Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish
ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish
orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari
bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida
guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga
qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi
mumkin.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: