Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Seminar -1 JTN

25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va 
ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari 
mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 


(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma 
asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari 
qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga haqli. 
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga 
malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi. 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari 
quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya 
qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi; 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar 
va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan 
aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan 
tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, 
o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi; 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini 
joylashtirishdan olingan daromadlar; 
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining 
xayriya ehsonlari; 
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), 
grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
(26-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli ro‘yxatlariga kiritgan holda, ularning 
tarmog‘ini kengaytirishga; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirishga; 
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni 
fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash 
uchun jalb qilishga; 


davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim 
tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish 
doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga; 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta 
tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga; 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar 
Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga; 
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga 
qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonunchilikka muvofiq 
boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin. 
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin