Birinchidan,
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan va yoki
bozorga olib chiqilayotgan barcha mahsulotlar, xizmatlar,
jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan)
bo‗lishi lozim.
Ikkinchidan,
yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish yoki
shaxsiy iste‘mol ehtiyojlarini qondira olishi va ayni paytda
kiritilgan yangilik aniq bir tovar, xizmat yoki jarayonda o‗z aksini
topgan bo‗lishi talab etiladi.
Uchinchidan,
yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos
kelishi, tijorat jihatdan o‗zini oqlashi va pirovardida ishlab
chiqaruvchilar talabini qondirish kerak.
266
Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual
salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi,
tovar yaratishdan tortib, u iste‘molchiga yetib borguniga qadar
barcha
bosqichlar
demakdir.
Ushbu
yo‗nalishlardagi
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi
vazifasini
o‗taydi. Zero, bugungi sharoitda innovatsion,
intellektual bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini
mujassam etgan yuqori fan sig‗imiga ega texnologik iqtisodiyot
raqobatbardoshdir.
Innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish
quyidagilarga imkon beradi:
yangi
yoki
takomillashtirilgan
texnologiyalar,
mahsulotlar, asbob-uskunalar, materiallar va h.k. joriy qilish
hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o‗sishini
ta‘minlash;
innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol
korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20%igacha yetkazish,
ya‘ni Yevropa ko‗rsatkichlariga yaqinlashtirish;
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‗shimcha
ish o‗rinlari yaratish;
ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning
yangi sxemalarini joriy qilish hisobiga innovatsion sohaga
qo‗shimcha resurslar jalb qilish;
zaruriy
innovatsion
infratuzilma
(texnoparklar,
innovatsion-texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik
korxonalar va b.), innovatsion faoliyat subyektlarini iqtisodiy
qo‗llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini
tartibga soluvchi qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy asoslar
shakllantirish;
267
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlash tizimlari yaratish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan
qo‗llab-quvvatlash
va
innovatsion
loyihalarni
boshqarish
tizimlarini yaratish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab
chiqarishning texnik darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika
mahsulotlarini yanada siljitish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va
tarmoqlararo kooperatsiya ilg‗or tajribalari va ustunliklaridan
maksimal darajada foydalanish.
Xorijiy
mamlakatlarda
davlatning
innovatsion
siyosatini
rag‗batlantiruvchi
turli
xil
strategiyalar,
tashkiliy-iqtisodiy
tamoyillar shakllangan va bugun
ularga amalga qilinmoqda. Hozirgi
kunda ilmiy tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini
moliyalashtirish
mexanizmlari,
shuningdek,
intellektual
mulkchilikka huquq shakllarini qo‗llashga asoslangan davlat
siyosatini yuritish keng tarqalgan. Davlat tomonidan fan va ishlab
chiqarishdagi innovatsiyalarni qo‗llab-quvvatlash – qishloq
xo‗jaligini byudjet tomonidan moliyalashtirishning eng samarali
usullaridan
biri
hisoblanadi.
Ushbu
sohaga
kiritilgan
investitsiyalar istiqbolli va o‗z-o‗zini yuqori darajada qoplash
imkoniyatiga ega (70 foizgacha)dir.
Turli mamlakatlar hukumati ilmiy tadqiqot va innovatsion
faoliyatni moliyalashtirish uchun katta hajmda investitsiya
sarflamoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari ilmiy tadqiqot
268
va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun o‗rtacha YaIMga
nisbatan 1,97%, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga
kiruvchi mamlakatlar – YaIMning 2,4%ini yo‗naltiradi. Bu borada
lider mamlakatlar – Finlyandiya, Isroil, Koreya bo‗lib, mos
ravishda innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar o‗rtacha YaIMga
nisbatan 3,55%, 4,2% va 4,36%ni tashkil etadi.
AQSHda agrar sohadagi fan va innovatsiyalarni rivojlantirish
maqsadida davlat katta sarmoya sarflaydi: bu ko‗rsatkich yiliga
qariyb 1 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‗lar
federal byudjet (yarmidan kami) va shtat mablag‗lari (qolgan
qismi) hisobidan moliyalashtiriladi. Qonunga asosan, federal
mablag‗lar shtatlarga davlat tomonidan ajratilgan mablag‗dan kam
bo‗lmagan
hajmda,
shtat
mablag‗idan
pul
ajratilgan
taqdirdagina
ajratiladi.
Ayrim
shtatlarda
fan-texnika
va
innovatsiyalarga
ajratilgan
jami
mablag‗ning
60%ni
shtat
mablag‗lari tashkil etadi. Qisman
davlat tomonidan nazorat qilinsa-da, mablag‗larni qay bir sohaga
yo‗naltirishni shtatlarning o‗zi belgilaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda infratuzilma sohasini innovatsion
rivojlantirishda yangi texnologik park (texnopolis, innovatsion
markazlar, inkubator va boshqalar) tuzilmalarini tashkil etish va
qo‗llab-quvvatlashda hududiy davlat organlarining roli kattadir.
Shtat va boshqa davlat organlari, odatda, infratuzilmani
moliyalashtiradi, yer uchastkalarini imtiyozli shartlar asosida
taqdim etadi va loyihalarga subsidiyalar ajratadi (Germaniya,
Shveysariya, Avstriya tajribalari).
269
Texnoparklarni
rivojlantirishning
Yevropa
tajribasidan
ko‗rish mumkinki, ular davlat tomonidan moliyalashtirilishi katta
ahamiyatga ega. Markaziy va mahalliy byudjetlardan infratuzilma
tarmog‗ini
rivojlantirish
hamda
texnoparklar
qurishni
moliyalashtirish rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagicha:
Fransiyada – 74%, Germaniyada – 78%, Belgiyada – 100%,
Niderlandiyada – 70%, Buyuk Britaniyada – 62%.shuningdek,
rivojlangan mamlakatlar klaster tizimlari orqali innovatsiyalar
joriy etishni keng qo‗llamoqda. Ma‘lumki, ilgari ilmga asoslanib
klasterlar yaratish faqat industrial mamlakatlarga xos edi. Hozirgi
kunda esa boshqa rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan,
agrar-industrial mamlakatlarda ham
bu tizim mavjud.
Milliy
innovatsiya
tizimlari
(MIT) aksariyat hollarda texnologik
ukladlar almashinadigan davrlarda
shakllanadi.
Milliy
innovatsion
tizimni
―innovatsion
jarayonlarga
ta‘sir
ko‗rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va
amalga
oshirish
uchun
asos
yaratuvchi
va
yangi
texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki
alohida ulush qo‗shuvchi turli xil institutlarning umumiyligidir.
Bu – yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi
vositalar, ko‗nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert
qilish uchun zarur bo‗lgan o‗zaro bog‗liq institutlar tizimidir.
Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori
bo‗lgan
bilimlarni
shakllantirish,
tarqatish
va
ulardan
foydalanishda
o‗zaro
hamkorlik
qiluvchi
unsurlar
va
munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy
270
davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan
boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o‗z ichiga qamrab oladi.
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida
ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro‗yobga chiqarish va
tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o‗zaro bog‗liq bo‗lgan
tuzilmalar majmuasidir. MIT o‗ziga ikki tarkibiy bo‗linmani
qamrab
oladi:
ilmiy
ishlab
chiqarish
va
institutsional.
Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini
va innovatsion siyosatini ta‘minlaydi.
Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion
korxonalar hamda ularning faoliyat ko‗rsatishining asosiy
bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab
topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash)
infratuzilmaga mansub bo‗lgan davlat, ilm-fan va biznesning
kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o‗z ichiga
oladi. Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy siklini
qo‗llab-quvvatlaydigan shunday institutsional tuzilmani vujudga
keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida
muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning
institutsional ―karkasini‖ qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni
uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin
bo‗ladi.
MIT – bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va
texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan
band bo‗lgan o‗zaro bog‗liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni
chog‗da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an‘analar, siyosiy va
madaniy o‗ziga xosliklarga ega bo‗lgan innovatsion investitsion
jarayonlarning amalga oshishini ta‘min etuvchi huquqiy,
moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir.
271
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti
sifatida davlatning o‗rnini anglab olish o‗ziga xos alohida
e‘tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida
innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha
elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog‗liq
bo‗lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo‗ladi.
Keltirilgan
MIT
sxemasida
innovatsion
korxonalar
innovatsiyalarni yaratuvchi, ya‘ni ―yaratuvchi‖ korxonalarga va
bu ishlanmalardan o‗z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion
investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini
―amaliyotchi‖lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion
tizimda
innovatsiyalarning
hayotiylik
siklining
barcha
bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli
vazifalarni bajaradi.
―Amaliyotchi‖ korxonalar agar ―yaratuvchi‖ korxonalarga
o‗zlari uchun zarur bo‗lgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni
buyurtma qilsalar, u holda ularni ―Mijozlar‖ toifasiga kiritish
mumkin bo‗ladi. Ushbu holatda ―yaratuvchi‖ korxonalar va
mijozlar o‗rtasidagi aloqalar ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik
ishlarini moliyalashtirish uchun bitimlar tuzilishini ko‗zda tutadi.
Amaliyotchi
korxonalar
―yaratuvchi‖
korxonalarning
mijozlari bo‗lmagan holatlarda, ular ham mijozlar kabi ixtiro
qilingan innovatsiyalardan foydalanish va ularning tarqatilishiga
birdek
mas‘ul
bo‗ladilar.
Innovatsiyalarning
tarqatilishi
deyilganda innovatsion tovarni bozor tomon harakati emas, balki
innovatsion
investitsion
korxonalar
yaratuvchilar
mehnati
natijasidan qancha ko‗p korxonalar foydalanayotganliklarini
nazarda tutadi, tabiiyki, ushbu vaziyatda innovatsiyalarning
tarqalish maydoni shuncha katta bo‗ladi.
272
Har qanday innovatsion korxona uchun kun tartibidagi eng
dolzarb masalalardan biri, bu albatta, moliyalashtirish manbalarini
izlab topish bilan bog‗liqdir. Moliyalashtirish manbalari sifatida
kredit muassasalari, fond bozorlari, venchur fondlari va biznes-
farishtalar (business angel) ishtirok etishlari mumkin. Innovatsion
korxonalar moliyalashtirish manbalariga pul mablag‗laridan
foydalanganlik uchun o‗ziga xos haq to‗lov to‗laydilar.
Moliyalashtirish manbai bank bo‗lgan holatlarda esa, bunday
to‗lov foiz stavkasi hisoblanadi.
Innovatsion investitsion korxonalarning o‗zlari ham o‗z
mablag‗lari hisobiga ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini
moliyalashtirishlari va mustaqil ravishda ularni bozorga joriy
etishlari mumkin. Ushbu holatda mijoz sifatida buyurtmachilar
emas, balki tovar va xizmatlarning yakuniy iste‘molchilari
tushuniladi, chunki korxona faoliyatining natijasi bo‗lib, boshqa
biror-bir mahsulotning tarkibiy qismi sifatida foydalanishni
nazarda tutmaydigan tugallangan pirovard mahsulot hisoblanadi.
Agar innovatsion korxonalar tomonidan mustaqil amalga
oshirilayotgan va hali joriy etish bosqichiga o‗tmagan ilmiy
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e‘tibor qaratadigan
bo‗lsak, u holda ularga nisbatan xatti-harakatlar huquqni
himoyalovchi hujjatlar patent, litsenziyalar berish orqali mulk
huquqini himoyalash bilan cheklanadi.
Kredit muassasalari taqdim etilgan pul mablag‗laridan
foydalanganlik uchun oladigan to‗lovlarini pasaytirish evaziga
innovatsion
korxonalar
faoliyatini
rag‗batlantirishlari
va
pirovardida ular faolligini oshirishlari mumkin.
Innovatsion loyihalarni kreditlash borasida fond bozorini
kredit muassasalarining muqobili sifatida ko‗rsatishimiz mumkin.
Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida
273
shunday muhim xulosaga kelish mumkinki, innovatsion
loyihalarni kreditlash borasida yuqorida sanab o‗tilgan ikki
muqobil o‗rtasidagi farq shundan iboratki, innovatsion loyihalarni
moliyalashtirish uchun fond bozori yetarlicha rivojlangan bo‗lishi
lozim, zero, fond bozori uchun doimo yuqori xatar va
tavakkalchilik darajasi xosdir. Fond bozorining rivojlanganligi
esa, milliy xo‗jalikning xalqaro raqobat mexanizmiga qo‗shilishi
bilan bevosita bog‗liqdir. Tadqiqotlarga ko‗ra texnologik
rivojlanish darajasi birmuncha past bo‗lgan mamlakatlarda fond
bozorlarining yopiqligi natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlar
unchalik ham katta emas. Taraqqiy etgan innovatsion tizimlarda
fond bozorlari resurslaridan ham keng foydalaniladi.
Innovatsion tizim rivojlanishida moliya bozorlarining o‗rni
katta bo‗lsa-da, aytish lozimki, innovatsion tizimning intensiv
rivojlanishining zarur va eng muhim shartlaridan biri, bu xususiy
mulk tamoyillarini amalda ro‗yobga chiqarishdir. O‗zbekistonning
MITini faoliyat ko‗rsatish modelida xususiy mulk tamoyillarini
ro‗yobga chiqarish, mulk huquqini himoyalashni ifoda etuvchi
davlat va innovatsion investitsion korxonalarning o‗zaro
bog‗liqligi sifatida aks ettirilgan. Bunda davlatning asosiy
iqtisodiy vazifasi bu – mulk huquqini alohidalashtirish, uning
qonuniy kafolatlarini va shuningdek, tovarlar bozori agentlari
o‗rtasida qonuniy bitimlarni amalga oshirishda vujudga keladigan
mulk huquqi borasidagi o‗zgarishlarni himoya qilishdan iboratdir.
O‗zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimi
chizmasida mahalliy va markaziy davlat boshqaruvi organlarining
barchasi davlat sifatida tushuniladi. Davlat o‗zining asosiy
iqtisodiy vazifalarini bajarayotganligi uchun, barcha korxonalarda
bo‗lgani
kabi,
innovatsion
korxonalardan
ham
soliqlar
ko‗rinishida to‗lovlar undiradi. Davlat subvensiyalar, grantlar
274
ajratib, biznes-inkubatorlar xizmatini taklif eta borib, innovatsion
korxonalar faoliyatiga ko‗maklashadi. Davlat, shuningdek, yangi
iqtisodiy xulq qoidalarini ishlab chiqishi yoki mavjudlarini
o‗zgartirishi ham mumkin.
MITda oliy ta‘lim muassasalari innovatsion faoliyat bilan
shug‗ullanadigan bo‗lsa, u holda, u innovatsion investitsion
korxonaning faoliyat ko‗rsatish shakllaridan biri sifatida mazkur
sxemada ―innovatsion investitsion korxona‖ elementida aks
ettiriladi. Bu ta‘lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli
o‗zgarishini anglatmaydi, balki aksincha, ta‘lim muassasasi
innovatsion tizimda qanday vazifani bajarayotganligini ko‗rsatib
beradi. Mazkur muassasalarning asosiy funksiyasi bo‗lib, bu
ta‘lim-tarbiya faoliyati hisoblanadi (O‗zbekistonda 40 foiz
atrofidagi oliy ta‘lim muassasalari ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalarga jalb etilgan)
1
chizmada ular o‗zlarining asosiy
bajaradigan vazifalari bo‗yicha aks ettirilgan.
Mazkur modelda innovatsion investitsion korxonalar bilan bir
qatorda innovatsion tizimning tashkil etuvchilari bo‗lgan boshqa
elementlar bilan davlat o‗rtasida avvaldan mavjud transfertlar,
subsidiyalar, davlat xaridlari va qarzlari kabi klassik o‗zaro
aloqalarni inkor etmaydi. Ushbuga bog‗liq ravishda aytish
mumkinki, mazkur model barchaga yaxshi ma‘lum bo‗lgan davlat
va iqtisodiyot (uy xo‗jaliklari, firmalar, tovar va xizmatlar
bozori)ning o‗zaro ta‘sirlashuv modelini to‗ldiradi.
Agar davlat, davlat korxonalari yoki hokimiyat organlari
sifatida davlat xaridlarini amalga oshiradigan bo‗lsa, u holda
chizma doirasida ―mijozlar‖ unsuriga mansub bo‗ladi, chunki
davlat mazkur vaziyatda innovatsion korxonalar uchun aynan
1
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan hisoblangan va e‘lon qilingan
ma‘lumotlar.
275
―mijoz‖ vazifasini bajaradi. Agar davlat innovatsion investitsion
korxonalarga qarz mablag‗lari taqdim etadigan bo‗lsa, u holda u
―moliyalashtirish manbalari‖ elementiga mansub bo‗ladi. Davlat
bundan tashqari innovatsion jarayonlarda davlat sug‗urta
kompaniyalari yoki davlat innovatsion investitsion korxonalari
sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa aytish mumkinki,
ma‘lum vaqt oralig‗ida bajaradigan aniq funksiyalariga qarab,
davlat innovatsion tizimning turli elementlari sifatida MITning
rivojlanishida ishtirok etadi.
Innovatsion tizimni tahlil etar ekanmiz, ushbu faoliyatni
amalga oshirish tavakkalchilik va xatarning yuqori darajasi bilan
tavsiflanishini e‘tiborga olib, infratuzilmaning alohida unsuri
sifatida sug‗urta kompaniyalarining o‗rni beqiyosdir. Davlatning
sug‗urta bozorini rag‗batlantirishi innovatsion korxonalar va
ularning mijozlari faoliyatlari xatarlarini sug‗urtalash miqdorini
o‗sishiga olib keladi. Bu innovatsion investitsion korxonalar va
ularning mijozlarining qarzdor sifatidagi mavqelari ko‗tariladi,
bank sektori esa bu xil iqtisodiy agentlarga kredit mablag‗lari
taqdim etishdan yuqori darajada manfaatdor bo‗ladi. O‗zbekiston
Respublikasining milliy innovatsion tizimining faoliyat ko‗rsatishi
chizmasidagi
―jamoat tashkilotlari‖ elementi innovatsion
investitsion korxonalarning manfaatlarini ifoda etadi. Ular
o‗rtasida birmuncha mashhurlari bo‗lib, asosan kichik va o‗rta
biznes vakillari manfaatlarini himoya qiluvchi O‗zbekiston
Respublikasi
―Kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlik
subyektlarining
eksportini
qo‗llab-quvvatlash
jamg‗armasi‖
hisoblanadi.
Texnoparklar to‗g‗risida shuni aytish mumkinki, ular
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o‗quv yurtlari,
innovatsion investitsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo‗lgan
276
tashkilotlardir. Bu ularga ma‘lum bir hududda qulay innovatsion
muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo‗llab-
quvvatlash imkonini beradi. Innovatsion-texnologik markazlar
kadrlar tayyorlash va o‗qitishni amalga oshiradi, innovatsion
korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o‗tkazadi va shuningdek,
ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Aytilganlardan
ko‗rinib turibdiki, innovatsion texnologik markazlar innovatsion
korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo‗lishi mumkin. Shuni
ta‘kidlab o‗tish lozimki, chizmada moliyalashtirish manbalari va
mijozlarning to‗liq va mumkin bo‗lgan barcha shakllari ham
keltirilmagan. Misol uchun, moliyalashtirish manbai sifatida
sug‗urta kompaniyasi yoki pensiya fondi chiqishi mumkin, lekin
bu
amaliyotda
juda
kam
uchrashi
sababli,
chizmada
moliyalashtirishning birmuncha ishonchli manbalari aks ettirilgan.
Ko‗rsatib o‗tilgan moliyalashtirish manbalari o‗rtasidagi farq
innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilishda ifodalanadi.
Dastlabki shaklda innovatsion korxonalar mustaqil ravishda
investitsiyalarni amalga oshiradilar, moliyalashtirishning mustaqil
manbalari esa pul mablag‗laridan foydalanganlik uchun asosan
foiz ko‗rinishida to‗lov oladilar. Ikkinchi shaklda esa innovatsion
faoliyat natijalariga egalik qilish huquqi yo birgina mijozning
o‗ziga, yoki mijoz va innovatsion korxona–yaratuvchiga tegishli
bo‗ladi.
Chizmada
sug‗urtalashga
alohida
e‘tibor qaratilishi,
innovatsion faoliyatni amalga oshirishning yuqori xatarliligi va
shu bois innovatsion faoliyatni amalga oshirishda sug‗urtaning
ahamiyati katta ekanligi bilan izohlanadi. Mamlakat innovatsion
tizimining egiluvchan subyekti sifatida davlat o‗rnining ochib
berilishi taklif etilayotgan chizmaning o‗ziga xosligi bo‗lib
hisoblanadi. Davlat mazkur tizimda, tizimning qolgan barcha
277
unsurlaridan teskari aloqani qabul qilib oluvchi unsur sifatida
ishtirok etadi. Ushbu holatlardan davlat innovatsion tizimda
bajarishi mumkin bo‗lgan ko‗plab vazifalar, xususan, mulk
huquqini himoyalash, shaxs madaniyati va xulq-atvor qoidalarini
shakllantirish,
subvensiyalar
berish
va
biznes-inkubator
xizmatlarini ko‗rsatish, jamoat tashkilotlari, texnoparklar va
innovatsion texnologik markazlar bilan hamkorlik qilish va shu
kabilar kelib chiqadi. Shu tariqa, davlat yaxlit tarzda mamlakat
innovatsion tizimini o‗zgartirish va kerakli tomonga yo‗naltira
olish imkoniga ega bo‗lgan tizim elementi sifatida maydonga
chiqadi. Sxema subyektlar funksiyalari va subyektlar o‗rtasidagi
munosabatlarni aniqlashtirishdagi o‗zining egiluvchanligi bilan
ajralib turadi. Bu holat innovatsion
tizimning
biror-bir
subyekti
tomonidan vaqtning ma‘lum bir
oralig‗ida
bajarilayotgan
vazifalarga
bog‗liq
ravishda,
mazkur subyekt yoki elementning
innovatsion
tizimning
turli
unsurlariga mansub bo‗lib borishida namoyon bo‗ladi.
Modelda davlat yaxlit holda mamlakat innovatsion tizimiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Tizimning innovatsion korxonalar, kredit
muassasalari, sug‗urta kompaniyalari, jamoat tashkilotlari, ta‘lim
muassasalari kabi unsurlaridan davlat teskari aloqa axborotlarini
qabul qilib oladi, bu esa davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar
natijalarini,
ularning
qanchalik
samarali
bo‗lganligini baholash bilan bir qatorda, qo‗yilgan maqsadlarga
erishish borasida yana qanday tadbirlar qo‗llash lozimligini
tushunib olish va tahlil qilish imkonini ham beradi.
278
Venchurli investitsiyalash innovatsiyalarni moliyalashtirish
borasida kredit muassasalarining muqobili sifatida xizmat qilishi
mumkinligini, bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarning
tajribasi yaqqol isbotlab turibdi
.
Innovatsion investitsiyalashning
mazkur turi ta‘minot va garovsiz amalga oshiriladi va u ko‗pincha
o‗zida aksiyalar paketi ulushiga ayriboshlash hisobiga
aksiyadorlik kapitaliga uzoq muddatli investitsiyalarni ifoda etadi.
Innovatsion korxonalar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida
xavf-xatar darajasining yuqori darajada bo‗lishini inobatga olgan
holda, bunday korxonalarni moliyalashtirishda venchur fondlar hal
qiluvchi
o‗rin tutishi mumkin, zero, bunday fondlar
moliyalashtirilayotgan korxona muvaffaqiyatsizlikka uchragan
taqdirda ham bunday yo‗qotishlarga oldin tayyor turadilar. O‗z-
o‗zidan ayonki, moliyalashtirilayotgan korxonalar muvaffaqiyatga
erishgan taqdirda, moliyalashtirishning bu turi yuqori foyda
me‘yori bilan taqdirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |