Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini 
ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat 
kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil 
narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng 
yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar 
ko‘rsatishi mumkin. 
Har bir xalqda o‘zining tarixiy o‘tmishiga oid juda ko‘p rivoyatlar va afsonalar mavjud. 
Ularda bu xalqning ijtimoiy hayoti, turmush va tafakkur tarzlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy-ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks ettiriladi, ular afsonaviy qahramonlar 
qiyofasida yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar.Bunday rivoyatlar va afsonalar
dastlabki paytlarda xalq og‘zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo‘lishi bilan 
taraqqiy etgan xalqlarda o‘ziga xos adabiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topadi. 
Diniy dunyoqarash 
dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir («din» so‘zi arabchadan 
tarjimada «e’tiqod», «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi). Mif kabi, din zamirida 
ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi 
shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40–60 ming yil muqaddam paydo 
bo‘lgan bo‘lsada, umuman olganda, u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, 
jumladan, mif ta’sirida insonning mavhum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan 
davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini diniy tuyg‘u, diniy aqidalarga 
ishonish, sig‘inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi. 
Din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib,unda e’tiqod muqarrar tarzda 
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan
 
ustun turadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin