojlanishi; 
2) ilmiy va texnik (texnologik) rivojlanishda an‘anaviy 
sohalarida va yangi texnologiyalar bozorlarida yetakchi o‗rinlarga 
erishish va integratsiyalashgan yaxlit milliy innovatsion tizimni 
yaratish. 
Birinchi ssenariyning afzalligi – 
tadqiqot va rivojlantirish uchun davlat 
va 
korporativ 
xarajatlarning 
kamayishidan iborat bo‗lsada, ammo 
bu 
uzoq 
muddatli 
istiqbolda 
mamlakatning texnologik mustaqilligi 
va raqobatbardoshligining yo‗qolishiga 
olib keladi. Ikkinchi ssenariy ko‗p xarajat talab qilsada, ammo 
ilmiy va texnik xavfsizlik sohasida yuzaga kelgan salbiy holatlarni 
yengib o‗tishga, davlat va biznesning innovatsion mahsulotlarni 
ishlab chiqish va joriy etish borasidagi sa‘y-harakatlarini 
birlashtirish asnosida innovatsion mahsulotlarning YAIMdagi 
ulushining o‗sishiga va mazkur ko‗rsatkichni dunyoning yetakchi 
mamlakatlari darajasiga yaqinlashishiga olib keladi. 
O‗zbekistonning 
barqaror 
rivojlanishi, 
mamlakat 
iqtisodiyotidagi tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash va yalpi ichki 
mahsulotning yuqori o‗sish sur‘atlariga ega davlatlar qatoriga 
qo‗shish, faqat ikkinchi ssenariy bo‗yicha bo‗lishi mumkin. 


259 
Shunday qilib, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tobora 
ko‗proq raqobatbardosh bozor faoliyatiga jalb qilinmoqda. 
Fundamental tadqiqotlar va uning yakuniy natijasi - ilmiy va 
texnik mahsulotlar iqtisodiyotning globallashuvi va bilimlar 
jamiyatining shakllanishi sharoitida davlatning geosiyosiy 
manfaatlarini amalga oshirishning eng muhim omiliga aylanadi. 
Hozirgi zamon sharoitida raqobatbardoshlikning yuksak 
darajasini ta‘minlaydigan innovatsion faoliyat iqtisodiy tizimni 
jadal barqaror rivojlantirishning asosi bo‗ladi. Innovatsion 
tizim xo‗jalik amaliyotida ilmiy tadqiqot va innovatsiya 
faoliyati 
natijalarini 
olish, 
o‗tkazish 
va 
ulardan 
foydalanishning 
samarali 
mexanizmlaridan 
foydalanish 
hisobiga mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish intensivligini 
oshirish imkonini beradi. 
O‗z navbatida,
 
quyidagilar O‗zbekistonda innovatsion 
salohiyat va innovatsion faoliyatni rivojlanishni to‗xtatib 
turuvchi asosiy muammolar hisoblanadi: 
1. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining 
hozirgi moliyalashtirilishi ilmiy-texnik ishlanmalarning zarur 
katta 
o‗sishini 
ta‘minlamaydi. 
Mamlakatdagi 
ilm-fan 
moliyalashtirish hajmlari bilan cheklangan. Respublikada 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
tajriba-konstruktorlik 
ishlarini 
moliyalashtirish 2017-yilda 70,7 mln. AQSH dollarini tashkil 
etdi (Shvetsiyada –16,2 mlrd. AQSH dollari, Rossiyada – 39,9 
mlrd. AQSH dollari, AQSHda – 599 mlrd. AQSH dollari). 
Tahlil ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari 
uchun xarajatlar ulushi o‗sishida uning YaIM hajmidagi ulushi 
0,2% bilan o‗zgarmay qolganligini ko‗rsatmoqda. Bu qiymatni 
yetarli 
deb 
bo‗lmaydi, 
chunki 

jahonning 
ko‗plab 
mamlakatlari ko‗rsatkichidan ancha past (jahon bo‗yicha 


260 
o‗rtacha 
2-3%). 
Bunda 
YuNESKO 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarga ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari 
uchun xarajatlarni YaIMga nisbatan 1 foizga yetkazishga 
tavsiya qiladi. 
2. Davlat sektori ulushi kattaligi va ilmiy tadqiqotlarni 
moliyalashtirish umumiy hajmida ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari uchun xarajatlar tuzilmasida tadbirkorlik 
sektori ko‗rsatkichi yetarlicha baland emasligi qayd etilmoqda. 
Bunda davlatning ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‗quv 
yurtlari ilmiy tadqiqotlarda bu investitsiyalarni sifat jihatidan 
o‗zlashtira olmaydi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlari uchun xarajatlarni davlat sektoridan tadbirkorlik 
sektoriga 
qayta 
taqsimlash 
jarayoni 
yuz 
bermoqda. 
Korxonalarning 
ilmiy 
tadqiqot 
institutlari va oliy o‗quv yurtlari 
tadqiqotlaridan 
manfaatdorligi 
sustligicha qolmoqda. 
3. Innovatsiyalarni joriy etgan 
korxonalar darajasi mamlakatda jahondagi baholarga nisbatan 
ancha kam – 0,34% (jahon bo‗yicha o‗rtacha 40%). Yangi 
texnologiyalarni 
tijoratlashtirishdagi 
qiyinchiliklar 
texnologiyalar 
transferining 
rivojlangan 
tizimi, 
tegishli 
me‘yoriy-huquqiy baza hamda ilm-fan va ishlab chiqarish 
hamkorligi tajribasi yo‗qligi bilan bog‗liq. 
4. Innovatsion ishlanmalarga investitsiyalar jalb qilish 
mexanizmlari hali ham takomiliga yetkazilmagan. Jahon 
amaliyotida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, texnologiyalar 
transferi bo‗yicha agentliklar eng samarali mexanizmlar 


261 
hisoblanadi. Respublikada bu mexanizmlar deyarli mavjud 
emas. 
5. Innovatsiya infratuzilmasi va innovatsion faoliyat 
sohasidagi axborot maydoni bilan bog‗liq masalalar tobora 
chuqurlashmoqda. Bu, o‗z navbatida, milliy innovatsion 
tizimning susayishiga sabab bo‗lmoqda. 
6. Innovatsion rivojlanish ko‗proq Toshkent shahrida, 
Toshkent viloyati va qisman Andijon viloyatida kuzatilmoqda. 
Qolgan hududlar faqat yirik investitsiya loyihasini amalga 
oshirish 
yoki 
innovatsion 
faoliyatga 
investitsiyalarni 
o‗zlashtirish davrida faollik ko‗rsatmoqda, bu esa, o‗z 
navbatida, mamlakat boshqa hududlarining oqsashiga sabab 
bo‗lmoqda. 
7. 
Ilmiy-texnik 
axborotni 
hududlararo 
almashish 
mexanizmi ishlab chiqilmagan (talab, taklif). 
2030-yilgacha bo‗lgan 
istiqbolli 
davrda 
respublikada 
jahonning 
ijobiy tajribasini hisobga 
olib, 
milliy 
innovatsion 
tizim 
(MIT) 
asoslarini 
shakllantirish orqali ilmiy-
texnik 
va 
innovatsion 
faoliyatni 
jadal 
rivojlantirish bo‗yicha choralar ko‗rish nazarda tutilmoqda. 
Hozirgi zamon sharoitlarida quyidagi elementlar bilan 
innovatsion rivojlantirish aralash strategiyasi O‗zbekistonda 
MITni shakllantirish va rivojlantirishning maqbul yo‗nalishiga 
aylanishi kerak: a) xorijiy texnologiyalarni o‗zlashtirish va 
moslashtirishh; b) o‗z innovatsiya salohiyatini boyitish. 


262 
Shu munosabat bilan respublikada zamonaviy davlat 
ilmiy-texnik va innovatsion siyosatni ishlab chiqish hamda 
amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Jumladan, 2017-
2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida 
quyidagilarga qaratilgan vazifalar belgilab olindi: 
1. Yuqori texnologik qayta ishlash tarmoqlarini, eng 
avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash 
asosida yuqori qo‗shilgan qiymatga ega bo‗lgan tayyor 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
bo‗yicha 
tarmoqlarni 
jadal 
rivojlantirishga qaratilgan sanoatni sifat jihatidan yangi 
darajaga o‗tkazish orqali yanada modernizatsiyalash va 
diversifikatsiyalash. 
2. Mahsulot va texnologiyalarning mutlaqo yangi turlarini 
ishlab chiqarishni o‗zlashtirish, shu asosda tashqi va ichki 
bozorlarda 
mamlakatimiz 
tovarlari 
raqobatbardoshligini 
ta‘minlash. 
3. 
Ilmiy 
tadqiqot 
va 
innovatsion 
faoliyatni 
rag‗batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga 
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta‘lim 
muassasalari 
va 
ilmiy 
tadqiqot 
institutlarida 
ilmiy-
eksperimental 
ixtisoslashtirilgan 
laboratoriyalar, 
yuqori 
texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin