See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224
30 06 2022 . (1)

9.2-§. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar 
Iqtisodiy lug‗atda, «moliyaviy xavfsizlik» tushunchasi 
mamlakat, hudud moliya tizimlarining, moliyaviy inqiroz, defolt, 


240 
moliyaviy oqimlar harakatining buzilishi, iqtisodiy faoliyatning 
asosiy ishtirokchilarini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashdagi 
uzilishlar, pul muomalasi barqarorligini buzilishining yuzaga 
kelishini oldini olish imkonini beradigan barqaror, ishonchli 
faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yaratish sifatida talqin 
etilgan. 
Moliyaviy 
xavfsizlik 
o‗z ichiga, makrodarajada 
mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan 
hamda 
mikrodarajada 
xo‗jalik 
yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy faoliyatini amalga oshirish bo‗yicha 
chora-tadbirlar, usul va mablag‗lar to‗plamini oladi. 
Makrodarajada 
moliyaviy 
xavfsizlikni, 
tinchlik 
va 
favqulodda vaziyatlar sharoitida davlatning ichki va tashqi salbiy 
moliyaviy ta‘sirlar hamda davlatning 
iqtisodiy 
va 
harbiy 
xavfsizlik 
darajasini yetarli miqdorda qo‗llab-
quvvatlash 
uchun 
mamlakatning 
iqtisodiy talablarini zamonaviy va 
mukammal 
moliyaviy 
ta‘minlash 
qobiliyati sifatida ko‗rish mumkin. 
Moliyaviy xavfsizlik, mamlakat va uning alohida olingan 
fuqarolarini milliy g‗oya va milliy manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan davlatning mustaqil moliyaviy siyosatini olib borish 
uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash 
– davlatning moliya sohasi barqarorligiga tahdid soluvchi 
tavakkalchiliklarni, milliy qadriyat va manfaatlarni himoya 
qilishni ko‗zda tutgan holda, boshqarish faoliyatidir. Zamonaviy 
sharoitda, moliyaviy xavfsizlik muammosini tahlil qilishda, 
moliyaviy sohada milliy manfaatlar tushunchasi quyidagilarni o‗z 
ichiga oladi: 


241 

mamlakatning moliya-kredit tizimini muvaffaqiyatli olib 
borishda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; 

davlat moliya nazoratining samarali tizimini yaratish; 

davlat xarajatlari va byudjet resurslarini mutanosibligini 
ta‘minlash; 

maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirishni 
optimallashtirish; 

ilmiy 
va 
yuqori 
texnologik 
sohalarni 
maqsadli 
investitsiyalash; 

bozorda erkin raqobatni ta‘minlash uchun yetarli sharoit 
yaratish; 

milliy iqtisodiyotga jahon inqirozlari ta‘siri darajasini 
pasaytirish; 

inflatsiya darajasini pasaytirish va milliy valyutaning 
barqarorligini ta‘minlash; 

kapitalni chetga noqonuniy olib chiqishiga qarshi choralar 
ko‗rish; 

iqtisodiyotning 
real 
sektoriga 
uzoq 
muddatli 
investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar. 
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasi – bu davlat va moliya 
tashkilotlarining, iqtisodiy hamda bank-moliya tuzilmalarining 
O‗zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va birligi, moliyaviy 
barqarorlikni ta‘minlash hamda iqtisodiy o‗sishga qaratilgan 
siyosiy va iqtisodiy faoliyat yo‗nalishi bo‗lib hisoblanadi. 
Moliyaviy 
xavfsizlik 
strategiyasining 
asosiy 
jihatlari 
quyidagilardan iborat: 

qisqa va uzoq bozor davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning 
aniq 
sharoitlarida 
moliyaviy 
xavfsizlik 
strategiyasining maqsadlari va vazifalarini belgilash; 

tanlangan strategiyaning vosita va instrumentlari; 


242 

iqtisodiy o‗sishni qayta tiklashning moliyaviy shart-
sharoitlari hamda resurslarini shakllantirishning yo‗llari va 
yo‗nalishlari;

moliyaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi vositalar va uning 
yo‗nalishlari. 
Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar: 

davlat 
qarzi 
va 
byudjet 
taqchilligining 
xavfsizlik 
chegaralarini aniqlash; 

pul-valyuta tavakkalchiliklarini sug‗urtalash; 

moliyaviy oqimlarning samaradorligi; 

O‗zbekiston 
Respublikasi 
moliya 
tizimining 
xavfsizligini 
mustahkamlashga 
qaratilgan qonunlarni qabul 
qilish; 

iqtisodiy 
subyektlarning moliyaviy 
operatsiyalari 
ustidan 
nazorat o‗rnatish. 
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasining asosiy maqsadi - 
moliyaviy resurslar va oqimlar harakatini tor bo‗g‗inlardan real 
sektorni to‗la qoplaydigan keng tizimga o‗tkazish.
Respublika va mintaqa miqyosida moliyaviy xavfsizlikni 
ta‘minlash 
mexanizmini 
shakllantirish 
bo‗yicha 
joriy 
strategiyasining asosiy vazifasi quyidagi maqsadlarga erishishga 
yo‗naltirilgan: 

real sektorning moliya sohasini ichki xo‗jalik zaxiralari 
hisobiga jonlantirish; 


243 

moliya tizimining barcha bo‗g‗inlari: byudjet, soliq-kredit 
tizimini, fond bozorlari, sug‗urta tizimi, valyuta va boshqa 
tuzilmalarning mutanosib faoliyatini ta‘minlash; 

ishlab chiqarishning investitsion salohiyatini shakllantirish 
va uni maqsadli ishlatilish va investitsion jarayonlarni jonlantirish; 

yangi texnik asosda kapitalni jamg‗arish va qoplash; 

kapitalni tarmoqlararo va tarmoq ichidagi raqobat 
mexanizmini shakllantirish; 

spekulyativ bank va savdo kapitalining sanoat kapitaliga 
nisbatan ustuvorliklarni bartaraf etish; 

iqtisodiyot bo‗yicha asosiy korxonalar o‗rtasidagi og‗ir 
moliyaviy qiyinchiliklarning asosiy omili bo‗lgan qarzdorlik 
inqirozini hal etish.
O‗z mohiyatiga ko‗ra moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar ichki 
va 
tashqiga 
bo‗linadi. 
Moliyaviy 
tahdidlarning 
mavjud 
bo‗lishining asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi: 

davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatining samarasizligi; 

davlatning moliyaviy tizimida resurslarni boshqarishda 
iqtisodiy jinoyatchilik, moliyaviy resurslarni talon-toroj qilishlar 
va h.k. mavjudligi; 
Tashqi moliyaviy tahdidlarning mavjud bo‗lishining asosiy 
ichki omillarga quyidagilar kiradi: 

jahon 
moliyaviy 
bozorlarining 
globallashuvi 
va 
integratsiyalashuvi hamda transmilliy iqtisodiy aloqalarning 
shakllanishi; 

kapitalning 
asosiy 
qismini 
mobilligi 
va 
ularning 
markazlashganligi; 

jahon 
iqtisodiyotida 
transmilliy 
kompaniyalarning 
hukmronligi va ta‘sirining kuchayishi; 


244 

zamonaviy axborot texnologiyalar asosida moliyaviy 
resurslar harakatini nazorat qilish imkoniyati; 

jahonda davlatlar o‗rtasida moliyaviy sohada raqobatning 
kuchayishi. 
Pul muomalasi tovarlar va xizmatlar aylanmasiga vositachi 
sifatidagi pul harakatini ifodalaydi. Pul aylanmasi tovarlarni sotish 
hamda tovarlar harakatiga xizmat qiladi. Pul tizimining eng 
muhim komponentlari quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 

milliy pul birliklari bo‗lib, ularda tovar va xizmatlarning 
narxlari ifodalanadi; 

kredit va qog‗oz pullar, monetalar qonuniy to‗lov vositalari 
hisoblanadi; 

pul emissiyasi tizimi, ya‘ni 
pulni muomalaga chiqarishning 
qonuniy o‗rnatilgan tartibi; 

pul muomalasini tartibga 
soluvchi 
davlat 
boshqaruv 
organlari. 
Pul 
muomalasidagi 
qonunbuzarlik, jinoiy, o‗g‗rilik holatlarining vujudga kelishiga 
quyidagilar qulay sharoit yaratadi: 

inflatsion jarayonlarning kuchayishi; 

daromadlarni deklaratsiya qilish tiziminining yetarli 
rivojlanmaganligi; 

xorijiy valyutalar muomalasining tartibga solinmaganligi; 

bank 
va 
moliyaviy 
muassasalar 
tomonidan 
pul 
mablag‗larini huquqiy himoya qilishning bo‗shlig‗i; 

hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmagani hamda 
pul to‗lovlari muddatlarining atayin cho‗zib yuborilishi holatlari. 
O‗tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda nodavlat 


245 
bank tizimi va fond birjalari, investitsion fondlarning rivojlanishi 
hamda davlat nazoratining yetarli darajada emasligi turli 
kriminogen omillarni vujudga keltiradi: 

davlatning pul-kredit siyosatidagi ziddiyatlar, moliyaviy 
munosabatlarni tartibga solishdagi uzilish va kamchiliklar; 

pul-kredit tuzilmalarini tashkil etish va ularni tugatishga 
bo‗lgan talablar hamda xo‗jalik subyektlari bilan o‗zaro 
munosabatlari 
tartib-qoidalarining 
yetarli 
darajada 
takomillashmaganligi; 

dastlabki bank kapitali manbaining qonuniyligini huquqiy 
jihatdan nazorat qilishning mavjud emasligi; 

jinoiy yo‗llar bilan topilgan mablag‗larni legallashtirishga 
to‗sqinlik qiluvchi mexanizmning mavjud emasligi; 

banklar 
o‗rtasidagi 
o‗zaro 
hisob-kitoblarning 
takomillashmaganligi. Tovlamachilik, jinoiy harakatlarga sabab 
bo‗luvchi tashkiliy-xo‗jalik omillari va shart-sharoitlari ham 
mavjud bo‗lib, ularning ba‘zilari quyidagilarda o‗z ifodasini 
topgan: 

to‗lov hujjatlaridan foydalanadigan banklarni saqlash 
ustidan nazoratning yo‗qligi; 

banklarning soxta muhr, shtamp va hujjat nusxalarini 
kompyuter yordamida tayyorlash imkoniyatlarining mavjudligi; 

bankning mansabdor shaxslari tomonidan naqd pul berishni 
cheklovchi 
qoidalarning 
buzilishi, 
avizolarni 
oldindan 
tekshirmasdan tushgan mablag‗larning imtiyozli konvertatsiya 
qilinishi; 

tijorat banklarining ayrim rahbarlari tomonidan noqonuniy 
operatsiyalarni yashirish, keyinchalik tushgan pul mablag‗larini 
huquqiy shaxs maqomidagi mijozlarning hisob raqamlariga 
ko‗chirish hollari; 


246 

tijorat banklarining ayrim rahbarlari o‗z hisoblariga to‗lov 
hujjatlarining haqiqiy yoki soxtaligidan qat‘i nazar katta miqdorda 
pul mablag‗larining kelib tushishidan manfaatdor bo‗ladilar. 
Chunki pul ko‗chirganlik yoki uzatilganligi uchun ular katta 
miqdorda komission haq oladilar. Jinoiy xatti-harakatlarning 
oldini olish, ularga qarshi kurashish uchun maxsus xavfsizlik 
xizmatlarini tashkil etish hamda xavfsizlikni ta‘minlashga katta 
e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin