Sementobeton qoplamalardagi deformatsiya choklarini ta’mirlashda



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə3/5
tarix22.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#77338
1   2   3   4   5
SEMENTOBETON QOPLAMALARDAGI DEFORMATSIYA CHOKLARINI TA’MIRLASHDA

1.2.Asfaltbeton qoplamalar
Qoplamalarni joriy ta’mirlashda asosiy ishlarga yoriqlar, o‘yiqlar, do‘ngliklar va organik bog‘lovchilar erib oqqan joylarni, g‘ildirak izini, qoplama chetining sinig‘i va notekisliklarini bartaraf qilish kiradi. Bu ishlarga bahor mavsumida iliq kunlar va barqaror ob-havo boshlanganda kirishiladi. Ishlar shunday tashkil etilishi kerakki, barcha nuqsonlar iloji boricha qisqa muddatda bartaraf etilishi lozim. Issiq kunlarda paydo bo‘lgan shikastlar, aniqlangan zahoti tuzatilishi kerak.
YOriqlar erta bahor va kuzda yopib yuboriladi; yozda esa ertalabki salqinda tuzatiladi; bu paytda yoriqlar kengroq ochilgan va quruq bo‘ladi. YOriq yanada keng bo‘lsa, chuqurligining 2/3 qismigacha mastika quyib, ustiga sovuq asfaltbeton tashlanadi.
Bitum va mastika yoriq ichini yaxshi to‘ldirishi va devorlarga yaxshi yopishishi kerak, shunda qoplama ichiga suv o‘tmaydi.
YOriqlarni to‘ldirishga ishlatiladigan mastikaning tarkibi ikki xil bo‘ladi. Birinchisining tarkibida BND 40/60 bitum 50% va mineral kukun 50% bo‘ladi. Ikkinchisida o‘sha bitumdan 50%, mineral kukundan 35%, asbest donalari 10%, rezina uvoqlari 5%.1 Mastika zavod sharoitida ishlab chiqariladi.
Mahalliy bazalarda mastika quyidagicha tayyorlanadi. Suvsizlantirilgan bitum 150-170 0S gacha qizdiriladi va unga rezina uvoqlari qo‘shiladi. Uni tinmay aralashtirgan holda 2,5-3 soat pishiriladi. Keyin bosqichma-bosqich boshqa komponentlarni qo‘shib, 150-170 0S da, tinmay aralashtirgan holda 30 minut pishiriladi.


11.1- rasm. Konusli leyka: 1-kojux, 2-issiqlik himoyalovchi, 3-mastika uchun sig‘im, 4-boshqarish ushlagichi, 5-konus, 6-teshikcha

YOriqlar ko‘p bo‘lmasa, ularga konus leyka yordamida bitum mastika quyiladi (11.1-rasm). Ishchi konus leyka jo‘mragini yoriq bo‘ylab yurgizib chiqadi, yoriq ichiga material quyilib, chetigacha to‘lishi, ozgina toshib chiqishi kerak. Ustiga mayda qum yoki mineral kukun sepib, bitumga aralashtirib yuboriladi.

Keng yoriqlarning ichi maxsus asboblar yordamida ta’mirga tayyorlab ishlanadi. Bu asboblar qoplamalarni ta’mirlash, yoriqlarni to‘ldirish mashinasi komplektiga kiradi. SHu mashinalar va chokni to‘ldirish asbobidan mastika quyib chiqishda ham foydalaniladi.
Qoplamalarning ekspluatatsiya sifatini keskin pasaytiradigan o‘yiqlar va cho‘kishlar eski qoplamadagi asfalt qorishmaga mos qilib tayyorlangan yangi asfalt qorishma bilan to‘ldiriladi. O‘yiqlarni to‘ldirish uchun sovuq asfaltbeton, qizigan yoki sovuq qora chaqiq tosh yoki sovuq qora mayda tosh ishlatish mumkin.
Issiq asfaltbeton qorishmalar quruq va iliq kunlarda, havo harorati 50S dan past bo‘lmaganda, qoplamalarni ta’mirlash uchun ishlatiladi. Kuz mavsumida, ta’mir ishlari yog‘ingarchilik va sovuq kunlar boshlanishidan 2-3 hafta oldin tugatilishi kerak, shunda ta’mirlangan joydagi asfaltbeton qoplama o‘rnashib ulguradi.2
Ta’mirlanayotganda, avval, shikastlangan joyning cheti bo‘r bilan belgilab chiqiladi: yo‘l o‘qiga parellel va tik chiziqlar chiziladi. SHikastlangan joyning chetki chiziqlari shikastlanmagan qoplamani 3-5 sm qamrab olishi kerak. Bir nechta va bir-biriga yaqin o‘yiqlar bitta katta kontur ichiga olinadi. Eski asfaltbeton kontur chiziqlari bo‘ylab qirqib chiqiladi, ta’mirlanadigan joy yaxshilab tozalanadi. Tik devorlar va yuzaga suyuq bitum yupqa surtib chiqiladi.
Ta’mirlanayotgan uchastkaning chetlari qoplama yuzasi bilan tutashgan joy qizdirilgan metall dazmol bilan tekislanadi.
CHuqur o‘yiqlarni ishlashda nafaqat yuqori qatlam, eng pastki asfaltbeton qatlam ham qirqib chiqiladi. Ish tartibi o‘zgarmaydi. Quyi qatlam uchun ishlatiladigan maxsus qorishma bo‘lmasa, yuqori qatlamga mo‘ljallangan qorishma to‘ldirib yotqiziladi.

O‘yiq yuzasi 1 m2 dan katta bo‘lsa, qumli qorishma faqat yuqori qatlamga ishlatiladi. Yo‘l ta’mirlagich yordamida joriy ta’mirlash sxemasi 11.2-rasmda berilgan. O‘yiqlarni to‘ldirish uchun quyidagi tartibda tayyorlangan asfaltbeton briketlardan foydalanish mumkin.

11.2-rasm. O‘yiqlarni to‘ldirish sxemasi (qirqish):
a-belgilash; b-shikast joyni chopib chiqish; v-tozalash; g-bog‘lovchi material surkash; d-yangi material tashlash; e-tayyor uchastka

Qorishma asfalt yotqizgich mashina yordamida (katta bo‘lmagan o‘lchamlarda – qo‘l kuchi bilan), qalinligi 5 sm qilib yoyib chiqiladi va massasi 5-8 tn katok 3-4 marta yurgiziladi. Keyin 20x30 sm o‘lchamda briketlar qirqiladi, ularni yotqizishdan oldin 160-170 0S gacha qizdiriladi.
Uchastkani ta’mirlayotganda qizdirish usulidan ham foydalaniladi. Ta’mirlanadigan joy usti metall chodir bilan yopiladi va forsunkalar yordamida asfaltbeton tarkibidagi bitum qizdiriladi. Vaqti-vaqti bilan qizdirgichni boshqa joyga ko‘chirib, eritilgan joyda qolgan qorishmani belkurak bilan olib tashlanadi. Bu usulning kamchiligi – asfaltbeton qorishmani isrof bo‘lishida. Bundan xolos bo‘lish uchun infraqizil nurlar bilan ishlaydigan qizdirgichdan foydalaniladi. Qoplama materiali fizik va kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolishi uchun qizdirganda, uni xarorati (qorishmaga qovushqoq bitum qo‘shilsa) 170-180 0S dan oshmasligi kerak; suyuq bitum bo‘lsa 100-110 0S. Qizdirilayotgan yuzadan engilgina ko‘k tutun ko‘tarilishiga qarab, harorat etarli bo‘lganini chamalash mumkin.
Asfaltbeton qoplamasidagi qizdirilgan materiallarni ishlashi qulay bo‘lishi uchun qoplamaning chuqur qatlamlaridagi haroratlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
qorishmaga qovushqoq bitum qo‘shilganda:
20-25 mm chuqurlikda – 120 0S,
40-50 mm chuqurlikda – 80 0S;
qorishmaga suyuq bitum qo‘shilganda:
20-25 mm chuqurlikda – 70 0S,
40-50 mm chuqurlikda – 30 0S.
O‘yiq (chuqurcha) tubidagi qizdirilgan material, keyin yumshatiladi.
Joylashtiriladigan yangi material eskisi bilan yaxshi yopishib ketishi uchun chuqur tubining yumshatilgan joylaridan yupqa qatlam olib tashlanadi. SHundan so‘ng, devorlarga suyuq bitum (MG-25/40, SG-15/25 yoki SG-25/40 markali) surtib, yangi qorishma tashlanadi. O‘yiq chuqurligi 5 sm gacha bo‘lsa, qorishma bir qatlam, undan katta bo‘lsa – ikki qatlam tashlanadi. Qorishmani bevosita asfalt qizdirgichning bunker termosidan yoki qorishma tashishga mo‘ljallangan avtosamosvaldan to‘kiladi. Qorishma miqdori o‘yiqning o‘lchamlariga qarab, zichlaganda cho‘kishini hisobga olib belgilanadi. CHo‘kkan va o‘pirilgan joylar quyidagicha to‘ldiriladi. SHu joydagi qoplamani, buzilgan yuzadan kattaroq qilib, olib tashlanadi. Gruntni shibbalab yoki uning asosi qum bilan yangilanib bo‘lgandan keyin, yangi yo‘l to‘shamasi yotqiziladi va zichlanadi.
Qoplamadagi ishlar hajmi katta bo‘lsa, maxsus buzuvchi uskunalar – avtomobil shassisiga o‘rnatilgan beton buzgichlar va gidravlik bolg‘alardan foydalaniladi.

  1. ta’mirlash bo‘yicha: mukammal ta’mirlash; joriy ta’mirlash;

  2. saqlash bo‘yicha: avtomobil yo‘lini saqlash; qishda saqlash; ko‘kalamzorlashtirish.

Avtomobil yo‘llarining ta’mirlanishi kerak bo‘lgan bo‘laklari, ta’mirlashning talab etiladigan turi, ishlar tarkibi va hajmi hamda ularni bajarish muddatlari, ta’mirlashning tegishli turlarini tayinlash mezonlari bilan avtomobil yo‘llarining amaldagi holatini taqqoslash orqali aniqlanadi. Mazkur Tasnifda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalanilgan:

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin