tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga
olinishi shart.
29-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to‘laqonli har tomonlama kamol
toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:
bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;
bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi
millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;
bolaning ijtimoiy moslashuvini;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va
tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;
bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda
reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha
ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: