See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-jadval  Aholi daromadlari darajasi va ularning tabaqalanishini aks



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224
30 06 2022 . (1)

8.4-jadval 
Aholi daromadlari darajasi va ularning tabaqalanishini aks 
ettiruvchi ko‗rsatkichlarning chegaraviy qiymatlari 
Indikatorlar
Chegaraviy 
qiymat
Izoh 
Aholining 
umumiy 
sonida 
yashash 
minimumidan past daromadga ega bo‗lgan 
aholi ulushi 
7% 
Ko‗p emas 
Aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi daromad 
darajasining yashash minimumiga nisbati
5-6 barobar Kam emas 
10 foiz eng yuqori daromadga ega 
bo‗lganlar daromadlarining 10 foiz eng past 
daromadga ega bo‗lganlar daromadiga 
nisbati (fondlar koeffitsiyenti) 
6-12 
barobar
Keltiril 
gan 
qiymatlar 
doirasida 
Iqtisodiy tanazzul sharoitida qashshoqlikning o‗sishi real 
daromadlarning kamayishi oqibatida kelib chiqsada, daromadlar 
tabaqalanishining kuchayishi avval o‗rtacha daromadga ega 
insonlarning qashshoqlik holatiga tushib qolishlariga zamin 
yaratib beradi. Qashshoqlik iqtisodiy, madaniy va psixologik 
ildizlarga ega bo‗lgan murakkab ijtimoiy hodisadir, uning 
xususiyatlari mamlakat rivojlanishining tarixiy sharoitlari bilan 
ham bog‗liqdir. 
O‗zbekistonda kambag‗allikning tez sur‘atlar bilan o‗sishi, 
birinchi navbatda, aholini ijtimoiy himoya qilishning samarasiz 
tizimi sharoitida, XX asr oxiridagi tub ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning dastlabki bosqichida bandlikning qisqarishi, 


227 
ishsizlikning paydo bo‗lishi va mehnat daromadlarining keskin 
kamayishi bilan bog‗liq. 
Qashshoqlik, ayniqsa, iqtisodiyotning davlat sektorida, 
qishloq joylarda va kichik shaharlarda, ko‗p bolali va to‗liq 
bo‗lmagan 
oilalarda 
band 
bo‗lgan 
fuqarolarga 
xosdir. 
Kambag‗allik nafaqat iste‘mol qilinadigan iste‘molning past 
darajasi, balki umuman past darajadagi mulk, ayniqsa, uy-joy, 
odamlarning ta‘minoti bilan bog‗liqdir. Kambag‗allik darajasiga 
nafaqat obyektiv omillar, balki subyektiv omillar ham ta‘sir 
ko‗rsatmoqda: 
sog‗liqning 
yomonligi, 
ma‘lumotning 
yetishmasligi, mehnat bozorida raqobatbardoshlikning pastligi, 
oilaviy hayotning past sifati, ijtimoiy patologiyalar va boshqalar.
Prezidentning tashabbusi bilan 
«
Saxovat va ko‗mak» 
jamg‗armasi tashkil etildi. 2020-yilning 10-iyun holatiga 
―Mahalla‖ fondining ―Saxovat va ko‗mak‖ jamg‗armasi maxsus 
hisob raqamiga respublika bo‗yicha jami 194,6 mlrd. so‗m (15,2 
mln. funt) xayriya mablag‗lari kelib tushdi. Shu kunga qadar esa, 
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va hokimliklarning qarorlari 
bilan 300 383 ta oilaga 118,99 mlrd.
 
so‗m moddiy yordamlar 
ko‗rsatildi. 67 300 ta oilaga 71,1 mlrd.so‗m miqdorida naqd pul 
ko‗rinishda (o‗rtacha har bir oilaga 100 doll.dan ko‗proq) 
mablag‗lar berildi
1

Mahalla va oilani qo‗llab-quvvatlash vazirligi hamda 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas‘ul idoralar 
tomonidan joriy yilda moliyaviy yordam va ko‗makka muhtojlar 
ro‗yxati, ya‘ni ―temir daftar‖ tuzildi. Jami mazkur ro‗yxatlarga 1,7 
milliondan ortiq a‘zosi bo‗lgan 400 mingdan ko‗proq oila kiritildi. 
Ushbu oilalarga bir martalik ko‗mak berish uchun O‗zbekiston 
1
Tulyakov E. COVID-19: O‗ZBЕKISTON TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN 
CHORALAR // https://strategy.uz/index.php?news=1013
 


228 
Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida 
yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qo‗llab-
quvvatlash bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida» 2020-
yil 30-iyuldagi PF–6038-sonli Farmoni bilan respublika 
byudjetidan 380 milliard so‗m mablag‗ ajratildi. Moddiy ko‗mak 
miqdori har bir oila a‘zosi uchun 220 ming so‗m miqdorida etib 
belgilandi. 
2020-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‗ra, aholining 
umumiy daromadlari 401,5 trln. so‗mni tashkil etdi. Aholi 
daromadlari bo‗yicha real o‗sish sur‘atlarini hisoblashda narx 
omillari ta‘sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflatsiya 
ko‗rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste‘mol narxlari 
indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste‘mol narxlarining o‗zgarishi 
sababli o‗tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy 
daromadlarining real o‗sish sur‘ati 102,6 % ni tashkil etdi. 2020-
yilning yanvar-dekabr oylarida aholi umumiy daromadlarining 
74,5 % ini birlamchi daromadlar tashkil qilgan bo‗lsa, 25,5 % i 
transfertlardan olingan daromadlar hissasiga to‗g‗ri keldi. 
2020-yilning 
yanvar-dekabr 
oylarida 
aholi 
umumiy 
daromadlarining katta qismi yollanma ishchilarning daromadlari 
va mustaqil ravishda band bo‗lishdan olingan daromadlarni o‗z 
ichiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan (jami 
aholi umumiy daromadlarining 69,3 % i) shakllandi. Aholi 
umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste‘mol uchun o‗zida 
ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 2,2 
%, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 3,0 %, 
transfertlardan olingan daromadlar ulushi 25,5 % ni tashkil qildi. 
2020-yilning yanvar-dekabr oylari ma‘lumotlariga ko‗ra, 
transfertlardan olingan daromadlarning 2019-yilning mos davriga 
nisbatan nominal o‗sish sur‘ati 117,6 % ni tashkil etdi. aholining 


229 
umumiy 
daromadlari 
hajmida 
transfertlardan 
olingan 
daromadlarning ulushi 25,5 % ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan 
davrda ijtimoiy transfertlarning o‗sish sur‘ati 123,2 % ni tashkil 
etdi va bunga ijtimoiy transfertlar tarkibida 81,5 % ulushga ega 
bo‗lgan pensiyalar asosiy ta‘sir ko‗rsatdi. 2019-yilning mos davri 
bilan taqqoslaganda pensiyalarning o‗sish sur‘atlari 121,3 % ni 
tashkil etdi. O‗tgan davr mobaynida pensiya, nafaqa va 
stipendiyalarning o‗zgarishi aholi umumiy daromadlarining 2,3 % 
ga o‗sish imkonini berdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Oliy Majlisga murojaatnomasida ―

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin