11-bob. Yakunlovchi qoidalar
54-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(54-moddaning
matni
O‘zbekiston
Respublikasining
2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
55-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun
javobgarlik
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
56-modda.
Ushbu
Qonunning
ijrosini,
yetkazilishini,
mohiyati
va
ahamiyati
tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu
Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi
tahrirga qarang.
57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(57-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta
ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent. sh.,
2019-yil 16-dekabr,
O‘RQ-595-son
Dostları ilə paylaş: |