9.3-§. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlash dastaklari
O‗zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining asosiy
maqsadi inflatsiyani past darajada ushlab turish va so‗mni
barqaror ayriboshlash kursini ta‘minlashga qaratilgan. Bu
vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy
o‗sishni rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan umumiqtisodiy siyosat
bilan uzviy bog‗langan. Markaziy bank pul-kredit siyosatining
vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog‗ozlar operatsiyasi,
ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish
stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalarini
ishga solmoqda.
Moliyaviy
xavfsizlikni
ta‘minlash bank xavfsizligini
ta‘minlashni talab etadi. Bank xavfsizligiga salbiy ta‘sir etuvchi
omillarga ustav kapitalida xorijiy kaital ulushi yuqori bo‗lgan
kredit korxonalarining ko‗payishi, induvidal tadbirkorlar va
yuridik shaxslarning kreditor qarzdorliklarini ko‗payishi hamda
kapital aktivlar rentabelligining pasayishi bo‗lib hisoblanadi.
247
O‗zbekistonda Markaziy bankning tijorat banklarini nazorat
qilish bilan bog‗liq faoliyatining quyidagi asosiy yo‗nalishlari
qonun bilan mustahkamlandi:
bank tizimining xavfsizligi, barqarorligi va samaradorligini
ta‘minlash;
banklar faoliyatini litsenziyalash jarayonida bank sohasiga
faqatgina ishonchli banklarning kirib kelishini ta‘minlash;
tijorat banklarining Markaziy bankka hisobot berish va
nazorat jarayonida zarur ma‘lumotlarni ochiq taqdim etishini
yo‗lga qo‗yish;
muammoli banklar faoliyatiga o‗z vaqtida ta‘sir o‗tkazish
va
ularning
muammolarini
tezlik bilan hal etish;
bank tizimida sog‗lom
raqobat muhitini yaratish;
zarur
holatda,
bank
tizimiga
minimal
darajada
salbiy ta‘sir ko‗rsatgan holda
alohida
banklarni
tugatish
choralarini ko‗rish.
Respublikamizda bank nazorati uch uslubda – litsenziyalash,
masofadan nazorat qilish va joylarga chiqib tekshirish orqali
amalga oshiriladi. O‗zbekistonning valyuta siyosati quyidagilarga
qaratilgan:
mamlakatning valyuta – moliyaviy holatini mustahkamlash,
uning to‗lov qobiliyatiga va kreditga layoqatligiga erishish;
inflatsiyani «jilovlash»;
chet el kapitalini jalb etish;
iqtisodiyotning «dollarlashuvi»ga yo‗l qo‗ymaslik;
248
o‗zbek so‗mining mavqYIni mustahkamlash va uning to‗liq
konvertatsiyasiga erishish.
Bu siyosat valyutaviy cheklashlar, valyuta kursini tartibga
solish,
oltin-valyuta
zaxiralarini
oshirish,
so‗mning
konvertatsiyalanish jarayonlarini boshqarish kabilarda namoyon
bo‗ladi.
Moliya-kredit
sohasida
banklar
xavfsizligini
ta‘minlashning tashkiliy boshqarish chora-tadbirlarini amalga
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga
oladi:
banklarning manfaat va huquqlarini qonuniy himoya qilish;
bank bilan bog‗liq vaziyatlarni tavsiflovchi ma‘lumotlarni
to‗plash, tahlil qilish, baholash va bashorat qilish;
sheriklarni, mijoz va raqobatlarni o‗rganish;
xavfsizlikka tahdid soluvchi manbalar, subyektlarni
ifodalovchi shaxslar tomonidan bankka va uning xodimlariga
bo‗lgan qiziqishni o‗z vaqtida aniqlash. Ulardan himoyalanish
choralarini ko‗rish;
bankka iqtisodiy ayg‗oqchilik tashkiliy jinoiy guruh
vakillarining kirib olishiga yo‗l qo‗ymaslik;
bankka jinoiy maqsadlarda texnik, ya‘ni aloqa kompyuter
tarmog‗i orqali kirib olishga to‗sqinlik qilish;
bank xodimlarini turli tajovuzlardan himoya qilish;
moliyaviy va moddiy mol-mulk, tijorat siri hisoblangan
axborotlarni, ma‘lumotlarni qo‗riqlash;
bino, inshoot, bank territoriyasi va transport vositalarini
qo‗riqlash;
moliyaviy faoliyat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalari, hamkorlar va mijozlarda bank
to‗g‗risida ijobiy fikr, tasavvur uyg‗otish;
249
bank va uning xodimlariga ayrim tashkilot va shaxslar
tomonidan yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zararni qoplash uchun
sharoitlar yaratish;
xavfsizlik
tizimining
samarali
faoliyat
yuritishini
muntazam nazorat qilish.
Iqtisodiyot normal amal qilishi uchun moliyaviy mablag‗lar
uning sohalari, tarmoqlari, hududlari bo‗yicha taqsimlanadi.
Bularning barchasi hujjatlar aylanmasi, hisobotlar va iqtisodiy
axborotlarda qayd etiladi hamda o‗z ifodasini topadi. Shu boisdan
moliya sohasidagi xavfsizlikni ta‘minlash uchun, avvalambor,
moliyaviy hujjatlarning o‗rnatilgan huquqiy-me‘yoriy talablarga
muvofiqligini tekshirish lozim bo‗ladi.
Ushbu umumiy talablar quyidagilardan iborat:
zaruriy rekvizitlarni, ya‘ni hujjatlar uchun qonun, amaldagi
tartib- qoidalarga muvofiq majburiy ma‘lumotlar bo‗lishini
belgilash;
muhr va shtamplarning aniqligi;
hujjatlarda tuzatish, qo‗shimcha yozuvlar, xatolar, uning
turli nusxalari mazmunining har xil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik;
mansabdor shaxslar imzosining mosligi va boshqalar;
barcha hujjatlar sinchiklab o‗rganilishi, tahlil qilinishi,
tekshirilishi kerak. Ushbu ma‘lumotlarga ega bo‗lish hamda
xavfsizlikni ta‘minlash uchun uning ishonchli tizimini ishlab
chiqish va joriy etish lozim bo‗ladi.
Buning uchun esa quyidagilar ko‗zda tutilishi zarur:
bank va uning har bir bo‗linma(filial)larida xavfsizlikni
ta‘minlashning tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirish;
ma‘lumotlarni o‗g‗irlash, yo‗q qilish maqsadida uni
olishning potensial imkoniyatlarini muntazam ravishda o‗rganish
va baholash;
250
ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha uslubiy,
tashkiliy-me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularning
talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish chora-
tadbirlarini qabul qilish;
axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik, dasturiy
chora-tadbirlari, vositalarini maxsus tashkilotlar yordamida ishlab
chiqib, joriy etish;
axborotlarni himoyalash tizimini attestatsiya qilish, uning
amal qilinishini muntazam nazorat qilish;
axborotlar
xavfsizligini
ta‘minlash bo‗yicha bank
mutaxassislarini tayyorlash;
hujjatlar, blanklar, muhr, shtamplarni saqlashning himoya
choralarini ko‗rish, rasmiylashtirilmagan shartnoma loyihalari va
boshqa hujjatlarning o‗z vaqtida qaytarilishini ta‘minlash;
moliyaviy hujjatlar bo‗yicha ichki va tashqi auditorlik
tekshiruvlari o‗tkazish;
bank operatsiyalari bo‗yicha risklarni aniqlash va baholash.
Kapitalning yetarlilik ko‗rsatkichi va har bir qarz oluvchi
uchun riskni maksimal miqdorini aniqlash muhim hisoblanadi.
Alohida mijozning riskini aniqlash uchun bank tomonidan xo‗jalik
subyektlarining kredit kotirovkasi tuziladi. Shuningdek, banklar
risklarni boshqarishlari kerak bo‗ladi.
O‗zbekistonda valyuta tizimining asosini o‗zbek so‗mi
tashkil etadi. U 1994-yil 1-iyuldan yagona qonuniy to‗lov vositasi
hisoblanadi. Milliy valyuta so‗mning barqarorligini ta‘minlash va
uning qadrini oshirish xalq farovonligini hamda iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga
erishish uchun O‗zbekistonda aniq vazifalarni hal etishga
qaratilgan to‗rtta alohida dastur qabul qilinib, amalga oshirildi.
Ushbu dasturlar to‗plami quyidagilardan iborat:
251
1. So‗mning xarid quvvatini oshirish uchun respublika ichki
bozorini mumkin qadar tezroq iste‘mol mollari bilan to‗ldirish
chora-tadbirlarini ko‗rish.
2. Valyutaning barqaror amal qilishi, uning yetarli valyuta
zaxirasini vujudga keltirish.
3. Har bir korxona, har bir kishi ishlab topgan so‗mni
qadrlashini, hurmatlashi, faxrlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Buning uchun qat‘iy moliyaviy-kredit siyosatini izchillik bilan
o‗tkazish lozim bo‗ladi.
4. Milliy valyutani mustahkamlash uchun inflatsiyaga qarshi
puxta o‗ylangan siyosat o‗tkazish.
2019-yil
davomida
O‗zbekiston
Respublikasi
to‗lov balansi ko‗rsatkichlari
xomashyo tovarlarining jahon
narxlari dinamikasi (energiya
manbalari
va
qimmatbaho
metallar),
tashqi
qarzdorliklarning
ortishi,
hududlarni
rivojlantirish
va
kapital qurilish bilan bog‗liq dasturlarning keng miqyosda amalga
oshirilishi, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar hajmining jadal
o‗sishi va ular bo‗yicha ―yig‗ilib qolgan‖ majburiyatlarning
so‗ndirilishi hamda transchegaraviy pul o‗tkazmalari hajmlarining
o‗sishi kabi omillar ta‘sirida shakllanib bordi. Dastlabki hisob-
kitoblarga ko‗ra, 2019-yil yakuni bo‗yicha to‗lov balansi joriy
operatsiyalar hisobining manfiy saldosi 2018-yilga nisbatan 10
foizga qisqarib, 3,2 mlrd. AQSH dollarini yoki YaIMga nisbatan 5
foiz doirasida shakllandi. Joriy operatsiyalar hisobi dinamikasi,
mln. AQSH dollarida Bunda joriy operatsiyalar hisobi manfiy
252
saldosining avvalgi yildagiga nisbatan sezilarli qisqarishi (7
foizdan 5 foizgacha) jahon bozorida O‗zbekistonning asosiy
eksport tovarlari qatoriga kiruvchi ayrim xomashyo tovarlari
narxlarining o‗sishi, nomonetar oltin sotuvi hajmining oshishi
hamda
respublikamizga
yuborilgan
transchegaraviy
pul
o‗tkazmalari hajmining o‗sishi bilan izohlanadi. 2019-yil yakuni
bo‗yicha tashqi savdo balansining manfiy saldosi xalqaro
xizmatlarni inobatga olgan holda, 9,6 mlrd. AQSH dollarini,
birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi esa 6,3
mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
2020-yilning 1-yanvar holatiga 30 tani tashkil etdi. Shundan
13 tasi kapitalida davlatning salmoqli ulushiga ega banklar
(keyingi o‗rinlarda davlat banklari), 13 tasi kapitalida xususiy
kapitalning salmoqli ulushiga ega banklar (keyingi o‗rinlarda
xususiy banklar) hamda 4 tasi kapitalida xorijiy bank kapitalining
salmoqli ulushiga ega banklar (keyingi o‗rinlarda xorijiy banklar)
hisoblanadi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish
yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida bank tizimi jami
kapitali 1,9 barobarga, shu jumladan, ustav kapitali hajmi 2,1
barobarga oshib, 2020-yilning 1- yanvar holatiga mos ravishda 51
trln. so‗m va 42 trln. so‗mga yetdi. Bunda davlat banklari
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiyotning kreditga
bo‗lgan o‗sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga
muvofiq davlat banklari kapitaliga 1,9 mlrd. AQSH dollari
miqdorida mablag‗lar yo‗naltirilganligi alohida o‗rin tutdi.
Shuningdek, mazkur qarorlar bilan 4,3 mlrd. AQSH dollari
miqdoridagi kreditlar banklar balansidan O‗TTJ balansiga
o‗tkazildi. Natijada kapital monandlilik ko‗rsatkichi 2018-yilga
253
nisbatan 7,9 foiz bandga oshib, 2020-yil 1-yanvar holatiga 23,5
foizni (minimal talab 13%) tashkil etdi. 2020-yil 1-yanvar holatiga
bank tizimi bo‗yicha jami muammoli kreditlar4 3,2 trln. so‗mni
tashkil etgan bo‗lib, uning 43 foizini qoniqarsiz, 19 foizini
shubhali va 38 foizini umidsiz kreditlar tashkil etadi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab asosiy foiz stavkasi qayta
moliyalash stavkasining joriy ko‗rsatkichi – 16 foiz darajasida
amaliyotga joriy etildi. Mazkur stavka Markaziy bank tomonidan
amalga oshiriladigan pulkredit operatsiyalari bo‗yicha foiz
stavkalarini belgilashda asos bo‗lib xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari hajmi 2019-
yil davomida 2,1 mlrd. AQSH dollariga yoki 7,7 foizga o‗sib,
2020-yilning 1- yanvar holatiga 29,2 mlrd. AQSH dollariga yetdi.
Zaxiralar hajmining o‗zgarishiga asosan jahon bozorida oltin
narxining oshishi, ichki valyuta bozorida intervensiyalarning
amalga oshirilishi hamda Markaziy bankdagi tijorat banklari,
mijozlar va hukumat mablag‗lari qoldig‗idagi o‗zgarishlar o‗z
ta‘sirini ko‗rsatadi. 2010-yildan 2016-yilga qadar bo‗lgan davrda
xalqaro zaxiralar hajmining oshishi asosan uning tarkibidagi
monetar oltin miqdorining 45 tonnadan 336 tonnagacha oshganligi
bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |