4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar tengligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning,
oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan
yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.
5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini
ta’minlash;
bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash
uchun shart-
sharoitlar yaratish;
bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida
oilaga har tomonlama yordam
ko‘rsatish;
bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli
maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan
davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy
innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: