davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining lavozimi va malaka toifasiga muvofiq
belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha haqlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari
belgilanadi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis;
bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar
olingan oliy ma’lumotga ega mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy
etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy
etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy
etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega oliy toifali mutaxassis.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati
belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq to‘lanadigan ta’til va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar
beriladi.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: