Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Seminar -1 JTN

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va 
tarbiya sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va 
amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni 
qabul qiladi; 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; 


maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini 
belgilaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
belgilaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning
shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir 
litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi; 
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish 
tartibini belgilaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari 
Davlat inspeksiyasi: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va 
monitoringni amalga oshiradi; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan 
o‘tkazadi; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil 
etadi; 
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida 
litsenziyalar beradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin