Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Seminar -1 JTN

etish tartibi 
48-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi: 
pedagogik kengash; 
kuzatuv kengashi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida belgilanadi. 
49-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat 
bo‘lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga 
oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir. 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi: 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va 
takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik 
yuklamasini belgilaydi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabatlari 
tartibini belgilaydi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy 
tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik 
tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish 
masalalarini ko‘rib chiqadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini 
eshitadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 


(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin