Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
1084
SO‘Z, TERMIN VA ATAMA TUSHUNCHALARI, ULARNING O‘ZIGA XOS
SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mamatkulova Roxila
TerDU 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada terminologiyaning rivojlanish jarayoni jahon va o‘zbek tilshunosligi
misolida tahlil qilingan. Termin va atama leksemalarining birlashtiruvchi va farqli
tomonlari yoritib o‘tilgan. Sohaviy terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
olimlarning fikrlari orqali isbotlangan.
Kalit so‘zlar:
termin, atama, lug‘at, sohaviy terminlar, terminologiya,
terminolog olimlar.
ABSTRACT
The article analyzes the development process of terminology on the example of
world and Uzbek linguistics. The unifying and different aspects of term and term
lexemes are highlighted. Specific features of field terminology are proven by the
opinions of scientists.
Key words:
term, term, dictionary, field terms, terminology, terminologists.
KIRISH
Hozirgi tez sur’at bilan rivojlanayotgan davrda o‘zbek tili terminolagiyasining
rivoji, uning pirovardida turli fan tarmoqlarning sohaviy terminologik lug‘atlarini
tuzish katta ahamiyat kasb etmoqda.
Nafaqat lingvistika terminlari, balki, sohalar
terminologiyasi tadqiqi zamonaviy jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etib
kelmoqda. Gapimizning isboti sifatida turli xil terminlar yig‘ilib,
fanlar kesimida
maxsus lug‘atlarni tuzilgani, shu yo‘nalishning mazmun-mohiyatini yetarlicha
anglash uchun zamin yaratilganini alohida ta’kidlashimiz mumkin.
Tilshunoslikda terminlarning o‘ziga
xos xususiyatga egaligi, ularning umumiy
leksik tizimga kirmasligi, maxsus leksik tizim hosil qilishi
qator olimlar tomonidan
o‘rganilgan. Terminologiya yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar o‘tgan
asrda “atama”ni maxsus so‘z, muallifning ongli so‘z yaratish mahsuli sifatida,
“termin”ni esa til umumiy tizimidagi alohida, aniq belgilangan
quyi tizim sifatida
ko‘rib chiqdilar. Tilshunoslikda ma’lum tushunchalarni ifodalovchi umumiy va
maxsus terminlar, termin va atama yuzasidagi qarashlar
olimlar tomonidan turlicha
talqin qilinadi. Terminga qo‘yiladigan talablar, atamaning xususiyatlari, undagi ko‘p
ma’nolilikni ifodalash jihatlari, terminologik birliklarda omonim, sinonim,
antonim
polisemiya hamda polifunksionalilik xususiyati mavjudligi, so‘z birikmalari,