Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim
dasturini ishlab
chiqishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning
davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga;
bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maktabgacha ta’lim tashkiloti:
davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim
darajasini ta’minlashi;
bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;
bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy
vakillariga maslahat
yordamini berishi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga
tahdidlar,
uning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy
manfaatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq
boshqa majburiyatlar
ham bo‘lishi mumkin.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: