Ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan
bolalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni
idrok etish va qabul qilish
vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi.
46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni
yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va
maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini
tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: